Mavzu: Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlad xaridlari Reja: 1 Yagona yetkazib beruvchi tushunchasi. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridi



Yüklə 35,56 Kb.
səhifə5/6
tarix05.12.2023
ölçüsü35,56 Kb.
#172679
1   2   3   4   5   6
Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari

g) monitoring, nazorat va hisobot:

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi
va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda monitoring
va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:
vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyati
va funksiyalaridagi o‘zgarishlar, ularning tashkiliy-funksional tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ichki va tashqi omillarning vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta’sirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;
tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib-taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida tanlov asosida vazirlik tizimidagi funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;
ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi/korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi va boshqa tarkibiy tuzilmalarga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish va h.k.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari vazir, vazirlik hay’ati va vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining yillik hisobotlarida o‘z aksini topadi.

  1. z) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:

Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatiga amal qilish va Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarga rioya qilish har bir xodim uchun o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarning buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. Bundan tashqari, bevosita rahbarlar o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;
korrupsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar
va tamoyillarni buzgan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda
va asoslarda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortililadilar;
xodimlar ularni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday faktlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga xabar berishlari shart; 
korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyilini hisobga olgan holda, Vazirlik tizimida vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubha bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va (yoki) mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korrupsiyaga qarshi talab va tartib-taomillarni buzgan xodimlar, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan doirada va asoslarda javobgarlikka tortiladilar;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar, ularning sodir etilish sabablari
va shart-sharoitlarini tahlil qiladilar va doimiy asosda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtiradilar;
vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirish uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar.
Professional etika- har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi,hayotga tatbiq etadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom yetishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, professional etikaning paydo bo‘lish uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish va unga amal qilishni komillikka yetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallaShuv va axborotlaShuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko‘rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. “Professional etika va etiket” nomi bilan taqdim etilayotgan ushbu darslikda etiketning vujudga kelishi va rivojlanishi, kasbiy etikaning kategoriyalari, muomala madaniyati, etiket turlari, oila va turmush etiketi, marosimlar, mezbon va mehmon etiketiga doir zamonaviy mavzularning ilmiy asoslari tahlil qilingan.
Inson kamoloti ko‘p qirralidir. Uning buyukligi ma’naviy kamolot darajasi bilan belgilanadi. Yetuk ma’naviyatga ega bo‘lgan insongina jamiyat muammolarini aqli va zakovati bilan yechishga harakat qiladi. Chunki inson o‘z atrofidagi odamlar ta’sirida kamolotga erishadi. Zotan, inson jamiyatda yashar ekan, undan chetda turolmaydi. Insonlarga xos bo‘lgan axloq me’yorlari jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyojlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Ta’lim-tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi insonlarning hatti–harakatlarini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ma’naviyat bilan bog‘lanmagan tabiiy ehtiyojlar va imkoniyatlar chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat boshqaruvining asosiy yo‘nalishi umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda demokratik standartlar asosida huquqiy davlat qurishni belgilab oldi. Huquqiy davlatning shakllanishi va jamiyat ishlari boshqaruvining takomillashuvi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik kuchayib borayotgan hamda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod Shahsni shakllantirish masalasi oldimizdagi muhim vazifaga aylanib borayotgan hozirgi paytda davlat boshqaruvi qat’iy qonunlar asosida amalga oshishini taqazo etmoqda. Bu esa bevosita davlat xizmatchidagi xodimdan yuksak fazilatlarni o‘zlashtirishni talab qiladi. Davlat xizmatidagi xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyati bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan mansabdor shahslarda siyosiy xislatlar bilan bir qatorda axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy holdir. Axloqiy barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Professional etikada ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhlarining kasb – hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxassisliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa harbir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyaan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.
Professional etika tushunchasi va ahamiyati.Xalqimiz farovonligi maqsadida davlatchilik va qonunchilik yanada rivojlanib borayotgan bir paytda «Professional etika» fanining o‘qitilishi zarurligini isbotlab o‘tirishning o‘zi ortiqchadir. Ya’ni kasb madaniyatini egallash, madaniy gapirishga intilish, fikr mahsulini matnga to‘laqonli tushira olish mahorati barcha kasb egalarining orzusi bo‘lmog‘i lozim. Bu shubhasiz, bundan tashqari, hozirgi kunda professional etika muammosini kun tartibiga hayotning o‘zi qo‘ymoqdaki, kishilik jamiyatining madaniy-ma’rifiyligini busiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli kasb madaniyati, qonuniy «kasb ehtiyoji» hayotiy talabga aylanishi aniq. Har bir fanning o‘zining predmeti bo‘lgani kabi professional etika fanining ham o‘z predmeti mavjuddir. Professional etika fanini axloq tashkil qiladi. Etika axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyatda tutgan o‘rni taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatini amalda isbotlagan olimlar majmuidan iboratdir. Axloq aslida, lotincha “maralis” so‘zidan kelib chiqib axloqli degan ma’noni bildiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ishlab chiqarish jarayonini tashkil yetishda, ularning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy faoliyatda, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan munosabatlar; ularning xulq atvori, yurish – turishi; adolat, sadoqat, burch, baxt kabi munosabatlarining majmuiga aytiladi. Shunday kelib chiqqan holda, jamiyatning ko‘p qirrali va murakkab axloqiy hayotini aks ettiruvchi “axloq” tushunchasini kategoriya sifatida quyidagicha ta’riflash mumkin. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’yektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shahsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir Shahsning hayotiva faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulqatvor, odob, hatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir
Axloq ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoniyat jamiyat vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shahslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabat tariqasida vujudga kelgan. U o‘zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan:
 umuminsoniy madaniyatning inson tabiiy xislatlarini o‘zganrtiruvchi faoliyat shaklidagi tarkibiy qismi;
 jamiyatda yashovchi har bir shahsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;
 kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini takomillashtirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo‘llaridan eng afzali;
 axloqshunoslik – insonlarga axloq-odob, burch, qadr-qimmatni shunchaki aks ettirmaydi, balki ularni tanqidiy baholaydi, tahlil etadi.1 Ma’naviyatni harakatga keltiruvchi kuch, uning ijodkori shahs ma’naviyati hisoblanadi. Shahs ma’naviyati qanchalik yuksak bo‘lsa, umuminsoniy va milliy ma’naviyat ham shunchalik umrboqiy bo‘ladi. Shahs ma’naviyati - har bir kishining o‘zini insoniyat farzandi, muayyan millat vakili, davlat fuqarosi deb bilgan holda o‘z vatani tuprog‘ini, suvini, havosini va jamiki boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrashlari, uning ozodligi-obodligi, ravnaqi, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, izzatini joyiga qo‘yish yo‘lida chin vijdon, imon, e’tiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, beg‘arazlik, hurmat, katta fidoyilik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib borishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olamining majmuiga aytiladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda: Bugungi kunda, dublikat shahodatnoma olish uchun fuqaro maktabga borish shart emas, elektron tizimdan ariza beradi va uzogʻi bilan 3-4 kunda elektron shaklda dublikat shahodatnoma beriladi. Bundan tashqari, dublikat olish uchun avval talab etilgan 6 ta hujjat (gazeta eʼloni, topilmalar idorasi maʼlumoti, pasport nusxasi, yozma ariza, pedagogik kengash qaroridan koʻchirma, yoʻllanma xat) butunlay bekor qilindi.
2022-2023-oʻquv yilidan boshlab ilk bor maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilib, namunasi va uni berish tartibi tasdiqlandi. Elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilindi.
Eng muhimi, elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora boʻlmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta bepul yuklab olish mumkin. Bu yil 974 mingdan ortiq bitiruvchilarga elektron shahodatnoma berildi.
2022-2023 oʻquv yilidan boshlab turli sabablarga koʻra oʻz vaqtida maktabni bitirmagan fuqarolarga umumiy oʻrta taʼlim olish huquqini kafolatlash maqsadida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalari (imtihon) topshirish uchun arizalar berish tizimi ham toʻliq elektron shaklga oʻtkazildi. Eksternat tartibida imtihon topshirgan fuqarolarga imtihon natijalari haqidagi maʼlumot elektron tizim orqali yuboriladi. Shu kunga qadar 9310 nafar fuqaro ushbu xizmatdan foydalangan.
Masalan, fuqarolar eksternat tartibida imtihonlar topshirish uchun my.gov.uz elektron portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi hamda 1 ta hujjat (baholar tabeli) elektron shaklda topshiradi (avval 4 ta hujjat topshirgan).


Yüklə 35,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin