Mavzu. Yo‘l-transport sohasi iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari


Yo‘l xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlar tizimi



Yüklə 24,12 Kb.
səhifə4/5
tarix13.05.2023
ölçüsü24,12 Kb.
#112805
1   2   3   4   5
1 1 MAVZU YO‘L TRANSPORT SOHASI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA

Yo‘l xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlar tizimi


Tarmoqdagi iqtisodiy aloqalarning birinchi va asosiy xususiyati tarmoqning ikkilanganligi va mahsulotining alohida xususiyatidadir: - bir tomondan olganda yo‘l xo‘jaligi – bu avtomobil yo‘llari, ya’ni transport inshootlaridan, boshqa tomondan qaralganda esa – mehnat jamoalarining avtomobil yo‘llarini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyatidan iborat. Bunda avtomobil yo‘llari rasman tegishli ishlab chiqarish yo‘l tashkilotlarining mulki hisoblanadi, ya’ni ularga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l tashkilotlarining balansida turadi. Bu holat yo‘l tashkilotlari faoliyatining yakuniy natijasi deb, hududiy yo‘llar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha ma’lum darajadagi potensialni avtomobil transporti ishi orqali amalga oshadigan o‘ziga xos xizmat turi potensialini yaratish, deb qaralishi mumkin. Bu potensial – avtomobil transporti va butun yagona transport tizimining, jamiyat maishiy ehtiyojini qondirish borasida, uning samarali faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi moddiy–texnik sharoitlarning majmuidan iborat.


Amalda yo‘llar bilan ta’minlanganlik potensiali avtomobil yo‘llarining texnik ahvoli va rivojlanish saviyasi orqali tavsiflanishi mumkin.
Iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurish istiqbolida faqat shu ko‘rsatkich, uning qiymatini vaqt mobaynida o‘zgarib borishi, yo‘l tashkilotlari faoliyatini baholashda birlamchi mezon bo‘lib ishlatilishi kerak bo‘ladi. SHu mahalgacha ishlatib kelingan ko‘rsatkichlar, bajarilgan ishlar hajmi va sarflangan mablag‘lar masalasiga kelsak, bu ko‘rsatkichlar sarf ko‘rsatkichlari bo‘lib, ularning tom ma’nosi prinsipial o‘zgarishi kerak. Ular ishlab chiqarish faoliyatining o‘lchamlari sifatida emas, balki ma’lum bir yakuniy natijaga erishish yo‘lida sarflangan mablag‘lar va resurslar o‘lchami sifatida qaralishi kerak.
Yo‘l xo‘jaligi mahsulotining avtomobil transporti tomonidan iste’mol qilinishi, ya’ni yo‘l tashkilotlari tomonidan yaratilgan potensialdan foydalanish, quyidagi omillar orqali aniqlanadi: yo‘l tarmog‘ida yo‘llarning mavjudligi va ahvoli, avtomobil transportida harakatlanuvchi qismining texnik ko‘rsatkichlari va tashish hajmi, transport tizimida boshqa transport turlarining mavjudligi va tashish imkoniyatlari va transportdan tashqarii sohada tashishga bo‘lgan ehtiyoj. Yo‘l xo‘jaligi mahsulotining iste’mol qilinishi moddiy ifodasini yo‘llarning yemirilishi, avtomobil transportida va umuman transport tizimida resurslar tejami, milliy daromadning o‘sishida o‘z ifodasini topadi.
Ikkinchi xususiyat shu bilan bog‘liqki, avtomobil yo‘llari transport, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxona hamda tashkilotlar va aholi tomonidan tekinga foydalaniladi. Ularning yemirilishi tashish tannarxiga kiritilmasdan, avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga bo‘layotgan xarajatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan yoki korxona, tashkilotlar va avtomobil egalari bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilangan qat’iy me’yorlar asosida ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi. SHu sababli yo‘l xo‘jaligida boshqa tarmoqlarda qayta ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan iste’mol bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish, avtomobil yo‘llari qurilishi, ularni ta’mirlash va soz holda tutish uchun bo‘lgan xarajatlar bilan yo‘l xo‘jaligi mahsulotini iste’moli o‘rtasida mavjud emas.
Yo‘l xo‘jaligining uchinchi muhim xususiyati shundaki, tarmoqni moliyalashtiruvchi manbalar ko‘p bo‘lib, ular moddiy jihatdan balanslashtirilmaganligidir, hamda yo‘l xo‘jaligi uchun moddiy – texnik resurslar ajratish o‘nlab yillar mobaynida rejalashtirish organlari tomonidan «qoldiq» prinsipi deb ataluvchi prinsip asosida amalga oshirilib kelgan. Hozirgi paytda avtomobil yo‘llariga kapital mablag‘larni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:

  • Umumdavlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hamda yo‘l xo‘jaligini moddiy-texnik ta’minlashga qaratilgan sanoat ob’ektlari va titul transport inshootlariga ajratiladigan mablag‘lar («markazlashgan manba - yo‘l fondi»dan ajratiladigan mablag‘lar).

  • respublika va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar qurilishi va rekonstruksiyasi uchun ishlatiladigan, tarifga muvofiqlashishni amalga oshiruvchi avtomobil transporti daromadidan olinadigan 2 foizli ajratmalar;

  • Viloyat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar qurilishi va ta’mirlanishiga yo‘naltirilgan sanoat, transport, qurilish va boshqa xo‘jalik tashkilotlarining mablag‘lari;

  • qurilayotgan korxonalarni mamlakatning mavjud bo‘lgan transport tarmog‘i bilan bog‘lash maqsadida umumfoydalanish yo‘llari, yoki uning qismlari (bo‘laklari) qurilishida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining ulushli ishtiroki mablag‘lari;

  • boshqa manbalar – ijtimoiy fondlar, homiylar va hokazolar.

Yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i o‘z faoliyati natijalarini realizatsiya qilishdan, ya’ni yo‘larni avtomobil transportiga foydalanishga taqdim etishdan hech qanday daromad olmaydi. U davlat byudjeti tomonidan me’yorlangan limit bo‘yicha ajratiladigan yoki mamlakat iqtisodiyoti korxonalari tomonidan me’yorlangan badallar (vznoslar) ko‘rinishida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga yashaydi. SHu sababli yo‘llarni rekonstruksiyalash hamda ta’mirlash bilan intensivlik o‘rtasidagi mutanosiblikni, harakatlanuvchi tarkib tomonidan yo‘llarga bildirilayotgan talablarni qondirish qiyinlashadi.
Kelgusida yo‘l xo‘jaligini moliyalashtirish bozor iqtisodining qonunlari va talablari bilan to‘liq muvofiqlashtirilishi lozim.



Yüklə 24,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin