Santimetr modeli yordamida o’quvchilar: I) berilgan kesmani o’lchash; 2)
berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalalarini hal qilishni o’rganib
olishlari kerak. Berilgan uzunlikdagi kesmani
santimetr modeli yordamida
chizishda, har qaysi o’quvchi oldin daftarda to’g’ri chiziq o’tkazishi kerak; keyin
to’g’ri chiziqda nuqta (kesma oxirlaridan biri) belgilaydi va bu nuqtadan boshlab
biror yo’nalishdagi santimetrlarni keragicha sonda qo’yib chiqadi (har
gal qalam
bilan belgilab), qalam bilan kesmaning ikkinchi oxirini belgilaydi.
Oldin bolalar bir santimetr uzunlikka ega bo’lgan narsalarni o’lchaydilar.
Keyin asta-sekin qalamdon, daftar, kitob va boshqa uncha katta bo’lmagai
narsalarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak. Shundan keyin santimetr
modelidan foydalanishdan chizg’ich (qog’oz tasma)
modelidan foydalanishga
o’tish tavsiya etiladi, chizg’ichni o’quvchilar katakli qog’oz varag’idan yasashadi.
Bir santimetrli kesma bu qog’oz tasmaga hammasi bo’lib 10 marta ketma-ket
qo’yiladi va har gal bo’linishlarga belgi qo’ymb boriladi. Uzunligi 1 dm bo’lgan
tasmaning oxirlari kesilishidan hosil bo’lgan qog’oz tasma chizg’ichning modeli
bo’ladi. Bunday chizg’ichning santimetrli shkalasi bo’linishilari ostiga o’quvchilar
0 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni tartib bilan yozib chiqishadi.
O’quvchilarni uzunlikning yangi birligi — desimetr
bilan tanishtirish ikkinchi
o’nlikni o’rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg’ich
(qog’oz tasma) aslida desimetrning qog’oz modelidir. O’quvchilar desimetr modeli
bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek, ishlarni, ya’ni o’lchashlar
va yasashlarni bajarishadi. Qo’yidagi savollarni berish foydali: ―1
desimetr necha
santimetrdan iborat? 1 desimetrni hosil qilish uchun necha santimetr sanab
ajratishimiz kerak?‖.
Ishda navbatdagi qadam kesmalarni santimetr, desimetr
modellari yordamida
yasash va o’lchash.
Miqdorlarning o’lchov birliklarini o’rganishda o’lchashga va o’lchash
natijalarini turli birliklarda ifodalashga oid mumkin qadar kshproq amaliy ishlar
o’tkazish kerak. Masalan, qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash, daftar, kitob va
boshqa uncha katta bo’lmagan narsalarni o’lchab, o’lchash natijalarini daftarga
yozish taklif qilinadi. Bunday ishlarni bajarishda bitta miqdorni turli o’lchov
birliklari bilan o’lchash ham foydali: masalan,
odin santimetrlar bilan, keyin
desimetrlar bilan va h.k. o’lchash natijalarini o’lchov birliklarining ismi bilan
yozish kerak, modelni o’lchash hosil bo’lgan son tanlangan o’lchov
birliklariga
bog’liq bo’ladi. Masalan, bitta kesmaning uzunligi qo’yidagicha yozib olinishi
mumkin: 1 dm, 10 sm.
Dostları ilə paylaş: