Mavzu: Yaponiyada marketingning xususiyatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#172530
  1   2   3
Abdikarimov Sarvar Marketing


TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH UNIVERSITETI
MENEJIMENT FAKULTETI
MARKETING FANIDAN MUSTAQIL ISH
Mavzu: Yaponiyada marketingning xususiyatlari
Guruh: 50-22 QIKMo’ Bajardi: Abdikarimov S Qabul qildi:
Reja:

Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) — Sharqiy Osiyoning Tinch okean sohilidan sharqda , kun chiqish tomondagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga qariyb 9.13 ming km²ga choʻzilgan; Yaponiyaning eng yirik 4 ta orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu. Yaponiyaning tabiiy boyliklari deyarli juda kam davlatning atrofini Tinch okean o'rab turganligi tufayli mamlakatning tuprog'ida yod moddasi yetarlicha hisoblanadi. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021). Poytaxti — Tokio shahri. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.
Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi banana 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989-yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi)
amalga oshiradi.
Yaponiya moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi —30 ming km ga yaqin. Xonsyu orolining janubiy sohili, Shikoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrim qismlarda joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fudziyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp smrelyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Shikoku orolning eng baland joyi 1981 m (Ishizuchi choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuju vulkani).

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin