Mavzu. Yo‘l-transport sohasi iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari


Yo‘l xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati va uning tashkiliy



Yüklə 24,12 Kb.
səhifə3/5
tarix13.05.2023
ölçüsü24,12 Kb.
#112805
1   2   3   4   5
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA

Yo‘l xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati va uning tashkiliy


ko‘rinishlari.

Yo‘l xo‘jaligi tarmoq sifatida tarmoqdan tashqarida iste’mol etilishiga mo‘ljallangan ma’lum bir oxirigi mahsulotni yaratadi. Bu mahsulot konkret transport-tasarruf ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanuvchi avtomobil yo‘llari bo‘lib, ular aholi va avtomobil transportiga foydalanish uchun taqdim etiladi. Transport inshooti sifatida yo‘llar ularda tashish jarayoni amalga oshirilayotgan vaqtda qilinadi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinishi o‘lchovi ularning eyilishidir. Avtomobil yo‘llarining ahvoli ularning moddiy va ma’naviy jihatdan eskirganligi orqali aniqlanadi.


Yo‘llarning moddiy jihatdan yeyilishi ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-tabiiy iqlim omillari - joyning relefi, tuproq-geologik va gidrologik sharoit, temperatura rejimi, yog‘ingarchiliklar miqdori va hokazodar. Bu omillarning ta’sir etishi uzoq muddatli bo‘lib, shartli doimiy harakterga ega va yo‘l qurilishida va loyihalashda hisobga olinadi;
-transport tasarruf omillari - harakat tarkibi va intensivligi, uning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi, transport vositalari turlari bo‘yicha harakatlanish tezliklari, harakatni tashkil etilishi, boshqa avtomobil yo‘llari hamda temir yo‘llari bilan kesishishlarning mavjudligi;
-loyihalash omillari - qabul qilingan loyiha yechimlarining tabiiy iqlim va transport tasarruf omillariga mos kelishini aniqlovchi parametrlar majmui;
-qurilish omillari - qurilish sifatini belgilovchi, ya’ni qurilgan yo‘llar va inshootlar parametrlarining loyiha talablariga va texnik ko‘rsatmalar hamda me’yorlarga mos kelishligi. Bu omillarning ta’siri birinchi navbatda yo‘llarning ta’mirlash orasidagi xizmat muddatida ko‘zga tashlanadi;
-yo‘l-tasarruf omillari – yo‘llarga va inshootlarga tabiiy – iqlim va transport – tasarruf omillarining ta’sir etishini syokinlashtirishga qaratilgan tadbirlar, ya’ni ta’mirlash va yo‘llar holatini yaroqli holatda saqlashga xizmat qiluvchi ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi.
Yo‘llar faqat moddiy jihatdan emas, balki texnik taraqqiyot ta’sirida texnik vositalar parametrlarining doimiy o‘sib borishi ta’sirida ma’naviy jihatdan ham eskirib boradi. Avtomobil transporti avtomobil yo‘llarining transport-tasarruf ko‘rsatkichlariga yanada yuqoriroq talablar qo‘yadi, bu esa ularni loyihalashtirishda yanada yuqori normativlarning kiritilishiga olib keladi. Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirishda ishlatiladigan normativ hujjatlarning amal qilish muddati yo‘llarning xizmat qilish muddatidan bir necha barobar va hatto yo‘lning texnik kategoriyasini belgilashning asosi bo‘lgan loyihalash
oxirida aniqlanadigan harakat intensivligini belgilovchi effektiv davrdan kam bo‘ladi.
Yangidan amalga kiritilayotgan normativlar nafaqat tegishli kategoriyadagi yo‘llarning yuqori texnik saviyasini, balki ulardagi kelajak harakat intensivligini ham ko‘zda tutadi.
Amalda yo‘l xo‘jaligida shuni ham hisobga olinadiki, avtomobil yo‘llarining eng qimmat konstruktiv elementi – yo‘l qoplamasi, uning qiymati yo‘l qiymatining deyarli 60 foizini tashkil etadi, va u avtomobil g‘ildiraklarining yo‘lni buzuvchi ta’siri ostida oshirilgan sari qo‘shimcha konstruktiv qatlam bilan kuchaytirilishi mumkin, bu esa yo‘llarni bosqichma-bosqich tamoyilda qurib borish mumkinligini ko‘rsatadi. SHu sababli avtomobil yo‘llarini ta’mirlash paytida nafaqat yo‘lning konstruktiv elementlari tabiiy yemirilishi oqibatlarini yo‘qotishga qaratilgan, balki ularning ma’naviy eskirishi oqibatlarini ham yo‘qotishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi, ya’ni yo‘lni qaysi kategoriyaga tegishli, deb topilgan bo‘lsa, shu kategoriyaga mos kelmaydigan parametrlar me’yorlar talab darajasiga yetkaziladi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, yo‘l – ta’mirlash ishlari oddiy qayta ishlab chiqarish emas, balki kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xususiyatiga ega.
Avtomobil yo‘llarini oddiy qayta ishlab chiqarish ishlariga ob’ektlarning boshlang‘ich transport – tasarruf ko‘rsatkichlarini tiklashga qaratilgan ishlar kiradi, ya’ni ularning tabiiy yemirilishi oqibatlarini yo‘qotishdan iboratdir. Bunday ishlar yo‘llarni ta’mirlash paytida bajariladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘l qoplamasini mustaxkamlash, suv qochiruvchi qurilmalar, bordgorlar, tirkovuch devorlar va boshqa yo‘l konstruktiv elementlarini tiklash. Bu ishlar yo‘lning inventar qiymatini oshirmaydi va bu ishlarni bajarish sarf- xarajatlari yo‘lning yemirilishini hisobga oluvchi amortizatsiya miqdorini buxgalteriya hisobida kamaytirish yo‘li bilan hisobdan chiqariladi.Avtomobil yo‘llarini kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlariga yangi konstruktiv elementlarni qurish, hamda yo‘llarni kengaytirish, mustahkamlash (kuchaytirish) yoki amalda mavjud bo‘lgan elementlarni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari kiradi.
Bu ishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • yo‘l polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalar bo‘yicha – yo‘lga berilgan texnik kategoriyaga muvofiq ravishda uning geometrik elementlarini me’yor darajasiga yetkazish, yangi suv qochiruvchi qurilmalarni, qirg‘oqlarni himoyalovchi va erroziyaga qarshi inshootlarni, yo‘l kesishmalari joylarida yo‘l polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalarni qurish, avtobus bekatlari uchun yo‘lni kengaytirish, yo‘lning transportlar harakatlanadigan qismidan tashqarida avtomobillarning to‘xtab turishilari uchun maydonchalar qurish.

