Mavzu tasnifi
Yog’och materiallar, turlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot
Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko‘mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqasohalarda foydalaniladi.
Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik vaelektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi vayaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor:temperatura, namlik o‘zgarishi natijasida yog‘och qurib tob tashlaydi, namtortib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi va hokozo. Yog‘ochning puxtaligi,qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishdaturlichadir, yog‘ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi.Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning emirishiga qarshilikko‘rsata olmaydi.
Hozirgi kunda yog‘och ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilardan: arra qipig‘i va payraxalaridan presslash yo‘li bilan tayyorlanadigan yog‘och tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan har xil nuqsonlardan, kamchiliklardan holi, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib ayrimhollarda metall o‘rnini ham olmoqda.
Yog‘och deb daraxtning tanasi, butoqlari,novdalari va ildizlarining asosiy qismini hosilqiluvchi qismiga aytiladi. Daraxtningyog‘och hosil qiluvchi tanasi o‘zak, yog‘ochliktola, po‘stloqdan iborat bo‘ladi.
O‘sib turgandaraxt qismlari.
Yog‘och uch xil yo‘nalishda kesib tekshiriladi.a) daraxt tanasining ko‘ndalang kesmasi;b) daraxt tanasining markazidan uning radiusi yoki diametri bo’ylab uzunasiga o‘tgan radial kesmasi;c) daraxt tanasining markazidan o‘tmay, aylana vatari bo’ylab uzunasiga o‘tgan tangental kesmasi.Shu bilan birga yog‘och to‘qimalari o‘zidategishli moddalarni to‘plab o‘sib boradi. Yog‘ochning o‘sishi uning ko‘ndalang qismidagi yillikhalqalaridan ko‘rinadi
.Yog‘och tanasining ko‘ndalang qirqimi: 1-o’zak, 2-o’zak nurlari, 3-yadro, 4-po’kak qatlami, 5-lub qatlami, 6-po’stloqosti, 7-kambiy, 8-yillik qatlamlar.
Bu halqalar soni shu yog‘ochning yoshinibildiradi. Har bir daraxtning yog‘ochi uningog‘irligini ko‘tarib turish, turli ta’sirlarga chidamliligini ta’minlash vazifalarini ham bajaradi.
Daraxtning tanasi, butoqlari, shohlari, novdalariva ildizi uning yog‘och qismini tashkil qiladi.Daraxtning tanasi uning asosiy yo‘g‘on yog‘och qismi bo‘lib, ildizlar bilan barglar orasidagi moddaalmashinuvini ta’minlash hamda daraxtningyerdan ustki qismini ko‘tarib turish vazifalarini bajaradi.Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik vayaroqsizlik belgilari Xodalarni tilish (bichish) yoli bilan arralangan materiallar olinadi, ulardan esa arralangan tanavorlar (zagotovkal) tayyorlanadi. Arralangan detallar tanavorlardan xodalarning o‘zini arralab (tilib) olinadi.
Arralangan materiallar muayyan o‘lchamli va sifatli arralangan mahsulot bo‘lib, ikkita parallel yassi yuzasi (qatlami) bo‘ladi. Arralangan materialar radial va tangentsial ko‘rinishda tilingan bo‘lishi mumkin.
Randalangan taxta deb, loaqal bitta yuzasi yoki chetiga randalab yoki frezalabishlov berilgan materialni aytiladi.
Arralangan materiallar assortimenti:
a-plastinka; b-choraktalik;d-tozalab qirqilgan taxta; e-cheti qirqilgan reyka; f-ikkiqirrali brus; g-tozalab qirqilgan brus; h-kapantaxta; i-uch qirrali brus; g‘-shpala.
Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlarning uchini, tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali, aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi.
Yog‘och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material bo‘lib, daraxt tanasidagi suv va boshqa moddalarni kerakli yo‘nalishlarda o‘tkazib turish xususiyatiga ega, ham da uziga tushayotgan og‘irlikni ko‘tarib turish vazifasini bajaradi.
Daraxt kesilgandan keyin yog‘och tuqimalari orasidagi suv harorat ta’sirida tashqariga chiqish natijasida yog‘och quriy boshlaydi. Bunda suv yog‘ochninghamma to‘qimalari orasidan bir tekisdava bir xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa,yog‘och tanasi yorilmasdan quriydi. Agaraksincha yog‘ochning biror qismidagito‘qimalari orasidan suv ko‘proq, boshqa qismidan esa kamroq tashqariga chiqaboshlasa hamda bundan tashqari, yog‘ochning turli qismlaridagi suv tashqarigabir vaqtda chiqmasa, yog‘och tanasi bir tekis qurimaydi. Buning natijasidayog‘och tanasida yoriqlar paydobo‘lishi, yog‘ochning buralish yokibukilish hodisalari kelib chiqadi
Yog‘ochning yorilishi.
Bunday hollarning oldini olish uchunyog‘ochni to‘g‘ri quritish qoidalariga rioya qilinadi.Buning uchun xo‘l yog‘ochnito‘g‘ri holatda kerakli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib quyish va uning sirtiga havooqimi bir tekisda tegadigan bo‘lishini ta’minlash hamda to‘liq qurigincha shundayholatda saqlash kerak.
Bundan tashqari, agar yog‘ochni biror buyumni yasash uchun kerakli shaklda yetarli xolatga keltirish lozim bo‘lsa, ho‘l yog‘ochni kerakli shaklini hosil qilgan holatga keltirib, tegishli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib yoki tegishlimoslamalar bilan mahkam uning sirtiga havo oqimi bir tekisda bo‘lishinita’minlab, qurigancha shunday xolatda saqlanadi.
Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akastiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga esa asosan qoqiladi.
Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material hisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong‘indan saqlash choralari ko‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart.
Mamlakatimiz o‘rmonlarida daraxtning 100 dan ortiq turlari o‘sadi.
Daraxtning hamma turlari ikkiga: ignabargli (qora qarag‘ay, qarag‘ay, tilog‘och,archa va hokazo) hamda bargli (eman, qora qayin, qayin, tog‘terak va xokazo)daraxtlarga bo‘linadi. daraxtning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan.
Daraxtning tashqi ko‘rinishi.
Xar bir turining yog‘ochligida o‘ziga xos guli (teksturasi) bo‘ladi.Bargli daraxt yog‘ochliklarining gullari ignabargli daraxt yog‘ochliklarininggullariga nisbatan xilma-xil va chiroylidir.Ishlov berish qiyinligi jihatdan yog‘ochlik:yumshoq (tog‘terak, jo‘ka, qarag‘ay va hokazo), qattiq (eman, qayin va hokazo), juda qattiq (oqakas, qora qayin va hokazo) yog‘ochlarga bo‘linadi.
Yog‘ochlik yuqori darajada mustahkambo‘lib, unga kesuvchi asboblar bilan yaxshiishlov bersa bo‘ladi. Yog‘ochdan yasalgandetallarni osongina yelimlash, mixlar va buramamixlar yordamida biriktirish mumkin. Yog‘ochdan yasalgan buyumlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli chiqadi. Lekin yog‘ochning kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, u namlik ta’sirida buziladi, quriganida qiyshayadi, tezroqqorayadi.Yog‘ochning ko‘zlari va qurt teshgan joylari ham uiing nuqsonlari hisoblanadi.
Yog‘och tekisturasi.
Bu kamchiliklar sanoat ishlab chiqarishida yog‘ochdan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi, ammo ular bezakdor buyumlar tayyorlashda kata yordam berishi mumkin.
Quyidagi qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan ba’zi bargli va igna bargli yog‘ochlarning turlari, tashqi belgilari va xossalari bilan tanishib o‘tamiz.
Archa. Archa daraxtining pustlog‘i qalin, qoramtir kul rang bo‘lib, yog‘ochi serbutoq bo‘lganligi uchun ishlash qiyin. Mayin qatlamli bo‘lgani uchun o‘zak nurlari ko‘rinmaydi. Kam smolali, nam ta’siriga chidamsiz.Archa qurilishda, stellyuloza-qog‘oz sanoatida, oddiy mobellar, tarralar tayyorlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |