Mavzu: yordamchi maktabda miqdorlarni o’lchashda hosil bo’lgan sonlar va ular ustida amallar bajarish


-Sinfda o’quvchilar predmetlarning massasi bo’yicha taqqoslashni



Yüklə 285,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix12.05.2023
ölçüsü285,55 Kb.
#112317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-Sinfda o’quvchilar predmetlarning massasi bo’yicha taqqoslashni 
o’rganadilar. 
Kuzatishlar va o’quvchilarning bilim saviyalarini o’rganish, ularning muskul 
sezgilari odatan tashqari bo’sh rivojlanganligini ko’rsatadi. Shuning uchun sekin-
asta bolalarning muskuliy sezgilarini rivojlanishiga imkon beradigan mashqlarni 
uyushtirish kerak. O’quvchilar boshida narsalarning massasining muskul sezgilar 
orqali farqlab, natijada tushunchalar oladilar: og’ir-yengil, og’irroq-yengilroq. 
O’qituvchi darsga massasi bo’yicha har xil bo’lgan narsalar olib keladi. Bu 
narsalarning hajmi, shakli bir xil bo’lib, faqat massasi bilan farqlanishi kerak. 
Bolalar qo’llariga navbatdagi narsani olib, ulardan qaysi biri og’ir, qaysi bir 
yengilligini aniqlaydilar
O’qituvchining topshirig’i har xil ifodalangan bo’lishi mumkin.
Masalan:
- Ikkita qutichadan og’irrog’ini (yengilrog’ini)ol. 
- Qaysi qutichaning og’irligi taqqoslab top. 
- Qo’lingga bu qutichani ol, endi bunisini ol.
- Qaysi qutichaning massasi og’ir? 
- Berilgan qutichalar ichidan eng og’irini (yengilini) ol. 
Navbatdagi mashqlar bolalarga narsaning massasini uning hajmidan 
farqlashga yordam beradi.
Ikkita hajmi har xil, massasi jihatdan esa kichigi kattasiga qaraganda og’ir 
bo’lgan narsa olinadi. O’qituvchi stol ustiga ikkala kutichani quyadi va 


o’quvchilardan so’raydi: ―Qaysi quticha katta? (Bolalar ko’rsatishadi). Uni 
qo’lingizga oling (so’ng boshqa qutichani qo’lga olishni so’raydi). Qaysi quticha 
og’ir? Katta qutichami yoki kichik qutichami?‖. Bunday mashqlar xulosa bilan 
tugaydi: bu quticha katta bo’lishiga qaramay, u yengilroq. Bu quticha kichik 
bo’lishiga qaramay, u og’irroq.
Bunday mashqlar orqali aqli zaif bolalarga narsalarning hajmi katta bo’lishiga 
qaramay vazn jihatdan yengil bo’lishi mumkinligi haqida tushuncha beriladi.

Yüklə 285,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin