Mavzu: Yog'ochlarni turlarini tahlil qilish Reja


Mehnat darslarida yog'ochning asosiy xususiyatlari



Yüklə 46,66 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü46,66 Kb.
#195037
1   2   3   4   5
Yog\'ochlarni turlarini tahlil qilish

Mehnat darslarida yog'ochning asosiy xususiyatlari
Yog‘ochning pishiqligi. qattiq.ligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yunalishda turlichadir. Nam ta’sirida yogochning mexanik xossa­lari keskin uzgaradi. Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning kemirishiga qarshilik kursata olmaydi, bu esa uning snfatini pasaytirishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalarida mexanik xususiyatlari yanada yuqori bo‘lgan yangi tur yog‘och materiallar ishlab chiqarilmoqda va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida chiqadigan chiqindilar — qipiq va payrahalarni presslash yuli bilan tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham bosmokda (presslangan yog‘och materiallardan hatto podshipniklar va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog‘och materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng ishlatilmoqda.
Yog‘och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog‘och materialning turini, tuzilishini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun har qanday yog‘och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi (rasm).
DARAXTNING TUZILISHI
Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shox-shabbalardan iborat.
Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to‘plab saklaydi.
Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish mumkin.
Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. Shox-shabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi. Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi.
Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini, g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi.
Shuni aytib utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z navbatida, bir necha qismlarga bo‘linadi.
Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin.
O‘zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘­lib, ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm ga-cha) bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. Chirish o‘zakdan boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (16- rasm).
Uzak nurlari hamma daraxt turlarida mavjud bu­lib, shakli va joylanishlariga kura, bir-biridan farq qiladi. Uzak nurlarinn tananing xar handay qirqimi buyicha ko‘rish mumkin. Birlamchi deb ataluvchi uzak nurlari uzakdan boshlanib, pustloqqa qadar davom etadi, ikkilamchi deb ataluvchi o‘zak nurlari uzakdan turlicha masofada boshlanib, pustloqqa qadar yetib boradi. Uzak nurlarining eni 0,005—1 mm atrofida buladi.
Uzak nurlari tananing turli qirqimida xar xil kurinishga ega buladi. Radial qirqimda uzakdan pustlokda tomon yunalgan ensiz chiziqlar kurinishi­da, tangental qirqim buyicha uzuq-uzuq chiziqlar ko‘rinishida, kundalang qirqimda radius buyicha yunal­gan chiziqlar kurinishida namoyon buladi.
Markaziy qism. Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mum­kin, chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb aytiladi.
Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt yetilgan xisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin