Mavzu: Xulosa chiqarishning tuzulishi


Hukmlarda terminlarning bo‘linishi



Yüklə 23,94 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü23,94 Kb.
#42270
1   2   3
Mustaqil ish Falsafa

Hukmlarda terminlarning bo‘linishi

Hukmlarda tushunchalarning hajmi deganda sub’ekt bilan predikatning qancha qismini hamda predikat sub’ektning qancha qismini hajm jihatdan tashkillanishini tushunamiz.

Hukmda sub’ekt va predikat o‘zlari ifodalagan predikatlar yoki hodisalarning hammasi kirsa, ya’ni tushuncha yoki termin o‘zining to‘liq hajmi bilan fikrlansa bo‘lingan deyiladi. Aksincha, hukm sub’ekti va predikati o‘zaro ifodalangan predmet va hodisaning bir qismini aks ettirsa, bunday hukmda hukm terminlari bo‘linmagan deyiladi.

Biz A,E,J,O hukmlardagi sub’ekt bilan predikat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi tuzilishni tahlil qilganimizda ulardagi terminlarning hajmini bilib olamiz.

1. A. Umumiy tasdiq hukm «hamma S-R dir» degan tuzilishiga ega. Shuning uchun sub’ekt hajmi predikatning hajmiga to‘laligicha kiradi (demak bo‘lingan) S va R ning hajmiga to‘laligicha emas, balki qisman kiradi.

(Ta’rif: shaklidagi hukmlardagina R hajmi S hajmiga mos keladi. Bunda R bo‘lingan). Demak, umumiy hukmda sub’ekt bo‘lingan, predikat esa bo‘linmagan. Masalan, bu hukmda «hamma ilonlar», «sudralib yuruvchilar» hajmiga to‘laligicha kiradi. Biroq, hamma sudralib yuruvchilar «ilonlar» hajmiga kirmaydi, balki bir qismi «sudralib yuruvchilar», «ilonlar» kiradi. Demak, agar umumiy tasdiq hukmlardagi sub’ekt va predikat bir xil hajmiga ega bo‘lsa, unda sub’ekt va predikat terminlari bo‘lingan bo‘ladi.

2. .E. Umumiy inkor hukmda sub’ekt va predikat bo‘lingan, ya’ni tasdiqlanmagan bo‘ladi. Masalan, Hech bir o‘g‘ri mehribon emas. «Hech bir S-R emas» degan tuzilishga ega. Shuning uchun bunday S ham, R ham bo‘lingan. Hukm S-R ning hajmidan, R esa S ning hajmidan to‘liq istisno bo‘ladi.

3. J. Juz’iy tasdiq hukmlarda sub’ekt hamma vaqt bo‘linmagan predikat bo‘lingan yoki bo‘linmagan bo‘ladi. Ya’ni, «ba’zi S-R dir» tuzilishiga ega. Bunda S bo‘linmagan to‘liq hajmda olinmagan. R esa bo‘lingan ham, bo‘linmagan ham bo‘linishi mumkin. Masalan, ba’zi o‘simliklar popukli ildizlidir».



4. O. Juz’iy inkor hukmda sub’ekt bo‘linmagan, tasdiqlanmagan, predikat esa bo‘lingan, tasdiqlanmagan bo‘ladi S-R emas tuzilishiga ega.S ning bir qismi R ni butunlay inkor qiladi.

Demak, bu hukmda S bo‘linmagan, R esa hamma vaqt bo‘lingan. Masalan:: Ba’zi talabalar sprotchi emas. Bunda sub’ekt (talaba) taqsimlanmagan, chunki fikrda sub’ektning to‘la hajmiga taalluqli bo‘lmay, faqat bir qismi sprotchi bo‘lmaganlar haqida borayotganidan darak berayotir.
Yüklə 23,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin