Mavzu: yengil atletika turlarini texnikasini o`rgatisstrrepla


Snaryadning uchib chiqishi va uchishi



Yüklə 92 Kb.
səhifə4/7
tarix10.05.2023
ölçüsü92 Kb.
#110819
1   2   3   4   5   6   7
Yengil atletika

Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga nisbatan qaysi joyda bulishi turli xil uloqtirishda turlichadir. Chunonchi, yadro, nayza va granataning uchib chiqishi qo`lning eng yuqori kutarilgan nuqasiga to`g`ri kelishi bilan birga, yadro itqitishga qo`lning tula to`g`rilanishiga ham to`g`ri keladi. Aylanib uloqtirishda (disk, bosqon) snaryadni elka buginiga yakin balandlikdan , ya`ni qo`l (yoki qo`llar) gorizontal holatga yaqinlashayotganda chiqarib yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki kuch chiqarib yuborish, uning uchish yo`nalishini o`zgartiradi va odatda snaryad borib tushadigan masofani kamaytiradi.Oxirgi kuch berishda uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta`siri, snaryadning uzoq uchishini ta`minlashi kerak. Buning uchun uloqtiruvchidagi kuchlar teng ta`sir etuvchisining yo`nalishi snaryadning uchib ketish burchagiga mos kelishi mumkin. Sport snaryadining uchib chiqish ketishi, yerga tushish nuqtasidan 170-200 sm va undan ham ziyotroq va undan yuqori bo’ladi.
Yengil atletikaning kupchilik turlari (yugurish, o`zunlikka, balandlikka sakrash, granata uloqtirish va boshqalar shunchalik tabiiyki, ularni xatto endi boshlayotgan sportchilar ham qiynalmay bajara oladilar. Yengil atletikaning har qanday turida bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnikasi bor sportchilargina muvaffaqiyatga erisha oladi.Takomillashgan texnika deganda, eng yaxshi natijalarga erishishga imkon beradigan sport mashqlarini bajarishning eng ratsional va eng samarali usullari tushuniladi.
Sport texnikasi harakatlar shakligina emas. Yengil atletika mashqi qanday usulda bajarilmasin, u har doim sportchining ongiga , uning irodaviy va jismoniy fazilatlariga ma`lum malakalarga , organ va sistemalarining funksional tayyorgarlik darajasiga, tashqi muxitning ma`lum sharoitidagi harakat faoliyatiga bog`liqdir. Har bir yengil atletik mashqning o`z shakli va mazmuni bor.
Mashq shakli- harakatlarning, yo`nalishlarning, amplitudalarning, ayrim zvenolar tezligining,sur`atining, ritmining va yaxlit faoliyatidagi bir vaqtda va ketma-ket ijro etiladigan harakatlar muayyan mosligining kinematik to`zilishidir.
Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasi biomexanika nuqtai nazaridan ratsional bulishi kerak.
Harakat yoki ishni erkin , yengil ortiqcha qiynalmay bajaradigan bulishi juda muxim. Xatto maksimal kuchlanish kerak xatto maksimal kuchlanish kerak
Sportchining nafas olishi – sport texnikasining uzviy qismidir. Nafas tezligi va chuqurligi , nafas olish va chiqarish fazalarining davom etish vaqti va pauzalar harakat yo`nalishi, amplitudasi va ritmi bilan, sportchiga qanchalik zur kelayotgani bilan shartli-reflektor bog`liqdir.
Sport mashqlari texnikasini ma`lum sharoitlarda yaxlit ishni bajarish usuli, deb bilmoq kerak. Shuning uchun ham yengil atletikachi harakatlarni boshqarish to`g`risidagina emas, balki konkret sharoitda uning hamma psixik va jismoniy faoliyatini boshqarish xakida ham gapirsa buladi.
Sport texnikasini o`rgatish va uni analiz qilishni yengillashtirish uchun yaxlit harakatlarni –yugurish, sakrash, uloqtirish - qismlarga, fazalarga, momentlarga bulish mumkin.



Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin