Mavzu: yog’och materiallariga ishlov berishda rejalash urganch-2020 yil mundarija



Yüklə 44,41 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü44,41 Kb.
#186220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu yog’och materiallariga ishlov berishda rejalash urganch-2-fayllar.org


Mavzu: yog’och materiallariga ishlov berishda rejalash urganch-2020 yil mundarija

MAVZU: YOG’OCH MATERIALLARIGA ISHLOV BERISHDA REJALASH

Urganch-2020 yil

MUNDARIJA.

1

Kirish.............................................................................................................



2

Yog’och materiallar, turlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot



3

Yog’och materiallarga ishlov berishda o’lchash va rejalash asboblari turlari to’g’risida umumiy ma’lumot



4

Rejalash asboblari bilan ishlash texnologiyasi



5

Xulosa.......................................................................................................



6

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...............................................................







  1. Kirish

O`quvchilarni kasbiy bilimlar va o’quv va ko`nikmalar bilan muvaffaqiyatli ravishda qurollantirish, ularda mehnat malakalarini shakllantirish zarur bo`lib qolmasdan, balki ularning texnik fikrlashini o`stirish, ishda tashabbus ko`rsatishni va mehnatga ijodiy yondoshuvini tarbiyalash ham zarurdir.


Umumta`lim maktabi 5 va 6-sinflar mehnat darslarida yog'ochga ishlov berish texnologiyasi asoslari bo`limida o`quvchilarga yog’ochga ishlov berish ustaxonasi,yog’ochning hayot uchun ahamiyati, ish o`rnini tashkil etish,yog’ochlarning tuzilishi, turlari, umumiy xossalari va ularning sifatini aniqlash, yog’ochning ishlatilish sohalari, duradgorlik asbob-uskunalari va moslamalari haqida va yog’ochga ishlov berish texnologiyalari haqida tushuncha va ko`nikmalar beriladi. Bu borada o`quvchilarga zamonaviy bilim va tarbiya berishda o`qituvchidan katta bilim va malaka, kasbiy mahorat, mehnat va izlanishlar talab qilinadi.
6-sinfda yog’och turlari ularga ishlov berishda ishlatiladigan asbob-uskunalar mavzusini tanlashimdan asosiy maqsad: o’quvchilarning yasayotgan buyumlari aniq o’lchamga ega,sifatli va shu bilan birga yaroqsiz holga kelib qolmasligi uchun o’lchov va rejalash asboblaridan hamda texnologik jihozlardan ham to’g’ri va puxta foydalanishni o’zlashtirib olishlari kerak. Albatta biror buyumni yasash uchun birinchi bo’lib o’lchash va rejalash ishlari bajariladi.Agar rejalash ishi noto’g’ri bajarilsa,buyum yaroqsiz holga kelib qoladi,shu bilan birga ish unumi pasayadi.Rejalash murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib,diqqat bilan ishlashni talab qiladi.Undan keyin rejalangan zagotovka maxsus asbob-uskunalar bilan ishlov berilib kerakli buyum yoki shakl yasaladi.Yog’ochdan tayyorlanadigan buyumlarning aniq va yaxshi sifatli chiqishi duradgorning ish malakasiga va shu bilan birga, nazorat-o‘lchov hamda rejalash asboblari va asbob-uskunalardan o‘rinli, to‘g‘ri foydalana olishlariga bog‘liq.
Shuning uchun o’quvchilarda o’lchov va rejalash asboblari bilan birgalikda maxsus asbob-uskunalardan va texnologik jihozlardan to’g’ri va aniq foydalanish bilim,ko’nikma va malakalarini shakllantirish,shu bilan birga ishga va asbob-uskunalarga e’tiborli bo’lib, xavfsizlik-texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ishni to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish lozim.




  1. Yüklə 44,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin