Mavzu: yalpi talab va yalpi taklif 1-§. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Investitsiyalardan kutiladigan foyda



Yüklə 245,03 Kb.
səhifə6/15
tarix12.06.2022
ölçüsü245,03 Kb.
#61281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Yalpi talab va yalpi taklif

Investitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo‘yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko‘payishi kapital qo‘yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi.
Texnologiya. YAngi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilganda tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak investitsion sarflari ko‘payadi.
3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi yalpi talabning o‘sishiga olib keladi. Bunga davlatning milliy armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to‘g‘risidagi qarori misol bo‘la oladi. Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Masalan, yangi avtomobil yo‘li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib keladi.
4. Sof eksportdagi o‘zgarish. Sof eksportning ko‘payishi yalpi talabni ham ko‘paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda bizning tovarlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi o‘z tovarlarimizga ichki talabning ko‘payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o‘zgarishiga avvalo chet davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. CHet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko‘proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHet ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eksportimiz hajmini qisqartiradi.

Yüklə 245,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin