Mavzu: XVI-XIX asrlarda xonliklarda tashqi siyosat Reja: Kirish i-bob: “xvi-xix asrlarda xonliklarda tashqi siyosat ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va madaniy hayoti
Mavzu: XVI-XIX asrlarda xonliklarda tashqi siyosat Reja: Kirish I-Bob: “XVI-XIX asrlarda xonliklarda tashqi siyosat ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va madaniy hayoti 1.1.Qo’qon xonligining bosib olinishi va uni Turkiston general- gubernatorligi tarkibiga kiritilishi
1.2.Buxoro amirligining davlat tuzilishi va madaniy hayoti
1.3.Xiva xonligining davlat tuzilishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Kirish Tarix — aslida uzgarmas tushuncha. Ota-bobolarimiz bosib utgan tarix bosqichlarini hyech kachon o’zgartirib bulmaydi, chunki, tarix allaqachonlar ruy bergan. Endigi masala uni kay yisinda o’rganishda, talqin kilishdadir. Bu borada xolislik, xaqqoniylik asosiy mezonni belgilaydi. Ana shundagina mazkur soxa mustaqil Vatanimiz ma’naviy-siyosiy asoslarining mustaxkam bulishiga chinakam yordam bera oladi. Hyech kimga sir emaski, sobik shuro zamonida tariximiz bir yoklama talkin etildi, ajdodlarimiz zafari kamsitilib, nuqsoni esa oshirilib kursatildi. Oxir-okibatda yoshlardagi milliy rux sustlaщdi, yosh avlod ota-bobolarining shukuxli yulidan deyarli behabar koldilar. Tarixni tugal bilmaslik — bu gumroxlikdir. Kimki uz Vatani tarixini bilmas ekan unda milliy iftixor tuyg’ulari shakllanmay kolaveradi. Negaki, Vatanga muxabbat tarixni urganishdan boshlanadi. Mazkur darslikda yaqin tariximizning fojiali davri, ya’ni mustamlakachilik tartiblari o’rnatilishi o’z ifodasini topgan. XIX asr o’rtalariga kelib Turkiston sarxadidagi uch davlat — Qo’kon xonligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligining ancha zaiflashib qolgani, boshqaruv usulining zamonga mos kelmagani va oxir-oqibatda chor Rossiyasi Vatanimizni shafqatsizlarcha istilo qilgani darslik tarix xaqiqati asosida hikoya qilinadi. Bosqinchilarga bo’ysunish o’zbek xalki ruhiyatiga tug’ri kelmas edi. Shu sababdan ham milliy-ozodlik harakatlari avj olib ketgan. Garchand, harbiy (strategiya, taktika, qurol-yaroqlar) jihatidan chor Rossiyasi qo’shinlaridan orqada qolinsa-da, o’zbek xalqining asl farzandlari bo’lgan milliy qahramonlari itoatda yashashni or bildidar, tiz chukib yashagandan ko’ra tik turib ulmok afzal deb bildilar. Ularning bu gayratu shijoati tarixning asl manbalarida gavdalantiriddi. Ajdodlarimiz mardligi, dovyurakligi xar birimizda faxr tuyg’usini jo’sh urdirishi tabiiy. Ota-bobolarimizning mardonavor kurashi, ona-Vatan, el-ulusga cheksiz sadoqati avlodlar uchun ibrat namunasidir. Tariximizning puxta o’rganilishi taqozo etiladigan yana bir nuktasi — bu jadidlar harakatidir. Jadidlar ma’rifat yulidan borib millatni uyg’otgach, mustakillikni qo’lga 4 kiritish rejasini tuzdilar. Podsho Rossiyasi yurgizgan siyosat usha davrda chop etilgan maqolalarda, jumladan, ulug’ shoir va yozuvchi Abdulhamid Chulponning «Kecha va kunduz» nomli romanida uz ifodasini topgan. Bu romanida Chulpon jadidlar tilidan shunday xitob qiladi: «...Bizning mamlakatimizga rus hukumati bir «mustamlaka» deb qaraydi, ya’ni mamlakatlarning o’gayi singari... Shuning uchun bu yerga yaxshi amaldorni yubormaydi. Bitta-yarimtasi adashib kelib qolma-sa... Ulardan bizga do’st yuk... Bizning do’stimiz — o’zimiz! Bizning do’stimiz — millat! Ular — millat dushmanlari... Biz ularga dushman! Shuni unutmangiz!» Xaqikatan ham jadidlar millat ko’zini ochishga intildilar. Yangi maktablar tashkil etib, millat bolalarini diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy ilmlardan boxabar qilib, ma’naviyatni yuksak darajaga ko’tarishni chin kungildan istadilar. Jadidlarning bu tariqa sa’y-xarakati beiz ketmadi, albatta. Istiklol kunlarida ularning nomlari hurmat-extirom ila tilga olinmoqda. O’zbek xonliklarining podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilik siyosati to 1991 yilga qadar siyosiy arboblar, tarixchilar, faylasuflar tomonidan noto’g’ri talqin kilindi. Bu tarix sobik Sho’ro davri manfaatlariga moslab yozildi. Aslida bu qarashlar haqiqatga tamomila zid edi. Negaki, o’zbek baxodirlari, halq qo’zg’oloni rahbarlari Po’latxon, Dukchi eshon, Solih oxun, Abdurahmon Jevachi, Namoz Pirimqulov, hatto Kurbonjon dodxohga o’xshagan mard onalarimiz qo’liga qurol olib bosqinchilarga qarshi chiqdilar. Xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga otlantirishning oldingi marrasida turdilar. Millat uchun kurashgan xalk, qahramonlari so’nggi tomchi qonlari qolgunicha dushman bilan olishdilar. O’zbek baxodirlari jasorati ro’parasida zamonaviy texnika, qurol-yarog’ bilan hamla qilayotgan chor Rossiyasi zobitlari ham ular jasoratini e’tirof etishga majbur buldilar. Vaxolanki, usha boskinchilar O’rta Osiyo yerlarini osonlikcha qo’lga kiritish rejasini tuzishgandi. Ajdodlarimiz qalbida jilolangan qahramonlik tuyg’usi zolimlarni hayratga soldi, ular o’z rejalariga o’zgartirish kiritishga, biroz yon berishga majbur bo’ldilar. O’zbek sarkardalari o’zlarini Jaloliddin Xorazmshox., Amir Temur, Yalanggushbiy baxodir va Zaxiriddin Muhammad Bobur avlodi ekanliklarini amalda isbot etdilar. Milliy-ozodlik harakatlari qariyb oltmish yil mobaynida davom etib turdi. 