Mavzu: yordamchi so‘z turkumlari va ularning uslubiyati reja: Ko’makchilar haqida ma’lumot. Bog’lovchilar haqida ma’lumot



Yüklə 72 Kb.
səhifə1/8
tarix20.06.2023
ölçüsü72 Kb.
#133116
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu yordamchi so‘z turkumlari va ularning uslubiyati reja Ko


MAVZU: YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI VA ULARNING USLUBIYATI


REJA:


1. Ko’makchilar haqida ma’lumot.
2. Bog’lovchilar haqida ma’lumot.
3. Yuklamalar haqida ma’lumot.
Foydalanilgan adabiyotlar.


YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI

Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug‘aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.


Mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro bog‘lash, xilma-xil munosabatlarni ko‘rsatish yoki ularga qandaydir qo‘shimcha ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘z turkumlari yordamchi so‘z turkumlari deyiladi. YOrdamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama kiradi.



Ko’makchi haqida ma'lumot

Ot, va otlashgan so’zlardan keyin kelib, ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi: O’z qo’li bilan to’g’riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.


Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sof ko’makchilar lug’aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig’. Bunday ko’makchilar urg’u olmaydi, urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi (22; 61).
2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar (22; 63) gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi:
1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda;
2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa; 3) fe'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;

Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin