Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni reja: Kirish Asosiy qism 1



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə9/16
tarix22.09.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#146841
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Mavzu Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni

5-chizma

O’zbekiston Respublikasida chet el investistiyalari faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar quyidagi soliq imtiyozlariga ega:


I. O’zbekistonda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar:
1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llash huquqi berildi.
2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog’liq qo’shimcha talablar va cheklovlar o’rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o’tkazish bo’yicha Davlat komissiyasiga (R.S.Azimov) xorijiy investorlarning buyurtmanomalari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo’lgan past likvidli ob’ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish yo’li bilan tanlov o’tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo’yicha sotish huquqi berildi.
5. Vazirliklar, idoralar va xo’jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko’p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.
6. Xorijiy investorlarga o’zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo’lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar:
1. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilingan.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda — 7 yil muddatga.
Keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo’lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
2. Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi. Mazkur korxonalar, agar ushbu tovarlarni o’zining ishlab chiqarishi ulushi xo’jalik faoliyatidan olingan tushum umumiy miqdorining 60 foizidan ortiqni tashkil etsa, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar deb hisoblanadi.
3. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to’lashdan ozod qilingan:6
- geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni;
- qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini.
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’i to’lashdan ozod qilingan.
5. Bojxona bojini undirishdan quyidagilar ozod qilingan:
- chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;
- chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollaridan ziyod bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o’z ishlab chiqarish mahsuloti bo’lsa;
- O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa.

Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin