Mustaqillik darsi Mavzu: Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik! Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad-o`quvchilarga istiqlol bu- ajdodlarimiz ko`p yillar orzu qilgan erkinlik, hurlik ekanligini, yurtimiz kelajagining nechog`lik porloq bo`lishi yosh avlodga bog`liqligi hamda zamon bilan hamnafas yashash bugunning talabi ekanligini tushuntirish; tarbiyaviy maqsad- dunyoqarashi keng va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash:shukronalik hissini uyg`otish, boy tariximizni ko`z qorachig`idek asrash, davlat ramzlariga hurmat , yurtga sadoqat hissini tarbiyalash. rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish; ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o`rnatishga qiziqtirish, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishningbeshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi haqidagi bilimlarini rivojlantirish Tayanchkompetensiyaelementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radio,telefon orqa berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Dars turi: aralash Dars metodi: suhbat, savol- javob, “Tarmoqlash” metodi, “Bilarjonni kim yengadi?” ta`limiy o`yini. Darsning jihozi:
didaktik jihoz: “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asari, davlat ramzlari, Harakatlar strategiyasiga oid video va audio yozuvlar, mustaqillik yillari rasmlari.