Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə49/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Uyimdan uzoqda
biroq
yashayman uyimda.
SHunday satrlarni shu va boshqa shoirlar ijodidan toping va tahlil qiling.
SHu bilan birga bu davr she’riyatida “Vatan! Men seni sevaman! Sensiz menga hayot yo‘q!” deb baqirayotgan shoirlar ham ko‘paydi (aslida u juda bemalol, beg‘am-betashvish yashayotgan bo‘ladi). Quruq dabdaba, ayyuhannos solish, baqirish – kuchsizlik belgisi ekanligini unutmaslik zarur.
SHunchaki yozmoqqa ko‘ngil to‘lmaydi,
SHunchaki yozmoqqa bormaydi qo‘lim.
SHunchaki yozganga chidab bo‘lmaydi,
SHunchaki yozmoq bu – shoirga o‘lim! (H.Xudoyberdieva) deya hayqirgan bo‘lsa, yana biri: 
Haq gap uchun har bir ishga ko‘nadi el,
To‘g‘ri so‘zdan ko‘payadi, to‘ladi el.
Dordan qo‘rqib yolg‘on aytib turganim yo‘q,
SHoirlari yolg‘on aytsa – o‘ladi el (U.Azim) deya jo‘r bo‘lib, yolg‘on she’riyat lashkariga qarshi maydonga chiqadi. Boshqasiga esa dilidagi dardini, otashin muhabbatini ohistagina:
Men kuyinib sevaman, netay,
Men kuyinib so‘zlayman xolos deb izhor etgan bo‘lsa (R.Parfi), yana bir shoirimiz “O‘zim o‘z qalbimning Kolumbi” bo‘lib kashf etishim, buning uchun daraxt singari yonishim kerak deb qasam ichadi:
Daraxtlar yonmoqda bugun dunyoda,
YOnib, o‘zgalarni uyg‘otmoq ne baxt!
Do‘stlarimdir barcha yonayotganlar,
YUragimdir yonayotgan daraxt! (O.Matjon).
Ana shunday otashnafas shoirlarimizning halol va beminnat mehnati tufayli istiqlol davri she’riyatining mavzu ko‘lami kengaydi, g‘oyaviy yuki ortdi.
Anvar Obidjon juda katta ijtimoiy mazmunni “ignabarg she’rlar”ida bir satrga, “fardlar”ida ikki misraga, “Uch chanoqlar”ida uch qatorga sig‘dira olishning ustidan muvaffaqiyatli chiqa oldi. Ularni o‘qigan o‘quvchi chuqur o‘yga toladi, fikrlaydi, xulosa chiqaradi. Buning uchun uning o‘zi ham katta bilim zahirasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, mana bu satrlarni sharhlang-chi:
Qarmoq solsam, kulfat ilindi.
* * *
Uxlasa, sal halol yashaydi.
* * *
YOlg‘on tarix shol qildi meni.
* * *
Qarz olsang, soqovdan ol.
* * *
Itni itga tishlatib, vaqti chog‘dir itboqar,
Bo‘ldi majruh ikki it, o‘zi sog‘dir itboqar
* * *
Kirib olding xonamga,
Hech bo‘lmasa bolamga
So‘yla mening tilimda
* *
Ochsam tarix kitobin,
Xo‘jayin cho‘zib oltin,
Der: “Qilsang-chi maishat!”
Bu ixcham shakllarda bayon etilgan mazmunni izohlash, tushuntirish uchun qancha vaqt, necha qog‘oz kerak. A.Obidjonning shakl va mazmun borasida o‘tkazayotgan eksperimentlari g‘oyat muvaffaqiyatli chiqayotganini, A.Qodiriy aytganidek, “So‘z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g‘isht” bo‘lishiga erishayotganini, “so‘z so‘ylash va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha”ga rioya qilayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Farida Afro‘z, Faxriyor, Bahrom Ro‘zimuhammad, SHermurod Subxon, Abduvali Qutbiddin kabi shoirlar ham yangi shakllar izlash, unga mutanosib ma’noni sig‘dira olish borasida jiddiy izlanishlar olib borayotirlar. Masalan, F.Afro‘z ham ko‘plab uch misralik she’rlar yaratdi va ularni o‘quvchisiga “tasbehlar” deb taqdim etdi. Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev esa shoira F.Afro‘z tasbeh janriga asos soldi deb aytdi. SHu olim A.Suyunning “Ey do‘st!” turkumidagi besh misralik she’rlarini “qayirma” janri deb e’lon qildi. Bu shakllarning ildizlari o‘zimizning ko‘hna SHarq adabiyotida ham mavjudligini inobatga olsak, ularga alohida janr deb baho berish ortiqchaligi sezilib qoladi.