5 Oktyabr to’ntarishidan keyingi milliy-ozodlik harakatlariga «bosmachilik harakati» yorlig’i yopishtirildi. Bu esa g’irt to’xmat edi. Yerli xalqga past nazar bilan qaralishi, ularning yuzsizlarcha toptalishi Vatanning g’ururli farzandlarini oyoqqa qalkishga majbur etdi, shu asnoda ular istibdodga qarshi bosh ko’tardilar, janggohlarda qon kechdilar. Mana shu matonatu jasorat uzoq davrlargacha davom etdi va chin ma’noda talqmn etilmadi. Ma’lumki, sobiq sho’rolar zamonida imlomiz ikki- marotaba o’zgartirildi. Shu sababdan ham yangi yozuvga birdaniga ko’nikish qiyin kechdi. Bundan foydalangan sho’ro ma’murlari xalqimizni besavodlikda ayblashdi. Xullas, o’zbek xalqining unutilmas an’analari, davlatchilik borasidagi uz yuli uzoq yillar mobaynida kamsitilib kelindi. Hozirgi kunda esa milliy qadriyatlarimiz qaytadan tiklanmoqda. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Imom al-Buxoriy, Axmad al-Farg’oniy kabi sarkarda-yu muxandis, olim bobokalonlarimiz tavallud sanalari g’oyatda ulkan tantanalar bilan nishonlangani bois o’zbekning aslida kim ekanini dunyo bildi. Tarixga xolisona baxo berish, boshqa xalqlar tarixini qiyosan o’rganish — bu asosiy tamoyilimiz sanaladi. Ana shu huquqni bizga Istiqlol in’om etdi. Tarix — ulug’ va dono muallim. Uning saboqlariga amal qilish har bir shaxsni, el-ulusni, millatni ezgulik kengliklariga olib chiqadi, saodat eshiklarini ochadi. Xazrati A. Navoiy aytganlaridek: Agar tarix sori aylagung mayl, Muni bilgachki, ne ish kdldi har xayl... Ne ishdin mamlakat obod buldi, Qayu ishdan el-ulus barbod buldi. Demak, mamlakat kanday holat va sharoitlarda barbod bulganligini bilishdan avval usha zamonlardagi davlatchiligimizda ro’y bergan iqtisodiy, siyosiy, harbiy aqvollardan voqif bo’lmoq darkor. Mazkur darslikda ana shu jihatlar kengroq yoritilgan. Darslikda qamrab olingan eng asosiy mavzu: O’rta Osiyodagi uchala davlatning zaiflashuvi va chor Rossiyasi bosqini, mustamlakachilik siyosati yurgizilishi, uyg’onish davri elchilari sifatida jadidlarning tarix maydoniga kirib kelishi hamda XX asr boshlarida fan, adabiyot va 6 san’atning rivojlanishi. Darslikda ushbu mavzular sodda, haqqoniy va ixcham tasvirlashga xarakat qilindi. Tarix o’tmishdagi voqyealardan to’g’ri xulosalar chiqarib, xalqlararo do’st-qardosh bo’lib hayot kechirish uchun ham o’rganiladi. Ana shundagina tarix ilmi o’z vazifasini to’la ado etgan bo’ladi. Shuning uchun darslikda uchragan ayrim «rus boskinchilari», «rus shovinistlari» kabi iboralar ishlatilganda aslo uni rus xalqiga tadbiq etilishi xaqiqatga xilofdir. O’rta Osiyo hududini bosib olgan va xalqlarga jabrzulm o’tkazgan rus hukmdorlari, generallari, o’zgalar boyligi va xom ashyosini o’marishga ishtiyoqmand savdo-sanoat doiralari asosiy aybdorlardir. Buni turli anglab yetishda haqqoniy haqiqat, ya’ni tarix fani yordamga keldi. Xullas, biror davlat tanaazulga yuz tutar ekan, biror millat milliy davlatchiligidan mahrum bo’lar ekan, uning butun og’irligi siyosiy arboblar zimmasiga tushadi, ular tarix oldida mas’ul va javobgardirlar. Mamlakatni tanazzul botqog’idan olib chiqqanlar, mustaqil davlat bunyod etganlar el-ulus, millat va Vatan ardog’ida buladilar1 . 1 J.Rahimov. O’zbekiston tarixi. 9-sinf uchun darslik. T., O’qituvchi, 1999, 3-6 betlar. 7 I-Bob: “XVI-XIX asrlarda xonliklarda tashqi siyosati jtimoiy-iqtisodiy ahvoli va madaniy hayoti 1.1.Qo’qon xonligining bosib olinishi va uni Turkiston general- gubernatorligi tarkibiga kiritilishi Qo’qon xonligi Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi strategiyasida alohida ahamiyat kasb etardi. U Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan 1865-yilda egallab olingan Xitoyning g’arbiy qismi - Hindiston o’lkasi bilan bevosita aloqador edi. Qo’qondan Qashqarga, undan esa Hindiston hududiga to’g’ri yo’l borardi. Bu paytda Qo’qonda Xudoyorxon boshliq ming urug’i sulolasi hukmronlik qilardi. Haddan ortiq soliqlardan va son-sanoqsiz turli majburiyatlardan azob tortgan aholi uning boshqaruvidan norozi edi. Mamlakatda xonga qarshi muxolifat kuchayib bormoqda edi. Abdurahmon Oftobachi (valiahdning tarbiyachisi) boshchiligidagi qipchoqlar xonga oshkora qarshi turgan muxolifatning asosiy kuchi edi. Ular 1875-yilning iyulida qo’zg’alon boshladilar va qo’zg’alon Qo’qon xonligining asosiy shaharlariga yoyildi. Qo’zg’alonchilarga qarshi jo’natilgan, eng ishonchli va xonga sodiq deb hisoblangan qo’shin qo’zg’alonchilar tomonga o’tdi. Qo’zg’alonchilarning birlashgan kuchlari Xudoyorxonning to’ng’ich o’g’li Nasriddinni xon deb e’lon qildilar. Ular O’sh, Namangan, Andijon, Asaka shaharlarini egallashdi. 2-avgustda Marg’ilon hokimi Murodbek ham ularga qo’shilib, Qo’qon tomonga lashkar tortib bordi. Qo’qonda ko’tarilgan qo’zg’alon to’g’risidagi xabar xon hokimiyatining zulmidan eng ko’p aziyat chekayotgan xalq orasida g’alayon keltirib chiqardi. Xonning yaqinlari bo’lgan amaldorlar va uning soqchilari poytaxtni tashlab qochishga majbur bo’ldilar. Xonning ikkinchi o’g’li, akasiga qo’shilgan Muhammad Amin boshchiligidagi xon qo’shining qolgan yarmi ham shahardan chiqib ketdi. Voqyealar fojialiugashi mumkinligini his qilgan Xudoyorxon oila a’zolari va a’yonlari bilan 1875-yil 5-avgustda Xo’jand tomonga yurdi. Shahardagi Rossiya diplomatik missiyasi vakillari ham u bilan birga ketdi. 6-avgust kuni Xudoyorxon Xo’jandga yetib keldi, so’ng Toshkentga yo’l oldi. U yerda general-gubernator Kaufman bilan uchrashdi va Orenburgga jo’natibl 8 yuborildi. Rossiya imperiyasi hukumati Xudoyorxonni o’z himoyasiga oldi. Qo’qon xonligini bosib olish uchun bahona bo’ldi. Qo’zg’alonchilar qo’shini qo’mondoni vazifasini o’z zimmasiga olgan Abdurahmon Oftobachi Xo’janddan 50 km masofada jovlashgan Mahram qaVasini egalladi. Unga qarshi yurishga general Kaufman boshchilik qildi. Uning qo’mondonligi ostidagi qo’shinlar Abdurahmon Oftobachiga qarshi 1875-yil 22-avgust tongida Mahram qal’asiga hujum qildi. Jang kun bo’yi davom etib, ustunlik goh u tomonga, goh bu tomonga o’tib turdi. Podsho qo’shinlari kazaklar qismlaridan general Skobelev qo’mondonligi ostidagi piyodalar va general Golovachov qo’mondonligi ostidagi artilleriya harakatlarini qovushtirib, ulardan mahorat bilan foydalanishdi2 . Qipchoq otliq sarbozlari va Marg’ilon lashkarlari mahalliy hukmdorlarga qarshi harbiy harakatlar olib borishda katta tajribaga ega bo’lgan muntazam qo’shinlarga bas kelolmadi. Shu kuni kechqurun Abdurahmon Oftobachi Marg’ilon tomon chekindi. Podsho qo’shinlari ham ancha zaiflashib qolgandi. Ular harakatni davom yettirishga tayyorgarlik ko’rish uchun Mahramda uch kun qolishga majbur bo’lishdi. 7-sentabrga kelibgina Kaufman yo’lga chiqdi va 11-sentabrda Qo’qonga yetib bordi. Yangi xon Nasriddinbekning qurolli kuchlari bo’lmagani uchun u qarshilik ko’rsata olmadi. 1875-yil 16-sentabrda Kaufman o’z qo’shini bilan shahar bo’ylab o’tdi va Qo’qon yaqinidagi bog’larga joylashdi. Marg’ilon, Mingtepa, Qorasuv yaqinida bo’lib o’tgan janglarda muntazam qo’shinlarning ustunligi ma’lum bo’ldi va Nasriddinbek mag’lubiyatga uchradi. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek Marg Honda Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga ko’ra u Kaufman ruxsatisiz harbiy harakatlar olib bormaslikka, Sirdaryoning o’ng sohilidagi hududlar Namangan va Chust shaharlari bilan birga Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tishiga rozi bo’ldi. Farg’ona vodiysining bosib olingan yerlarida I. Skobelev boshchiligida Turkiston generalgubernatorligining Namangan bo’Iinmasi tuzildi va Andijonga yo’l ochildi. 2 G.Xidoyatov. V.Kastetskiy. O’zbekiston tarixi. 9-sinf uchun darslik. 48-bet. 9 Andijonning bosib olinishi. Bu paytda Andijonda hokimiyatni Xudoyorxonning jiyani Po’latbek o’z qo’liga olgandi. U Rossiya imperiyasiga qarshi urush e’lon qildi va uning qo’shinlariga Abdurahmon Oftobachini qo’mondon yetib tayinladi. Podsho qo’shinlari Andijon tomon yurib, uni qamal qildi. Shaharga hujum qilish 1875-yil oktabr boshida yerta tongda boshlandi. Hujumchilar artilleriyasi bilan ustunlikka ega bo’lib, shaharni kun bo’yi to’pga tutishdi. Ularga general Skobelev qo’mondonlik qilardi. Andijon uchun jang podsho Rossiyasining O’rta Osiyodagi bosqinchilik yurishlari tarixidagi eng shiddatlisi bo’ldi. Podsho qo’shinlari shaharda miltiqlardan o’t ochib qarshi olindi. Hamma joydan: uyumlar ortidan, xonadonlar tomidan, mudofaa devorlaridan, daraxtlardan turib o’q yog’dirildi. Ayrim uyumlar ortiga to’plar joylashtirilgan edi. Podsho qo’shinlari birinchi hujumda talafot ko’rib, chekina boshladilar. Chekina turib, yo’l bo’yi barcha xonadonlarga o’t qo’ydilar va shaharda yong’in boshlandi3 . General Skobelev buyrug’i bilan artilleriya shaharni o’qqa tutdi. Yong’inni o’chirishga yo’l qo’ymaslik uchun bu hol uch soat davom yetdi. Kechqurun qo’shinlar shaharni egallashga yana bir bor urinib ko’rdilar va bu urinish muvaffaqiyatiz tugadi. Ertalabdan artilleriya yana shaharni o’qqa tuta boshladi va jang deyarli kun bo’yi davom etdi. Bundan ikki xil maqsad: shaharni tubigacha vayron qilish va shahar himoyachilarining irodasini sindirish ko’zlangan edi. Shaharda bironta tirik jon va bironta butun uy qolmagandek tuyulsa ham podsho qo’shinlari hujumni davom yettirishdi. Biroq shaharga kirishlari bilan qattiq o’q yomg’iri ostida qolishdi. Shahar himoyachilari qarshi hujumga o’tishdi, natijada bosqinchilar chekinishga majbur bo’lishdi. Ular shahai chegarasidan chiqib ketishmaguncha ta’qib qilindilar. Namangan uchun janglar. Ta’qibni bo’shashtirish uchun podsho qo’shinlari atrofdagi barcha qishloqlarga o’t qo’yishdi. 18-oktabrda ular Namanganga yashirinib, bu yerda Kaufman qo’mondonligfl ostidagi kolonnaga qo’shilishdi. Qo’zg’alonchilar Namanganni ozod qilish uchun bir oy davomida urinishdi. Bu 3 Ziyoyev X.Z Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T., Sharq 1998. 67-bet. 10 tomonga qo’shni shahar va qishloqlardan otryadlar kela boshladi. Namanganning yarmi qo’zg’alonchilar qo’liga o’tdi. Podsho qo’shinlari qal’aga kirib yashirindl va uch kun davomida shahar aholisining shiddatli hujumiga dosh berdi. To’qnashuvlar chinakam urushga aylanib ketdi va u 1876-yil yanvar oxirigachd davom etdi. General Skobelev qarshilik manbalarini fevral oyi boshidagina bostirishga muvafFaq bo’ldi. 1876-yil 18-fevralda podsho ma’muriyati Qo’qon xonligi Rossiya imperiyasigav qo’shib olinishini e’lon qildi. 19-fevralda sobiq Qo’qon xonligi hududini o’a ichiga olgan Farg’ona viloyati tuzildi, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibigal kiritildi. Skobelev viloyatning harbiy general-gubernatori yetib tayinlandi. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishining uchinchi bosqichi (1873—1879) shu tarzda tugadi. Uning katta qismi Rossiya imperiyasil tomonidan bosib olindi yoki Xiva va Buxoro kabi Rossiyaga vassal davlatlarga aylantirildi. O’rta Osiyoda markazi Ko’ktepa bo’lgan turkman qabilalari hududigina zabtj yetilmay qolgandi. Suvsiz cho’l orqali qal’a tomon borish uchun uzoq tayyorgarlik ko’rish zarur edi. Biroq 1879-yil iyulda Angliya Afg’oniston hududining bir qismini bosib oldi, natijada inglizlar uchun O’rta Osiyoga yo’l ochildi. Shu bois, 1879-yil iyulda Krasnovodskdan general I.Lazerev qo’mondonligi ostidagi harbiy qo’shin zudlik bilan bu yerga jo’natildi. Hujum qilishga bo’lgan birinchi urinish podsho qo’mondonlarining mag’lubiyati bilan tugadi. 1880-yil may oyida M.Skobelev qo’mondonligi ostidagi qo’shin tomonidan ikkinchi bor urinib ko’rildi. Uch oylik qamaldan so’ng qal’a qo’lga kiritildi. Bosib olingan yerlardan markazi Ashxobod bo’lgan Kaspiyorti viloyati tuzildi. Turkman qabilalari 1885-yilga boribgina podsho qo’shinlari tomonidan zabt yetildi. Shu bilan Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo hududidagi bosqinchilik yurishining to’rtinchi bosqichi (1880-1885) tugadi4 . Shunday qilib, bosib olingan hududlarda besh viloyat: Sirdaryo, Yettisuv, Farg’ona, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlaridan iborat tarkibda Turkiston generalgubernatorligi tashkil topdi. Qo’qon xonligi tugatilib, gubernatorlik tarkibiga 4 Ziyoyev X.Z Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. 67-bet. 11 kiritildi. Buxoro amirflgi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylandi. 1.2.Buxoro amirligining davlat tuzilishi va madaniy hayoti XIX asr oxirida Buxoro amirligi aholisi million kishi atrofida bo’lgan. Uning tarkibiga Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo vohasi va hozirgi Tojikiston hududining ayrim viloyatlari, hozirgi Turkmanistonning Murg’obgacha bo’lgan bir qismi kirar edi. Shahar va qishloqdagi aholining ko’pchilik qismida o’zbeklar, tog’ va tog’oldi joylarida tojiklar yashar, Marvning janubiy hududlarida turkmanlar, shimoliy va sharqiy yerlarda qozoq va qirg’izlar yashar edi. Rossiya bilan 1868-yilgi shartnoma Buxoro amirligi taqdirini tubdan o’zgartirib yubordi. Sobiq.’islom gumbazi" suverenitet va mustaqillikdan mahrum bo’lib, Rossiyaga qaram va mute bir davlatga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo’lsa-da, Buxoro amiri o’z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qo’lida saqlab qolgan edi. 1885-yil Buxoroda ish boshlagan "Rossiya imperatorining siyosiy agentligi" amir va uning amaldorlari faoliyatini nazorat qila boshladi. Agentlik, shuningdek, Rossiya imperiyasi hukumatining Rossiyadan boshqa davlatlardan mol olib kirishni taqiqlovchi huquqqa ega bo’lgan. Avvalgidek, davlat idoralarida ko’pchilikni tashkil yetgan mang’itlar sulolasi vakillari amirning tayanchi hisoblanar edi. Amir ixtiyoridagi saroy xizmatida turli lavozimlarni egallagan kishilar soni 3 mingdan oshar edi. Kattato’ra unvoniga ega bo’lgan Karmana viloyati hokimi Buxoro taxtining vorisi bo’lib, qolgan bekliklarga ham amirning yaqin qarindoshlari hokimlik qilishardi5 . XIX asr oxirida Buxoro amirligi hududi 200 ming kv.km ni tashkil yetar edi. Aholining asosiy mashg’uloti hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik edi. Ancha katta shaharlari: Buxoro (poytaxt), Chorjo’y, Kitob, Shahrisabz, Denov edi. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa vodiylar Buxoro amirligi 5 G.Xidoyatov. V.Kastetskiy. O’zbekiston tarixi. 9-sinf uchun darslik. 89-bet. 12 tarkibiga kirardi. Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qushbegi bo’lib, u soliqlar yig’imini boshqarar, ma’muriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar bilan yozishmalar oiib borar edi. Qushbegi har kuni shaxsan hukmdorga amiriikdagi ahvol to’g’risida ma’lumot berib turar edi. Barcha amaldorlar qushbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o’zi tomonidan tayinlanar edi. Xazina va zakot yig’imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqyei jihatidan qushbegidan keyin turardi. Uning ixtiyorida 300 dan ziyod amaldor bo’lgan. Sudlov, notariat ishlarini, ruhoniylar va ta’lim muassasalarini boshqargan boshqozi diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi. Sud hokimiyatiga amirning o’zi rahbarlik qilardi. Sud tizimida amirdan keyin ko’rib chiqilayotgan ish yuzasidan fatvo (xulosa) tuzuvchi muftiylar devoniga i rahbarlik qiluvchi bosh qozi turardi. Joylarda sud hokimiyatini qozilar idora yetardi. Polisiya hokimiyati esa mirshablar (tungi qorovullar boshliqlari) qo’lida jamlangan edi. Oliy amaldorlar qatoriga qonunlar ijro etilishii, din musaffoligi va axloq muhofazasi, shuningdek, bozordagi tarozilar va o’lchovlar ustidan nazorat qiluvchi rais ham kirardi. Rais bosh qoziga bo’ysunardi. Bosh rais amir va bosh qoziga ma’lumot bilan shaxsan kelishi mumkin edi. Uchala oliy amaldor — qushbegi, devonbegi va bosh qozi har doim Buxoroda bo’lishi lozim edi. Beklar va ularning mol-mulkini harbiy ta’lim ko’rgan askarlar — navkarlar qo’riqlashardi. Mahalliy ma’muriyat — aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va amir farmonlarini ijro yetishi shart bo’lgan ruhoniylardan iborat edi. Barcha sohalardagi amaldorlar beklar va amirlikning oliy amaldorlari safi ularning o’g’illaridan, ko’pincha aslzoda beklar va xonlarning xonzoda deb nomlanuvchi tabaqasidan to’ldirilar edi. Buxoro amirligi 27 ta beklikka bo’lingan edi. Beklar shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimidan bo’shatilar edi. Beklar huzurida ularning qarindoshlari yoki yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan amaldorlar guruhi bo’lgan. Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko’ngillilari va qo’shinlardan saralab 13 olingan xos lashkari bo’lgan. Lashkarga to’pchiboshi (to’pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq XIX asr oxiriga kelib, amir lashkari shoshilinch yig’iluvchi, yomon ta’lim ko’rgan va qoloq harbiy qurollar bilan ta’minlangan dehqonlardan iborat bo’lgan. Bunday lashkarning bosh maqsadi — zarur bo’lganda Ark qarshisida namoyishga yig’ilish edi. Lashkar amalda XIX asr boshlaridan beri rivojlanmagan, harbiy ish va qurollari o’ta qoloq holatda edi. Lashkarning soni 11 ming sarboz va 200 zobit (ofiser)dan iborat bo’lib, ularning qurol-aslahasi 1000 ta berdanka miltig’i va bir nechta to’plardan tashkil topgandi6 . Shunday qilib, bir-biriga qarindosh-urug’ bo’lgan amaldorlarning yuki dehqon va hunarmandlar yelkasiga tushdi. Mamlakat daromadlarining katta qismi davlat ravnaqi va taraqqiyoti uchun kamdan-kam qayg’uruvchi xizmatchilariga sarflanar edi. Aholining ahvoli. Buxorolik dehqonlarning aksariyat ko’pchiligi kambag’allikda kun kechirardi, chunki yer va ish hayvonlari amir va uning amaldorlari qo’lida edi. Mang’it amirlari Buxoroda butun hokimiyatga ega bo’lib, ularning zo’ravonlik bilan hokimiyatga putur yetkazishi mumkin bo’lgan biron-bir norozilik chiqishlariga yo’l qo’yishmasdi. Davlatda hurfikrlik, norozilikka nisbatan o’ta murosasizlik kuzatiladi. Amir va uning a’yonlari mamlakatdagi Siyosiy ahvol ustidan sergaldik bilan kuzatib turishardi. Davlat amaldorlari keng tarmoqlangan armiyasini moddiy ta’minlash uchun moliyaviy mablag’larni kemirardi. Amirning Peterburgga oqpodsho saroyiga katta sovg’a-salom bilan har yili borishi, shuningdek, Qrim va Kavkazga borganida yehsonlar qilishi va saroylarni sotib oUshi bilan bog’liq bo’lgan ulkan sarf-xarajatlari ham aholi yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushar edi. Buxoro amirligidagi soliqlardan aholining 90 foizini tashkil yetuvchi dehqonlar hammadan ko’p aziyat chekardi. Dehqonlardan ko’pi kasodga uchradi va shaharlarga yollanib ishlash uchun ketib qolishdi. Soliqlarni to’lash uchun ular olibsotarlar, sudxo’rlar, yirik zamindorlar yerlarida mehnat qilishga majbur bo’lishar edi. Dehqonlar zulm bilan murosa qila olmay, zolimlarga qarshi oshkora qarshi chiqdilar. 1916-yildan keyin dehqonlar qo’zg’alonlari yalpi ommaviy harakatga 6 J.Rahimov. O’zbekiston tarixi. 9-sinf uchun darslik. T., O’qituvchi, 1999. 10-bet. 14 aylanib, amalda amirlikning barcha bekliklarini qamrab oldi. Norozilik chiqishlari aksariyati stixiyali, uyushmagan bo’lsada, ular amirlik hokimiyatini nuratib borardi. Amir Muzaffar hukmronligi davrida (1860—1885) ijtimoiy zulm haddan oshdi. Bu davrda soliqqa tortishda pul ko’rinishidagi yig’imlar yetakchi o’rinni egallagan edi. Ishlab berish majburiyatlari ko’rinishidagi ishbay renta ham keng qo’llanardi. Xiroj, zakot va juz’ya asosiy soliqlar edi. Yerdan olinuvchi xiroj solig’i miqdori ayrim viloyatlarda hosilning 40—50 foiziga yetardi va amir daromadlarining yarmidan ko’pini tashkil yetardi. Xiroj bilan bir mahalda kaftan — soliq yig’imi ishlari uchun, dorug’a — xirmonlarrii xatga olgani uchun amaldorga dorug’ayi muzd ham undirilardi. Chorvadorlar mollari qiymatidan 2,5 foiz zafatf to’lashardi. Bog’lar va polizlardan alohida yig’im — tanobona to’langan. Dehqonlar ma’muriyat vakillari yerlarni egallab olishidan, mahalliy hokimiyat va sud hokimiyati namoyandalarining po-raxo’rligi va tovlamachiligidan azob tortishar edi. Agar dehqonning soliqni to’lashga puli bo’lmasa, uning mol-mulki tortib olinar edi. Kasodga uchrash, qashshoqlikning tuban darajasi, amaldorlarning okimiyatdagi suiiste’mollariga qarshi norozilik dehqonlarni qo’zg’alon ko’tarishga majbur qilar edi. Eng yirik qo’zg’alonlardan biri rahnamosi nomi bilan atalgan Baljuvon bekligidagi (hozirgi Tojikiston) 1885-yilgi Vose’ qo’zg’aloni bo’lgan. Qatorasiga ocharchilik yillaridan so’ng Baljuvon dehqonlari ilk bora mo’l-ko’l hosil yig’ib olishgandi. Amlokdorlar esa nafaqat o’sha yil uchun, balki o’tib ketgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to’lashni talab qildilar. Bunday soliqni adolatizlik va talonchilik deb bilgan dehqonlar uni to’lashdan bosh tortdilar hamda kambag’al bir dehqon rahnamoligida qo’zg’alon ko’tardilar. Amaldorlar zo’ravonligi va ijtimoiy zulmdan yezilgan minglab dehqonlar Vose’ tevaragiga uyushdilar. 1885-yil iyul oyining so’nggi kunlarida dehqonlar armiyasi va amir Muzaffar lashkari qaqshatqich qattiq jangda to’qnashdilar. Yomon tayyorgarlik ko’rgan dehqonlar qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi. Rahnamolarining barchasi, jumladan, Vose’ ham qatl etildi7 . 7 G.Xidoyatov. V.Kastetskiy. O’zbekiston tarixi. 95-bet. 15 Boshqa bir yirik dehqonlar qo’zg’aloni 1888-yili Ko’lob bekligida bo’lib o’tdi. 1889-yil may oyida Kalif dehqonlari isyon ko’tardilar. Biroq bu qo’zg’alonlarning barchasi stixiyali va uyushmagan edi. Ular nafrat isyoni bo’lib, dehqonlar amlokdorlarni o’ldirishar, beklarning uylariga hujum qilib, yoqib yuborishar, molmulkini talashar edi. Bu isyonlar davlat asoslariga katta ta’sir o’tkaza olmasdi. Zamin bag’rida yashirinib yotgan katta boyliklarga hali qo’l tekkizilmagan edi. Qayta ishlovchi sanoat korxonalari asosan shaharlarda joylashgan edi. Hunarmandlar ko’plab soliqlarni to’lashga majbur, o’z ustaxona va korxonalarini rivojlantirish uchun mablagiarga ega yemasdi. Faqat amirlikning yirik shaharlarida kosiblar sexlariga o’xshash korxona tuzgan ustazodalar bo’lib, ular ham chog’roqqina ustaxonalarni zo’rg’a ta’minlar edi. Sanoat ishlab chiqarishining asosiy tarmog’i gilam va namat tayyorlash bo’lgan. Gilamlarga chet yellarda ham talab katta bo’lib, Buxoro amirligi ularni katta miqdorda xorijga, jumladan, Rossiyaga sotar edi. O’rta Sharq, O’rta Osiyo shaharlari va Rossiya bozorlari Buxoro gilamlariga to’la edi. Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, ko’nchilik, zardo’zlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, bo’yoq va sovun mahsulotlari bilan ham tanilgan edi. Buxoro ustazodalarining oltin va kumushdan yasagan buyumlari ayniqsa dong taratgan. 1.3.Xiva xonligining davlat tuzilishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida deyarli o’zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy nazoratda tutar va ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o’zgarishlarni Xiva hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis yetilgan bo’lib, ulardan to’rt nafari podsho hukumati ma’muriyati vakillari edi. Amudaryoning bir zamonlar Xiva xonligi tasarrufida bo’lgan va Gandimiyon shartnomasiga ko’ra Rossiya ixtiyoriga olgan o’ng qirg’og’i hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo’limi tashkil yetilgan bo’lib, uning boshlig’i ayni mahalda Rossiyaning Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda 16 xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik qo’ng’irot urug’i avlodiga mansub xon boshida turuvchi feodal monarxiya edi. Qo’ng’irotlar siyosiy, ijtimoiy hayotda va harbiy ishlarda uning suyangan tog’i edi. Qo’ng’irotlar ming yillik tarixga ega va o’zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o’ynagan turkiy urug’dir. Xon cheklanmagan mustabid ma’muriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo’ng’irot urug’i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. Demak, siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda xon hokimiyati Xiva xalqining manfaatlari bilan hyech bir mushtarak jihatlari bo’lmagan, tor xudbinona manfaatlardan kelib chiqib, ish olib borar edi. Lashkar Xiva davlatida xaiq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar xonning yasovul qo’shinlarini (uni yasovul boshi boshqarar edi) ifoda etuvchi 1,5 ming kishidan iborat muntazam qo’shin, harbiy harakatlar davrida yig’ilib keluvchi xalq lashkari va turkman otliq sipohiylaridan iborat bo’lgan. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo’lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Qo’ng’irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo’lgan. Ana shu mansabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni yekspluatasiya qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi. Sudlov hokimiyatida ham beboshlik hukm surar, hokimiyatga qarshi arzimas jinoyat uchun o’lim jazosi qo’llanar edi. Devonbegi (devonxona mutasaddisi) xonning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo’lgan. Din arboblari mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotiga ulkan ta’sir ko’rsatar edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazi sanalardi. Bu yerda dindorlar qadamjosiga aylangan 60 dan ortiq avliyo dahmalan mavjud edi. Mamlakatda qariyb 45 ming o’quvchi ta’lim oladigan 15 mingga yaqin maktahlar bo’lgan. O’quvchiiardan ayrimlari maktabni bitirib, oliy o’quv yurtiga o’qishga kirar va bu yerda 10 yilgacha ta’lim olishardi. Bunda asosiy 17 fanlar: ilohiyoshunoslik, arab grammatikasi, islom falsafasi va huquqi, shuningdek, yelementar arifmetika va geometriyadan ta’lim berilar edi. Madrasa talabalari imtihon topshirganlaridan keyin bo’sh turgan qozi, imom va boshqa nufuzli, serdaromad lavozimlarni egallashlari mumkin edi. Aholi orasida so’fiylik tariqatiga ixlos qo’ygan kishilar ko’pchilikni tashkil yetar edi. Xorazmda XII asrdayoq asos solingan kubraviya tariqati ayniqsa keng tarqalgan va katta ta’sir kuchiga ega edi. Bu tariqatga yergashgan kishi alohida so’fiylar jamoasiga rahbarlik qiluvchi o’z ma’naviy piri — yeshonning muridiga aylanib qolar va o’z xohish-irodasidan butkul voz kechar edi. Ma’naviy pirlarga bo’ysungan muridlar o’z daromadlarining bir qismini yeshonga berishardi. Xivada so’fiylik ayollar orasida ham keng tarqalgan edi. Xiva xonligida darveshlik ham keng yoyilgan bo’lib, qashshoq darveshlar — qalandarlar jamoasiga birlashgan, uning a’zolari meros tariqasida darbadarlik va qashshoqlikda kun kechirardilar. Qalandarlar islom va hokimiyatga mutelikni targ’ib yetgan holda aholining barcha qatlamlariga katta ta’sir o’tkazar edi. Yer egaligi shakllari. G’alla yetishtirish qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lib qolaverdi. Bundan tashqari, butun O’rta Osiyoda sevib iste’mol qilinadigan sholi, jo’xori va suli yetishtirilar edi. XIX asrning 90-yillaridan boshlab, Rossiya bilan savdo-sotiq rivojlanib borgani sayin paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi. Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a’yonlarga haq to’lash uchun puli bo’lmagan Xiva xonlari ularga davlat yerlajani yehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlaf ikki qismga: sug’oriladigan yerlar — ahya va sug’orilmaydigan yerlar — adraga bo’linar edi. Shuningdek, yer egaligining amlok (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar) va vaqf (masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar. Yirik yer maydonlari diniy muassasalar tasarrufida bo’lgan. Xonlikda jami sug’orma yerlarning 40 foizi masjidlar mulkiga berilgan. Masalan, 64 ta masjid va madrasa XIX asrning so’nggi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik 18 qilgan. Xoniar dindorlarga nisbatan hurmat-izzatdabo’lishgan. Ularning ko’pchiligi soliqlardan ozod yetilgan. XIX asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod yetilgandi8 . Soliq majburiyatlari. Yerning katta qismi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o’tishi sababli, xonlik ma’muriyati zararni yangi soliqlar joriy yetish yoki ilgari mavjud bo’lganlarini oshirish yo’li bilan qopladi. Xiva xon-ligida turli majburiyatlar, (doimiy yoki favqulodda) soliqlarning qariyb 25 turi bo’lgan. Bu yig’imlar miqdori xoniar va amaldorlar zo’ravonligiga bog’liq bo’lgan. "Dehqonlar yer solig’i — solg’ut, chorva solig’i — zakot, o’tloqlardan foydalanganlik uchun cho’ppuli, turarjoylari uchun o’tov solig’i to’lashgan. Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlar — begorni bajarishga ham majbur edilar. Sug’orish tizimi bilan bog’liq bo’lgan ishlar — kachi ular orasida eng og’iri bo’lgan. Xiva dehqonlari har yili kanallarni tozalashga, ko’tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to’g’onlar va ko’priklarni ta’mirlashga chiqishlari lozim edi. Dehqonlar o’z ish qurollari va ovqati bilan kelishgan. Ishga chiqmaganlar esa muayyan mablag’ni xazinaga to’lashi shart bo’lgan. Jarchi o’z foydasiga "afanakpulF yig’gan, ishlar nazoratchisi va mutasaddisi ham o’z ulushini olgan. Sug’orish tizimidagi ishlar dehqonlami yezib isMatishning eng og’ir shakllaridan biri edi. Aholining 90 foizini tashkil yetgan dehqonlar sug’orma yerlarning atigi 5 foiziga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlar yerlariga va vaqf yerlarida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi tizimi bo’yicha mehnat qilishgan Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer egasiga hosilning 40—50 foizini berishgan. Ulushchilar chorakorlar, teng yarmiga ishlovchilar esa yarimchilar deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ishchi qoramoli ham bo’lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo’lida har qanday shart asosida ishlashga majbur edilar. Ularni xizmatkor (batrak) deb Bozor maydoni. XIX asr oxiri atashib, ovqatlanishlariga 8 G.Xidoyatov. V.Kastetskiy. O’zbekiston tarixi. 9-sinf uchun darslik. 102-bet. 19 zo’rg’a yetadigan arzimas haq berib ishlatishardi. Ularning yelkasiga zo’raki shartnomalar yuki osilgan edi. Qarzdor dehqonlar o’z qarzlarini uzish uchun ma’lum vaqt davomida ishlab berishlari lozim edi. Qarzini to’lamasdan turib ular xo’jayini xizmatidan keta olmasdilar. Shu zaylda, yersiz dehqonlar soni yildan-yilga o’sib bordi. Ular tobora xonlar, beklar va ularning amaldorlariga qaram bo’lib boraverishdi. Bularning bari Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta’sir o’tkazdi. Sanoatning rivojlanishi. Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi va bozor munosabatlari joriy etilishii tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o’sishiga imkoniyat yaratib berdi. Shaharning qishloqdan jadal ajralib chiqishi, yangi shaharlarning tez o’sishi va yeskilarining rivojlanish jarayoni ana shu asosda kechdi. Mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlar ahamiyati va roli orta bordi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo’ng’irot, Toshovuz, Gurlan singari shaharlar xonlik iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti markaziga aylandi. Bog’ot, Mo’ynoq, Taxta singari yangi shahar maskanlari ham vujudga keldi. Shaharlar orasida Yangi Urganch alohida ajralib turar edi. Bu yerda rus, milliy hamda qo’shma kapitalning omborlari, idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. 11 ta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli edi), ikkita yog’ zavodi, sovunpazlik va ko’n zavodi, bitta tegirmon bo’lgan. Bu shaharda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo’limlari, pochta-telegraf idorasi, 10 ta yirik, 36 ta o’rtacha transport, komission va sug’urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda esa rossiyaliklarga tegishli bo’lgan hamda mahalliy kapital jamlangan edi. Bu shaharda asosan paxtani tashib ketish bilan shug’ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar aka-uka Rizayevlar, P.Ch.Manuilov, S.Maksum, aka-uka Solijonovlar va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgan edi. 1909-yili Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi (Birinchi jahon urushi mamlakat xomashyosi va mahsulotlariga nisbatan yangi talablarni ilgari surgan) 1914—1915-yillarda 20 jadallashib ketdi. Bu davrda 40 ta sanoat korxonasi barpo yetildi. Xiva xonligida kurilish ko’p bulgan. Arab Mux.ammadxon (1616), Xojamberdibiy (1688), Shergozixon (1719—1728), Muhmmad Amin inok. (1765), Kutli Murod inok. (1809), Ollokulixon (1832—1835), Arab Muhammadxoщ (1870), Musatura (1841), Saidboy (1842), Amirtura (1870), Muxdmmad Raximxon (1871), Muhammadmurod devonbegi, Otajon tura, Kladam yasovulboshi, Ibroximxoja, Yusuf yasovulboshi, Xusayn Muhammadboy, Dust Olim, Krzi Muhammad Salim, Islomxoja, Isfandiyorxon madrasalari, Saidboy (1842), Okmasjid (1875) masjidlari, Paxlavon Maxmud maqbarasi (1835), Kuxna Ark, Toshxrvli, Nurullaboy saroylari, Juma, Saidboy (1842), Kukminor (1852—1853), Islomxoja (1908) minoralari ana shunday bunyodkorlik ishlaridan guvoxlik beradi. Farg’ona vodiysida 1740 yili Eski O’rda urnida hozirgi Qo’qon shaxriga asos solinishi, xonlikning turli shaharlarida bunyod etilgan ko’plab urdalar, bozorlar, karvonsaroylar, masjidlar, xonakoxlar, korxonalar, madrasalar, chunonchi, Mir (1798), Norbuta, Xonmirza Yodgor (1830), Xazrati Soxib (1861), Xudoyorxon (1850, 1870 yillari Qo’qonda, 1873 yili Namanganda, 1874—1875 yili Shoxrbodda, Chustda), Xakimoyim (1869), Olim-bek (Ushda), Nasriddinbek (Andijonda), Toshkentda XIX asrda kurilgan Beklarbegi, Muyi Muborak, Eshonkul dodxox., Yunusxon, Abulqosim madrasalari ham shular qatorida turadi. Shunday rivoj xolatini madaniyat soxasida ham kurish mumkin. Turli, mamlakatning uchga bo’linib ketishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va ayniqsa, Rossiya bosqini tufayli siyosiy mustaqillikning qo’ldan ketishining umumiy manzarasida bu soxadagi axvol ilgarigi, masalan, temuriylar zamonidagi kabi bulmagan. Ammo bir narsa anikki, kurilayotgan bosqichda fan va madaniyat xar xolda bir yerda tuxtab qolmagan. Yuqorida zikr etilgan qurilishlar, ayniksa, madrasalar bunyodi shunga ishoradir. Sovet davri tarixshunosligi iloji boricha XVIII—XIX asrlarda o’zbek xalkining bu soxalardagi tarixini bo’yab ko’rsatishga intilib, o’lkani madaniy qoloqlikda ayblab, bu bilan Rossiya bosqinining O’zbekiston uchun «progressiv axamiyatini» isbotlashga atayin harakat qilgan. Xiva va Rossiya savdo aloqalarining rivojlanishi. Rossiya tovarlari dunyo 21 bozorlaridagi mollarga nisbatan arzon bo’lganligi sababli xonliklar bozoriga tez kirib bordi. Natijada, mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kasodga uchradi. Mahalliy tadbirkorlar, milliy kapital namoyandalari Rossiya bozori va Rossiya buyurtmalariga bog’langan edi. Ular ikki davlat o’rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo’shma bank tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda RossiyaOsiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan "A-Meta" sindikati tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xomashyosini yeksport qilardi va beda urug’ini sotib olish bo’yicha Xiva bozorida o’z yakkahokimligini o’rnatgandi. Rossiya kapitali mustamlaka Xiva xonligida o’z xomashyo bazasini yaratib, ishchi kuchining arzonligi va 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko’ra mahalliy bozordagi tanho huquqidan foydalanib, ulkan daromad olib, faollashdi. Xiva va Rossiya o’rtasidagi savdo aloqalari ana shu asosda tez o’sib bordi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanishi 1899-yilda 4,5 million rublni tashkil yetgan bo’lsa, 1912-yilda 26 million rublgacha ortdi. Tabiiyki, Xiva yeksportining 90 foizi qishloq xo’jaligi mahsulotlariga, asosan paxtachilikka to’g’ri kelar edi. XIX asrning 80-yillarida Rossiya Xiva xonligidan 1,2 million rublga paxta xomashyosini olib ketgan bo’lsa, 1915-yilda tashib ketilgan paxtaning qiymati 15 million rublni tashkil yetgan. Birinchi jahon urushi arafasida rus kapitali paxta, qorako’l, beda, ipak, mevalar, quruq mevalar va boshqa mahsulotlar savdosini tamomila o’z qo’liga oldi.
Xulosa: Temuriylar davrida dovrugi olamga ketgan mamlakat uch bulakka bulinib ketganidan sung siyosiy, iktisodiy jihatdan pasayish davri boshlandi. Ayniksa, XIX asrning urtalarida mazkur holat nihoyatda xatarli tus oldi. Shu davrga kelib Yevropa mamlakatlari Qo’qon, Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligidan har taraflama ustun kela boshladi. Xususan, u mamlakatlarda davlatni boshqaruv usuli birmuncha yangilandi, fan-texnika o’sa boshladi. Kurol-yarog’ ishlab chiqarish, o’z-o’zini mudofaa kilish quvvati sharqda nisbatan yuksakroqga kutarildi. O’zbek xonliklarida esa zaiflashish holati davom etaverdi. Buning ustiga ular orasida o’zaro diplomatik aloqalar ancha sustlashdi. Uchala xonlik bir-biriga rahim ko’zi bilan qarar edi. Xonliklarda ichki tanazzul kuchaydi. Xokimiyat uchun kurash, xalq noroziligi bu davlatlar mavqyeini yanada pasaytirdi. Ayni islohotlar o’tkazilishi zarur bo’lgan sharoitda eskicha ishlab chiqarish munosabatlari saqlab qolinmoqda edi. Ma’lumki, Rossiya imperiyasi hukmdorlari azal-azaldan O’rta Osiyo yerlariga ko’z tikib kelishgan. Ayniksa, Pyotr I sharqqa chiqishga qulay bu mintaqani mustamlakaga aylantirishni orzu qilgan va huddi shu maqsadda O’rta Osiyoga yordam berish bahonasida ekspedisiyalar uyushtirilgan. Uning yer osti qazilma boyliklari, deqhonchiligi, chorvachiligi har taraflama o’rganilgan. Bu o’lkani xom ashyo tayanchiga aylantirib, Rossiyada zavod - fabrikalar barpo etib imperiya ildizlarini yanada chuqurlashtirish rejasi rus xukmdorlariga ham hyech tinchlik bermas edi. O’z navbatida uchala davlatning birlashmaganligi, o’zaro ittifoq tuzmaganligi, texnika bilan kurollanmaganligi o’zbek davlatchiligini halokat jari yoqasiga yaqinlashtirib qo’ygandi. Mana shu sabablar bois xonliklar rivojlanayotgan dunyodan uzilib qolgan edi. Bu davrda uchala davlat imkoniyatlarini teng qo’yish adolatdan emas. Xususan, Xiva xonligida Sayd Muhammad Raximxon II taxtga chiqqanidan so’ng ijtimoiy-iktisodiy hayot birmuncha rivojlandi. Turkiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar kuchaydi. Birok, bu ma’rifatparvar xonni yonma-yon ikki davlat xukmdorlari qo’llab-quvvatlamadilar. Buning ustiga xonliklar ichida bir-biriga qaramaqarshi kuchlar, fitna-fasod o’zbek davlatchiligining rivojlanishiga imkon qoldirmadi. Upyg’ ajratishlik, mahalliychilik kabi illatlar xonliklar ravnaqiga soya tashlay boshladi. 23 Natijada har bitta xonlik ichdan zil ketdi, tashqi, dushmandan ximoyalanish quvvati zaiflashdi. Bu vaqtga kelib, Yevropa va xususan Rossiya xukmdorlari tarqoq va zaiflashayotgan ulkaga bosqinchilik yurishini boshlash uchun qulay imkoniyatga ega bo’ldilar. XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbek xonliklarining ayniqsa tarqoqligi, mudofaa masalalarida mustahkam bitim tuzmaganligi, turkiy mamlakatlar musulmon davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kuchaytirmagani barcha noxushliklarga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotni an’anaviy shaklda o’rganishimiz maqsadga muvofiqdir. Usha zamonlarda o’zbek xonliklarida boshqaruv usulining eskicha shakli yuritilar edi. Yevropa davlatlariga nisbatan qiyoslanganda biz buni sharqona rivojlanishning o’ziga xos jihatlari deyishimiz mumkin. Xonliklarning yer egaligi, qishloq xo’jaligi yunalishi, deyarli barcha boshqa sohalarda ilgari siljish ko’zga ko’rinmas edi. Shunday bo’lsa-da, xalq ma’naviyati ustuvor edi. Qo’qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligida san’at va madaniyatning gullab-yashnagani so’zimizga yaqqol dalildir. Bir so’z bilan aytganda, madaniy hayot xalq ruhiyatini yoritib turgan edi. Usha davrlarda barpo etilgan obidalar — masjidu minoralar, madrasalar, qadimiy va navqiron Xivada, Buxoroi sharifda yal-yal tovlanib, yaqin o’tmishdan hikoya qilayotgandek tuyuladi. Ushbu ta’lim-tarbiya maskanlarida yuksak, ma’naviy komil ma’rifat, urfon egalari yetishib chiqdilar. Uyg’onish davrining ulug’ vakillari bo’lmish jadidlar xuddi shu davrning akssadolari edilar.