Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari
3 Davlat buyurtmachilari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha xarid qilinadigan tovarlar. Yagona yetkazib beruvchilar reestri. Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlikning markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan alohida tarkibiy tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etilgan;
Bo‘lim vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlangan Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali
va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun hududiy va tasarrufiy tashkilotlarda ruxsat etilgan lavozimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatilishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarda yuqori darajada korrupsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchilari korrupsiyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, shu bilan birga, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida Komplayens nazorat mutaxassisi bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish ishlariga mas’ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor) Vazirlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom
va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar bo‘ladi;
Bundan tashqari, odob-axloq komissiyalari xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish ishlariga mas’ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor)dan kelib tushgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinmagan hollarda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yoxud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlar tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini ko‘rib chiqadi.
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Inson resurslari rivojlantirish va boshqarish ishlariga mas’ul tuzilma (boshqarma, bo‘lim/inspektor)
va Odob-axloq komissiyalari (yoki shunga o‘xshash komissiyalar) Vazirlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi;
d) aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralari:
vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘z faoliyati
va funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarli yo‘nalishlarda umumiy nazorat muhitini va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorat hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning Komplayens tizimini joriy etadilar.
vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib-taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari uchun qat’iyligi va aniqligi, fuqarolik jamiyati uchun shaffofligini ta’minlashga intiladilar.