9-Mavzu: O’sish va rivojlanishning sodda modeli Reja: 1. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy o‘sish 2. Faoliyat jarayonidagi ta’limning Pol Romer modeli 3. Lukas model 4. Mahsulot sifatining o‘zgarish modeli 5. Iste’mol tovarlar turiarini kengaytirish asosida endogen iqtisodiy o‘sish modeli
Tayanch so‘z va iboralar: Iqtisodiy o‘sishning sodda, endogen modeli. Faoliyat jarayonidagi ta’limning Pol Romer modeli. Ta’lim va endogen iqtisodiy o‘sish. Lukas modeli. Ishlab chiqarish mahsulotlari turiarini kengaytirishda texnologik o‘zgarishlar. Mahsulot sifatining o‘zgarish modeli. Iste’mol tovarlar turiarini kengaytirish asosida endogen iqtisodiy o‘sish modeli. Iqtisodiy o‘sish va notekis taqsimlanish nisbatlarining empirik tadqiqotlari. Globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘sishning xususiyatlari, rivojlangan mamlakatlar gegimonligi. Chegaralangan resurslaming iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
1. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy o‘sish Dunyo mamlakatlarida so‘ngi 25 yil davomida (1990-2014-yillar) iqtisodiy o‘sish va innovatsion investitsiyalar hajmi o‘rtasidagi bogiiqlikni taxlil qilganimizda quyidagi natijalami olish mumkin. Birinchidan, yuqori va o‘rta daromadli mamlakatlarda YAIM va innovatsion investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha o‘sishi o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Quyi daromadli davlatlarda esa bu holat kuzatilmaydi. Ikkinchidan, o‘rta daromadli mamlakatlarda innovatsion investitsiyalar hajmining YAIM dagi ulushi muttasil oshib bormoqda. Past daromadli davlatlarda ham ushbu ulush о‘sib bormoqda, lekin o‘sish sur’ati o‘rta daromadli davlatlamikidan sekinroq. Yuqori daromadli davlatlarda esa aksincha innovatsion investitsiyalar ulushi ozroq tushsada, barqaror 20% dan bo‘lib turibdi. Shu o‘rinda turli davrlarda jadal rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi, jumladan, janubiy sharqiy Osiyo davlatlari tajribasi diqqatga sazovor. “Osiyo yo‘lbarslari” deb ataluvchi to‘rt davlatdan (Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, va Tayvan) ikkitasi - Koreya va Singapur tajribasining ko‘rsatishicha iqtisodiy rivojlanishning ma’lum bosqichiga chiqquncha innovatsion investitsiyalar hajmi, shuningdek YAIM yuqori sur’atlarda o‘sgan. Yangi industrlashgan (sanoatlashgan) davlatlar-Malayziya va Taylandda Osiyodagi moliyaviy tanazzulgacha (1997—1998) innovatsion investitsiyalar va YAIM jadal sur’atlarda o‘sganligi kuzatildi. Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan davlatlar sifatida ko‘rsatiladigan Xitoy va Vetnamda esa innovatsion investitsiyalar hajmi muttasil uzoq muddatda yuqori sur’atlarda o‘sib kelmoqda. Xitoy iqtisodiyotining yana bir ajralib turadigan jihati shuki, innovatsion investitsiyalaming YAlMdagi hajmi tobora o‘sib bormoqda. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki tadqiq qilinayotgan davrda jahon iqtisodiyoti o‘rtacha yillik 3,5% o‘sishni tashkil etmoqda. Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida, uni moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan chiqishida va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘sishida asosiy dvigatel sifatida harakatlantiruvchi kuch, Xitoy iqtisodiyoti bo‘lib hisoblanadi. Xitoy iqtisodiyoti 1993-2007-yillarda mamlakat YAIM hajmini yillik o‘sish sura’tini o‘rtacha 10,4% ta’minlashi natijasida iqtisodiy qaloq davlatdan 2014-yilga kelib AQSHlarini ortda qoldirib jahonda XQP bo‘yicha baholangan YAIM hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Jahon iqtisodiyotida uning muhim mintaqaviy ittifoqlaridan biri bo‘lgan yevrozona davlatlari tarkibiga qator rivojlanayotgan davlatlami kirib qo‘shilishi va 2009-yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Globallashuv sharoitida yevrozona mintaqasi davlatlari YAIM hajmini o‘sish sur’atlari jahonning eng rivojlangan davlati bo‘lgan AQSHdan ortda qoldi va yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 2%ni tashkil etdi. 2013-yilga kelib bu salbiy ta’sir natijasida yevrozona mintaqasi davlatlarining YAIM hajmi -0,4%ga pasaydi. Masalan 2014-yilga kelib 2000-yilga nisbatan YAIM Germaniyada 114%ga, Buyuk Britaniyada 121%ga, Belgiyada 117%ga, Fransiyada 113%ga o‘sdi.
Bu davrda AQSHda yevrozona davlatlariga nisbatan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan chiqib oldi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 2,2%dan 3,1% ga o‘sishiga erishdi. Natijada AQSHda YAIM 2014-yil 2000-yilga nisbatan 128%ga o‘sdi65.Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyoti jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan katta ta’lofat ko‘rgan davlatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Globallashuv sharoitida uning iqtisodiyoti 2014-yilga kelib jahonning rivojlangan davlatlari AQSH va yevrozona davlatlari tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy raqobat kurashi va iqtisodiy sanksiyalar natijasida iqtisodiy pasayish davrini boshidan o‘tkazmoqda. Natijada Rossiya Federatsiyasi YAIM 2014-yil 2000-yilga nisbatan 176%ga 0 ‘sdi66. Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasayishi va aksincha rivojlanayotgan davlatlarda ayniqsa Xindiston va Xitoyda o‘sish sur’atlarini yuqori darajada ekanligi bilan tavsiflanadi. Natijada Xindiston YAIM 2014-yilga kelib 2000-yilga nisbatan 266%ga, Xitoy YAIM 369%ga o‘sdi. Buning asosiy omili bo‘lib tadqiq etilayotgan davrda globalizatsiyaning ta’siri natijasida jahon mamlakatlari guruhlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni taqsimlanishida rivojlangan davlatlar ulushi 2005—2007-yillarda 66%dan 2014-yilga kelib 41%ga tushib qolganligi va aksincha rivojlanayotgan davlatlaming ulushi 30%dan 55%gacha67 o‘sganligi bilan baholash mumkin. Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotining muhim mintaqaviy guruhlari bo‘lgan rivojlangan, rivojlanayotgan va MDH davlatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga nisbatan 0 ‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmini yuqori sur’atlarda o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki 1993—2007-yillarda MDH mamlakatlari bo‘yicha YAIMni yillik o‘rtacha o‘sish sur’atlari l,9%ni tashkil etgan holda 0 ‘zbekistonda bu o‘sish ikki marta yuqori 4,09%ni tashkil etmoqda. 0 ‘zbekistonning 2013 —2014-yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 8% va undan ortiq darajada ta’minlagan holda va 2015-yilgi YAIM hajmini 8% o‘sish sur’ati bo‘yicha jahonda birinchilar qatoriga chiqib oldi. Natijada 0 ‘zbekiston Respublikasida YAIM 2014-yil 2000-yilga nisbatan eng yuqori darajada 267%ga o‘sdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi YAIMning jahon YAIMni ishlab chiqarishdagi o‘mini ko‘rsatish va uning aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmini dunyoning barcha mintaqalari va mamlakatlari bilan taqqoslash imkonini ham yaratadi.
Ishlab chiqarish ко‘lam lari va shu asosda iqtisodiy rivojlanish darajalari ko‘p jihatdan milliy valutalarda aks ettirilgan YAIM miqdorini aniqlashning qaysi uslubi asos qilib olinganligiga bogMiqligini ko‘rsatadi. Agar valuta kursi bo‘yicha baholangan YAIMning miqdorlari taqqoslansa unda mamlakat YAIM tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushi kam bo‘lgan va natijada ichki narxlar jahon narxlaridan past bo‘lgan va ulaming mahsulotiga jahon bozorida talab nisbatan kam bo‘lgan davlatlaming YAIM miqdori kamayib boradi. Aksincha, yuqori texnologik rivojlanish darajasiga ega bo‘Igan va YAIM tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushi yuqori bo‘lgan, ichki narxlar jahon narxlaridan yuqori yoki teng bo‘lgan va eksport mahsulotiga talab yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ulaming YAIM miqdori ko‘payib boradi. Tadqiqotlarga ko‘ra jahon YAIMda turli mintaqalar va mamlakatlar valuta kurslarida baholangandagi ulushi, ulaming valutalarining HQP bo‘yicha baholangan ulushiga nisbatan katta farqlar mavjud. Shu bilan birga rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlaming valuta kurslari bo‘yicha hisoblangan YAIMning jahon YAIMdagi ulushi kamaymoqda va aksincha rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha bu farq deyarli 2 martagacha o‘smoqda. Buning asosiy sababi jahon darajasiga nisbatan bu rivojlanayotgan mamlakatlarda tovarlar narxlarining pastligidir. Masalan, jahonning yuqori texnologik rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlarda valuta kursi bo‘yicha baholangan Jahon YAIM ishlab chiqarishdagi ulushi 60,16% ni va XQP bo‘yicha baholanganda 42,8% ni (dunyo aholisining 14,27% to‘g‘ri kelgan holda) tashkil etmoqda. Shu bilan birga rivojlanayotgan qator davlatlar va shu bilan birga MDH mintaqasi davlatlarida (dunyo aholisining 3,94% to‘g‘ri kelgan holda) valuta kursi bo‘yicha baholangan Jahon YAIM ishlab chiqarishdagi ulushi 4.8%ni, XQP bo‘yicha baholangan YAIM esa-3,7%ni tashkil etmoqda. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra 2014-yilda 0 ‘zbekistonda YAIMni aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko‘rsatkichi Bangladeshga nisbatan 2,3 barobar, Pokistonga nisbatan 1,4 va Hindistonga nisbatan 1,25 baravar yuqoridir. Ayni vaqtda aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmi 0 ‘zbekiston Respublikasiga nisbatan Xitoyda 3,5 barobarga, Turkiyada 5,8, barobarga va Rossiya 7,7 barobarga yuqoridir. Xulosa qilib aytilganda, turli mintaqalar va mamlakatlaming ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy rivojlanish darajalarini va YAIMni XQP bo‘yicha baholash, voqelikka eng real baho beruvchi, samarali uslub bo‘lib hisoblanadi. Bu barcha omillar ulaming valuta kurslari nisbatlari bo‘yicha YAIMni baholaganda yuqori texnologik rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlaming ishlab chiqarish hajmi anchagina oshishi, o‘rtacha rivojlanish va ayniqsa kam rivojlanish darajasidagi mintaqalar va mamlakatlarda uning anchagina kamayi- shiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotini iqtisodiy o‘sishida so‘nggi yillarda asosiy iste’mol omili talabni rag‘batlantirish bo‘lgan bo‘lsa, bugungi globalizatsiya sharoitida bu omillar imkoniyatlari cheklanib yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan omillar birinchi o‘ringa chiqmoqda. Natijada bugungi globalizatsiya sharoitida yuqori texnologik rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan davlatlarda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish shart-sharoitlari va imkoniyatlari yuqori bo‘lganIigi sababli bu davlatlarda iqtisodiy o‘sish sifatida katta imkoniyatlarga ega boimoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan chiqish uchun ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, 0`zbekiston ham iqtisodiyotni modemi- zatsiyalash va innovatsion rivojlantirish yo‘lini tanlagan. Innovatsion rivojlanish yo‘li sanoat ishlab chiqarishini texnologik jihatdan yangilash, mahsulotni va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, iqtisodiyotni xomashyo va oraliq mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidan voz kechish va qo‘shilgan qiymat ulushi yuqori boMgan mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish hisobiga uning raqobatbar- doshligini oshirishda ifodalanadi. Ammo innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish, yuqori texnologik mahsulotlar bozoriga kirib borish, innovatsion texnologiyalar bozorida o‘z o‘rnini egallash uzoq bozor davrini va katta miqdordagi moliyaviy mablag‘lami talab etadigan murakkab jarayondir.