SHuningdek, bugungi she`riyatimizda xalq oo’zaki ijodi an`analari yo`sinida, ularning ohangi, ruhi, g’oyalarini ijodiy davom ettirishga asoslangan she`rlar ham talaygina uchraydi. Masalan, Faxriyorning «Baxshining sevgisi», Zulfiya Mo`minovaning «Narpaylik baxshi», Usmon Azimning «Baxshiyona» asarlari baxshilar hayotiga qiziqish, ularning uslubida ijod qilishga intilish kayfiyati, ishtiyoqidan kelib chiqqan. Masalan, Eshqobil SHukur she`rlarini kuzatsak, uning ijodida xalqona ruhda, oddiy odmalar hayotidan hikoya qiluvchi she`rlar, turli qadimgi ohanglarni eslatuvchi asarla uchraydi. Masalan, «Alpomish ohanglarida» deb nomlangan «Normurod akaga» deb bao’ishlangan she`ridan bir parcha olib ko`raylik:
Sendan, mendan davron o`tdi, to`rajon,
Bir maydonda maydon o`tdi, to`rajon
Kul kulbadan sulton o`tdi, to`rajon
Nomozshomda gulday so`lgan tarzim bor
To`xta, ey yo`lovchi, senga arzim bor.
Birinchi va beshinchi bandlari besh, qolganlari olti misradan iborat bu she`r mumtoz she`riyatimizdagi musammatlarga ham o`xshab ketadi, biroq uning qofiyalari, radifi, umuman, ohangi, so`zlarning qo`llanilishiga e`tibor qaratilsa, haqiqatdan ham xalq dostonlarini eslatadi. Xuddi shu muallifning «Qadimgi daftar yoxud unutilgan ohanglar ohi» turkumini kuzatadigan bo`lsak, unda shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy yo`lidan boradi (uning «Milliy ashulalar uchun milliy she`rlar asarini eslaylik), she`rda eng qadimgi yodgorliklarimiz – Irq bitigi, marosim qo`shiqlari, qabr toshi bitiklarining ruhi, ohangi ufurib turadi. Masalan, asarning VIII qismi «Istibdod» deb nomlanadi. Unda Qadimgi O`rxun-Enasoy yozuvlarida aks etgan ruh ustuvor:
Bek bo`lar ullarim qul bo`ldi,
Suluv bo`lar qizlarim cho`ri…
Alp erlar yuragi yirtildi
Vo, sho`rim! Vo-o, sho`rim!
SHuningdek, she`riyatimizda ranglar, raqamlarning qo`llanilishi, afsona va rivoyatlarga murojaat qilinishi holatlarni ham kuzatishimiz mumkinki, bularning barisidan ko`zlangan maqsad, asosiysi millatning istibdod davrida unutilayozgan o`tmishiga qaytarish, yodiga tushurish, xalqning milliy o’ururini ko`tarish, o`zligini unutmasligini istash kayfiyatidan kelib chiqqan. Xalqparvar shoirlarimiz milliy hamjihatlik, tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy mafkurani asrab-avaylab kelayotgan avlodga etkazish yo`lidagi sa`yi-harakatlarning ifodachisi sifatida maydonga chiqdilar va buni o`zlarining zimmasidagi asosiy burch deb bildilar.
Istiqlol yillarida modern she`riyat tushunchasi tez-tez tilga olinadigan bo`lib qoldi. Hatto uning ayrim vakillari paydo bo`ldi. «O`zbek modern she`riyati» nomli majmua chop etilib, unda keyingi davrda shu uslubda ijod qiluvchi shoirlar she`rlaridan namunalar jamlandi.
Modern adabiyotning tasvir usullari realizmga zid emas, aksincha, u o`ziga xos noan`anaviy tasvirda yuz ko`rsatdi. O`zbek modern she`riyati namoyandalari sifatida otaxon shoirlarimizdan Rauf Parfi, SHavkat Rahmon, keyingi ijodkorlardan Abduvali Qutbiddin, Ikrom Otamurod, SHaxriyor, Bahrom Ro`zimuhammad, Farida Afro`z, Husniddin SHaripov Bektemir Pirnafasov kabilar nomlarini keltirishimiz mumkinki, bulardan Rauf Parfii, Ikrom Otamurod, SHavkat Rahmon, Bahrom Ro`zimuhammad kabi ijodkorlar asarlarini deyarli to`laligicha mana shu «modern» tushunchasi qolipida o`lchasa bo`ladi. Boshqalarining esa ayrim she`rlari mana shu yangiliklar borasida o`zini sinab ko`rish, ta`sirlanish tuyo’usidan yuzaga chiqqan.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin