Mavzu: yordamchi so‘z turkumlari va ularning uslubiyati reja: Ko’makchilar haqida ma’lumot. Bog’lovchilar haqida ma’lumot



Yüklə 72 Kb.
səhifə2/8
tarix20.06.2023
ölçüsü72 Kb.
#133116
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu yordamchi so‘z turkumlari va ularning uslubiyati reja Ko

4) ravishdan: avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.
3. Ko’makchi-bohlovchilar bog’lovchi vazifasini ham bajaradigan ko’makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o’tsin deb(deya), u ko’p mehnat qildi.
4. Ko’makchi otlar o’z lug’aviy ma'nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig’i ostida. Aks holda, ular o’rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.
2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;
3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.


1. Ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari
1) bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar:
Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko’makchisi birgalik, vosita, tez bosg’lanish, payt, ish-harakat ob'ekti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.
Uchun (qisqa shakli: -chun) ko’makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O’qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.
D i q q a t ! -la, -chun shakllari o’zi bog’lanib kelgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo’llarim-la, Vatan-chun.
Uchun, bilan, kabi, singari ko’makchilari qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari.



Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin