Mavzu: Yengi atletika sakrash elementlarni orgatish usullari. Reja



Yüklə 50,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.12.2021
ölçüsü50,65 Kb.
#49929
Sakrash - Vikipediya



Sakrash

Mavzu: Yengi atletika  sakrash elementlarni orgatish usullari.

Reja:

1.Sakrash elementlarini orgatish usullari

2.Sakrash turlari

3.Õyin qoidalari

Sakrash - yengil atletikaning bir turi hisoblanadi. Sakrashning vertikal va gorizontal turlari

mavjud. Vertikal sakrashga balandlikka sakrash va shest bilan sakrash kirsa, gorizontal

sakrash esa uzunlikka sakrash va uch karrali sakrash turlarini o'z ichiga oladi. Sakrashning bu

turlari Olimpiada o'yinlariga kiradi.



Uzunlikka sakrash - sportchilardan sakrash va sprint sifatlarni talab qiladi. Bu sport turi

qadimiy Olimpiya o'yinlari qatoriga kirgan. Hozirgi Olimpiya o'yinlari qatoriga ham kiritilgan

(erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1948-yildan). Ko'pkurash tarkibiga kiradi.

O'yin qoidalari. Atletning vazifasi - uzoqroq masofaga sakrashdir. Birinchi bo'lib atletlar

yugurib keladilar, so'ngra bir oyoqlari bilan maxsus doskadan itarilib, sakraydilar. Itarilish

doskasidan qo'nish chuqurligining burchagigacha bo'lgan masofa kamida 10 metr bo'lishi

kerak. Sakrash to'rtta fazadan iboratdir: yugurish, itarilish, uchish va qo'nish.



Balandlikka sakrash qishki va yozgi o’yinlarda o’tkaziladi. Erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar

uchun 1928-yildan Olimpiya o’yinlari safiga kiritilgan. Beshta fazadan iborat: yugurish,

itarilishga tayyorgarlik, itarilish, plankadan o’tish va qo’nish.



O’yin qoidalari. Balandlikka sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan

sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta

harakat beriladi. Agar sportchi biror bir balandlikda sakrashdan bosh tortsa, uning uchta

harakati olinib tashlanadi. Agarda u ma’lum bir balandlikka sakrashda 1 yoki 2 marotaba xato

qilsa, yana sakrashdan bosh tortib qolgan harakatlarini keying sakrashga olib qo’yishi

mumkin. Sportchi o’zi hohlagan balandlikdan sakrashi mumkin, ammo u hakamlarga

oldindan xabar berib qo’ygan bo’lishi kerak.

Shest bilan sakrash – Olimpiya o’yinlari qatoriga kiradi ( erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar

uchun 2000-yildan).



O’yin qoidalari. Shest bilan sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan

sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta

harakat beriladi. Balandlikning oshishi hakamlar tomonidan belgilanadi va u kamida 5 smni

tashkil etishi kerak.



Uchtali sakrash – Yengil atletikaning programmalaridan biridir. U Olimpiya o’yinlarida 1896-

yildan beri o’tkaziladi. Sportchi maxsus sektordan yugurib kelib, brusokga yetib kelgandan

keyin undan itarilib sakraydi.Sakrash 3 bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda –

sakrashni amalga oshirayotganda brusokka qaysi oyog’i bilan birinchi sakragan bo’lsa, huddi

o’sha oyog’i bilan brusokdan qumga sakrashni amalga oshirishi kerak. 2-boshqich qadam

deyiladi, bunda yerga boshqa oyog’ bilan teyish kerak. Ohirgi bosqich esa qumga sakrab

tushishdir.

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?


 

Soʻnggi tahrir 2 oylar avval 84.54.84.14 tomonidan amalga oshirildi  

title=Sakrash&oldid=2357361



" dan 

olindi 

Yüklə 50,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin