Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а
30-йиллар ўзбек эпик шеърияти Yangi dostonchilik (poemachilik) o'tmish dostonchiligidan o‘zining mavzu doirasi, asosiy tasvir obyekti, shuningdek, tasvir uslubi bilan farq qiladi. Yangi poemachilik sujetining ixchamligi bilan mumtoz dostonchilikdan ajralib turganidek, oddiy mehnat kishisining kundalik hayotini, maqsadini, orzu-umidlarini aks ettirishi jihatidan ham yangicha xarakterga ega. Yangi poemalarning asosiy qahramoni mehnatkash xalq vakillaridir. Yangi poemachilikning g'oyaviy mazmunini xalqimizning yangi jamiyat qurish yo‘lida olib borgan kurashlari, bunyodkorlik mehnatlari va ezgu niyatlari tashkil etadi. 30-yillarning mahsuli bo'lgan «Ko‘kap» (G‘.G‘ulom), «Zaynab va Omon» (H. Olimjon), «Jontemir» (Uyg‘un), «0‘ch», «Dilbar – davr qizi», «Temirchi Jo‘ra» (Oybek), «Nomus» (Mirtemir), «Dongdor paxtakor», «Qobil», «Mehribonlar» (H. Po‘lat) kabi dostonlarda bu xususiyatlar turli shakllarda gavdalanadi. 30-yillardagio`zbek poemachiligining mavzu doirasi keng va rang-barangdir. Eng muhimi shundaki, bu davr dostonlarining aksariyati yangi voqelik tasviriga, zamonaviy mavzularga bag'ishlangan.
30-yillarda o'zbek epik she’riyati she’riy ertakchilik tarzida ham rivojlandi. Ertak-dostonchilik taraqqiyotiga Hamid Olimjon («Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg4»), Sulton Jo‘ra («Qaldirg'och», «Havorang gilam»), Zafar Diyor («Yangi ertak», «Nega xo‘roz qichqiradi tonggacha») kabi shoirlar katta hissa qo'shdilar. Bu ertak-dostonlarda janr imkoniyatlari doirasida muhim hayotiy masalalar aks ettirildi.
30-йиллар ўзбек драматургияси
30-yillardagi o‘zbek dramaturgiyasi rivojida Ziyo Said va N. Safarovning «Tarix tilga kirdi», Z. Fatxullinning «G‘unchalar», «Sotqinlar», N. Safarovning «Uyg‘onish», I. Akramning «Adolat», U. Ismoiliyning «Rustam», «Paxta shumg‘iyalari» kabi pyesalari ham muhim o‘rin tutdi. Bu asarlarning aksariyati («Tarix tilga kirdi», «Sotqinlar», «G‘unchalar», «Paxta shumg‘iyalari») zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan.
— Masalan, «Tarix tilga kirdi» pyesasida bir-biriga qarama- qarshi bo'lgan ikki sinfiy lager o'rtasidagi keskin kurash tasvirlangan. Drama konflikti Temur, Ivan, Rafiq, Qo‘rqmas, Ahmadshin kabi obrazlar bilan Badriy, G‘afforboy, Oripov, Anvar kabi timsollarning o‘zaro to‘qnashuvlariga qurilgan. Asar sujeti qiziqarli va ta’sirli chiqqan. Dramada personajlarning o‘z-o‘zini fosh etishi usulidan o'rinli foydalanilgan. Badriy afandining o‘z oiimi oldidan so'zlagan monologi bu jihatdan muvaffaqiyatli chiqqan. Biroq drama sxematizmdan holi bo‘lmaganidek, ba’zi epizodlarda badiiylik me’yor darajasida emas.