  • yo‘l qoplamasi bo‘yicha – yo‘lning qoplamali qismini kengaytirish, yo‘llarning qayta qurilayotgan bo‘laklari, transport yechimlari hamda avtobus bekatlari va avtomobillar uchun to‘xtab turish maydonchalarini yo‘l qoplamasi bilan qoplash, bordyurlar o‘rnatish, qoplamalari yaxshilangan yo‘llarning chetlariga mustaxkamlovchi polosalar qurish.

  • sun’iy inshootlar bo‘yicha – mavjud bo‘lgan ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni (uzunliklari 60 m gacha) butunlay yoki qisman qayta qurish yoki yangilarini qurish, yog‘ochdan, temirbetondan, g‘ishtdan va po‘latdan qurilgan ko‘priklarni kengaytirish va kuchaytirish, tog‘ yo‘llarida himoya galareyalari va ayvonlari qurish.

Bu ishlarning amalga oshirilishi yo‘l tashkilotlari balansida bo‘lgan yo‘llarning, ya’ni asosiy fondlarning, inventar qiymatlarining oshuviga olib keladi.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlashda uning boshqa elementlari bo‘yicha kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘zda tutilgan ishlar hajmi ta’mirlashga sarflanadigan umumiy xarajatning 50-60 foizini tashkil etadi.
Yo‘llarning inventar qiymatlarini ortishiga sabab bo‘luvchi ishlar salmog‘ining yuqoriligi avtomobil yo‘llarining amaldagi transport- tasarruf ko‘rsatkichlari bilan ularga avtomobil transporti tomonidan qo‘yilayotgan talablar o‘rtasidagi oraliqning katta ekanligidan darak beradi.
Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlarning ishga tushirilishi hisobiga avtomobil yo‘llarining qattiqligini doimiy ravishda oshirib borish, bu xarajatlarning ta’mirlash ishlaridagi qiymatining kamayib borishida turg‘un holat yaratadi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, qurilish me’yorlari va qoidalariga to‘liq amal qilingan holda qurilgan yangi avtomobil yo‘llari uchun, yo‘llarni ta’mirlashda ularning inventar qiymatlarini oshiruvchi xarajatlar yo‘l qoplamasining turiga qarab, ta’mirlash qiymatining 10-50 foizini tashkil etadi.
Ko‘rib chiqilgan, yo‘llarning moddiy va ma’naviy eskirishiga sabab bo‘luvchi omillar, yo‘llarda o‘tkazilishi kerak bo‘ladigan ta’mirlash ishlarining hajmi va muddatlarini belgilaydi. Ta’mirlash tadbirlari qiymatiga ish hajmidan tashqari smeta narxlari omili va ishlab chiqarish omillari: ishlarning bajarilish texnologiyasi, ularning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish bazasining quvvati va ahvoli, mexanizatsiya vositalarining ahvoli, mehnatni tashkil etilish saviyasi, rejalashtirish va boshqarish, ishlarning bajarilish muddatlari va sifati ham ta’sir etadi.
SHunday qilib, yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i oldida turgan ishlab chiqarish masalalari, birinchidan, zaruriy texnik-iqtisodiy natija beruvchi optimal muddatlar va hajmda ta’mirlash ishlarini bajarish hisobiga «avtomobil yo‘llarining transport-tasarruf ko‘rsatkichlarini loyiha yechimlarida belgilangan» saviyada ushlab turish, ikkinchidan avtomobil transporti talablariga muvofiq ravishda iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblar bilan asoslangan holda yo‘l parametrlarini oshirib borish.. Ham birinchi, ham ikkinchi masalani hal etishda zaruriy ishlarni bajarishga ketadigan xarajatlar, ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan yo‘llarda avtomobil transportida bo‘ladigan yo‘qotishlarni ham birga qo‘shib hisoblanganda minimal bo‘lishiligi kerak.
Bu masalalarning hal etilishiga, ishlab chiqarish daromadlarini takomillashtirishga, ishlab chiqarish faoliyatining yangi iqtisodiy mexanizmiga o‘tishga qaratilgan, tarmoq ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy maqsadi sifatida qaramoq kerak.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishni odatda yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining o‘zlari amalga oshiradilar, zarurat bo‘lgan hollarda esa ular alohida turdagi ishlarni bajarish uchun ixtisoslshgan korxonalar, ko‘prik qurish boshqarmalari, ko‘prik otryadlari, ko‘prik quruvchi poezdlar, tonnel otryadlari, mexanizatsiya boshqarmalarini jalb etishlari mumkin.
Yo‘llarni ta’mirlash ishlari odatda yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining kuchlari bilan amalga oshiriladi, ammo alohida holatlarda boshqa tashkilotlar tomonidan pudrat usulida ham bajarilishi mumkin. Yo‘llarni yaroqli holatda tutish maqsadida bajariladigan ishlar yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan bajariladi.
SHunday qilib, yo‘l xo‘jaligining mahsuloti o‘zining murakkabligiga qarab, tarmoq korxonalarining o‘z kuchlari bilan, yoki kapital qurilish bo‘yicha turdosh va ixtisoslashgan korxonalar bilan kooperatsiyalashgan holda yaratiladi.

    1. Yüklə 24,12 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin