Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni
ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig’i deb ataladi.Buni chizma ko’rinishida
tasvirlash mumkin (1-rasm).
1-rasmdan ko’rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig’i doimo pastga va on’gga
suriladi.
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida
talab egri chizig„ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar
sabab bo’ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda istemolchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga
egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash
mumkin:
M V=Y P Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan
real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko’rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o’zgarmas bo’lsa baholar darajasi va yalpi
talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi.
5.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari. Baholar darajasi va yalpi talab o’rtasidagi teskari bog’liqlikni , shuningdek
quyidagi baho omillari bilan izohlanadi:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi.
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo’yicha
surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq. Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqaxarajatlarni o’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda
ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu yalpi talab
hajmining pasayishiga olib keladi.