O’rta termin
– kata va kichik terminni bog’lab turadigan termindir.
Katta termin birinchi xukmning tarkibiga kirgani uchun u
katta asos
deyiladi.
Kichik termin ikkinchi xukmning tarkibiga kirgani uchun u
kichik asos
deyiladi.
Induktiv xulosa chiqarish
Induktiv xulosa chiqarish bevosita
xulosa chiqarish qatoriga kiradi.
Induktiv
xulosa
chiqarish
yordamida
predmetlar
va
xodisalarning turli xususiyatlari o’rganiladi, ularning umumiy
tomonlari haqida xulosa chiqariladi. Induktsiyaning asosini
yakkalik, xususiylik va umumiylikning uzviy aloqasi tashkil etadi.
Uning asosiy xususiyati shundan
iboratki, induktsiya xodisalarni birma-
bir o’rganishga asoslanadi. Induktsiya
kuzatish va eksperiment bilan bog’liq
.
Induktsiyaning
yana bir xususiyati shundaki, uning xulosalari
ko’pincha extimoliy xarakterga ega bo’ladi. Bu induktsiyaning
xodisalarni birma-bir o’rganishga asoslanganligi xamda kuzatish va
eksperiment bilan bog’liq bo’lganligidan kelib chiqadi.
Induktiv xulosa
chiqarish deb nisbatan torroq bilimlardan nisbatan
kengroq bilimlarga fikran xarakat qilishdan iborat bo’lgan xulosa
chiqarishga aytamiz. Mantiq fani induktiv xulosa chiqarishning ikki turini
o’rganadi. Bular
to’liq
va
to’liqsiz
induktsiyadir.
Ilmiy induktsiya
.
Ilmiy induktsiya xulosa chiqarishning shunday
turiki, unda xulosa chiqarish uchun xodisalar o’rtasidagi sababiy
bog’lanish asos qilib olinadi. Ilmiy induktsiyada xulosa,
xodisalarning muxim xususiyatlarining takrorlanishini o’rganish
natijasida xosil bo’ladi.
Analogiya
Analogiya shunday xulosa chiqarish turiki, unda predmetga
ma’lum bir belgining xosligi xaqidagi xulosa shu predmetning
boshqa predmet bilan muxim xossalariga ko’ra o’xshashligiga
asoslanib chiqariladi.
Analogiya predmetlar,
ularning xususiyatlari
o‘rtasidagi aloqalar va
munosabatlarga tayanadi, ya’ni
u o‘zining ob’ektiv asosiga
ega.
Mantiqda yana xulosaning aniqlik darajasiga qarab, qat’iy analogiya, qat’iy
bo’lmagan analogiya va xato analogiyalar ajratiladi. Analogiya bo’yicha
chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini, ya’ni chin bo’lish extimolini
oshirish uchun ma’lum bir shartlarga rioya qilish lozim.
Analogiyaning bir qancha turlari mavjud.
O’xshatilayotgan ob’ektlarning xarakteriga
qarab, xususiyatlar analogiyasi va
munosabatlar analogiyasi farq qilinadi.
Bunda ikkita predmet o’xshatilib, biridan
ikkinchisiga fikran birorta xususiyat
ko’chiriladi.
|