Mavzu: Yer huquqi tushunchasi Reja



Yüklə 9,68 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü9,68 Kb.
#203954
  1   2
yer huquqi

Mavzu:Yer huquqi tushunchasi

Reja:

  • Yer huquqi tushunchasi va predmeti.
  • Yer huquqi tizimi
  • Yer huquqi prinsiplari
  • Yer huquqining huquq tizimida tutgan o`rni va boshqa qondosh huquq tarmoqlari bilan nisbati.

Yer huquqining uchta tavsiflarda tushunchalari bor.
Birinchisi, yer huquqi O`zbekiston huquq tizimining mustaqil huquq tarmo¦idir. Yer huquqida har bir huquq tarmo¦i uchun zarur
bo`lgan belgilar mavjuddir, ya`ni a) u o`z maxsus predmetiga ega: b)
u o`z maxsus huquqiy tartibga solish uslubiga ega; v) davlat shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga solib turadi; g) u alohida guruhlangan huquqiy- normativ aktlar majmuasiga ega.
Ikkinchisi, yer huquqi O`zbekiston huquq fanining bir sohasidir.
Shu o`rinda unga fanga tegishli bo`lgan barcha xususiyatlar tegishli bo`ladi.
Uchinchisi, yer huquqi maxsus o`quv kursidir. Uning o`quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va maqsadlari har xil darajadagi o`quv muassasalari uchun har xil bo`lishi mumkin. Ushbu fandagi ilmiy- nazariy tushunchalar, qarashlar, muammolar va uni rivojlantirish masalalari bu fanning mohiyatini tashkil etadi.
Mustaqil huquq tarmo¦i sifatidagi yer huquqi, huquq fanining bir sohasi bo`lgan yer huquqi va o`quv kursi yer huquqi hech qachon bir-biriga o`xshamaydi.
Huquq tizimining alohida tarmo¦i sifatida yer huquqi maxsus tartibga solish uslubiga ega. Bu uslubning qo`llanilishi ilmiy tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, xo`jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarini himoya qilishni ta`minlaydi.
Yer huquqi tartibga solishi uchun xizmat qiladigan normativ- huquqiy bazaga ega. Uning tarkibiga Konstitutsiya, Yer kodeksi va
yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari kiradi. Bu baza batamom shakllangan bo`lib, u borgan sari takomillashib va rivojlanib boraveradi.
Davlat hokimiyatining butun mexanizmi yer huquqi amal qilishi, maqsadlariga erishishi va rivojlanishi uchun doim manfaatdordir.
Ma`lumki, huquq predmeti deb, ijtimoiy faoliyat jarayonida vujudga kelib, qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan erkin
munosabatlar tushuniladi. Umume`tirof etilgan ushbu qoidaga asoslanib aytish mumkinki, yer xuquqining predmeti, ya`ni uning tartibga solish doirasiga qisqa qilib aytganda yer tufayli vujudga
keladigan erkin ijtimoiy munosabatlar kiradi.
Yer tufayli vujudga kelgan hamma ijtimoiy munosabatlar ham yer huquqining predmetini tashkil etavermaydi. Ularga yerga nisbatan mulkchilik, undan foydalanish va muhofaza qilish bilan bo¦liq bo`lgan munosabatlar kiradi. Bu munosabatlar qisqacha holda yer munosabatlari deb ataladi.
Yer munosabatlarining doirasi juda keng bo`lib, faqatgina yer huquqi normalari bilan tartibga solinmaydi. Yer huquqi normalarini ma`muriy huquqbuzarlik tarzida buzganlik uchun ma`muriy
javobgarlik choralarining qo`llanilishi ma`muriy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Qishloq xo`jalik kooperativlari (shirkat xo`jaliklari), fermer va dehqon xo`jaliklarining yerdan foydalanish huquqi birgina yer huquqi normalari bilan tartibga solinmasdan, balki agrar huquq normalari bilan ham tartibga solinadi.
Shunday qilib, yer huquqi munosabatlari agrar, xo`jalik, fuqarolik, ma`muriy, moliya va boshqa huquqlar bilan ham tartibga solinadi. Yer huquqi munosabatlarini boshqa huquq normalari bilan tartibga solinganda o`z tabiati va xususiyatini yo`qotmaydi.
2. Yer huquqi tizimi
Mustaqil huquq tarmo¦i bo`lgan yer huquqi normalari mazmun jihatidan xilma-xil bo`lgani uchun ularni ma`lum bir tizimga solish
katta ahamiyat kasb etadi. Yer huquqi tizimi deb, jinslik xususiyatiga
ega bo`lgan bir jinsli yer huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi har biri yer huquqiy normalarining guruhlaridan tashkil topgan yer- huquqiy institutlar jamlanmasiga aytiladi. Institutlar va ularga jamlangan normalar esa o`z navbatida yer huquqi tizimining ichki tartibini tashkil etadi. Masalan, yer kadastrini yuritish bilan bo¦liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar davlat yer kadastri huquqiy institutini tashkil etadi.
Yer huquqi institutlari nisbatan mustaqil va barqarordir. Ular bir- biridan farq qiladi va tavsifi bo`yicha har xil bo`lgan yer munosabatlarini tartibga soladi.
Yer huquqi institutlari guruhlanganda tartibga soluvchi va
muhofaza qiluvchi institutlarga bo`linadi. Ular tarkibi bo`yicha oddiy yoki murakkabga bo`linadi. Yuqoridagi misol keltirilgan institut oddiy institut bo`lib hisoblanadi. Shunday institutlar borki, ular ikki yoki undan ko`proq institutlarni o`zida jamlab, murakkab institutni tashkil etadi. Misol qilib yerlarni davlat boshqaruvi huquqiy institutini olsak bo`ladi.
Bu institut yer tuzish, yer kadastrini yuritish, yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish, yer xususidagi nizolarni hal etish va boshqa shunga o`xshash institutlarni o`z ichiga oladi. Murakkab institutga yana misol qilib yerdan foydalanish huquqi
institutini aytishimiz mumkin. U o`z navbatida qishloq korxonalarining yerdan foydalanish huquqi, fuqarolarning
foydalanish huquqi, noqishloq xo`jalik korxonalarining
xo`jalik yerdan yerdan
foydalanish huquqi va boshqa institutlarni qamrab oladi.
Yer huquqi tizimidagi har bir institut boshqa institutlarga nisbatan va yer munosabatlarini tartibga solish ahamiyatiga ko`ra ketma-ket joylashadi.
Bundan tashqari yer huquqi umumiy qismini tashkil etadigan institutlar umumiy institutlar va alohida qismidagilar esa maxsus, ya`ni predmetli institutlar deb ataladi.
Umumiy qism institutlari o`zidagi normalarda mazkur fan tarmo¦i
va qonun hujjatlari rivojlanishi uchun asos bo`ladigan eng muhim holatlar, qoidalar yoki prinsiplarni aks ettiradi. Bu institutlarda jamlangan holatlar, qoidalar va prinsiplar yer huquqining maxsus institutlari mazmuni va tarkibi shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Alohida qismning institutlari esa umumiy institutlarga nisbatan bo`ysinuvchi vaziyatda bo`ladi. Ular mazkur huquq tarmo¦ining umumiy holatlari, qoidalari yoki prinsiplarini namoyon qilmaydi.

Yüklə 9,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin