Yoyib beruvchi yoritish uskunalari Ushbu yoritish uskunalari o’z nomidan kelib chiqqan xolda chiqayotgan yorug’likni yoyib beradi. Bu yoritish uskunalaridan katta maydonni bir tekisda yoritishda foydalaniladi. Bu yoritish uskunalari ikki xil ko’rinishda ishlab chiqariladi: simmetrik va assimmetrik. Simmetrik turdagilardan yuqorida aytib o’tilganidek, katta maydonni bir tekisda yoritishda keng foydalaniladi. Assimmetrik, ya’ni, simmetrik bo’lmagan turlaridan ko’p xollarda dekoratsiya elementlari va orqa fon matolarini yoritishda foydalaniladi.
Ushbu yoritish uskunalarida 100Vt dan 1000Vt gacha bo’lgan galogen lampalar qo’llaniladi. Ular maxsus nur qaytargichlarning (otrajatel) markaziga o’rnatiladi. Bu orqali lampadan chiqayotgan nur oqimining 20-50% ortishiga erishiladi.
Yoritish uskunasi korpusi list shaklidagi po’latdan tayyorlanadi. Korpus yoritish uskunasi yuqori darajada issiqlik xosil bo’lishi uchun maxsus ventilyasiya darchalari bilan ham jixozlanadi.
Yo’naltirilgan yoritish uskunalari Ushbu turdagi yoritish uskunalaridan ko’rsatuv ishtirokchilari, saxnadagi aktyorlar va dekoratsiya elementlarida yo’naltirilgan yorug’lik xosil qilish uchun foydalaniladi. Bu yoritish uskunalari projektorlar deb ham yuritiladi. Bunda manbadan chiqayotgan yorug’likni optik linza yordamida bir nuqtaga yig’ish imkoniyati mavjud. Optik linza sifatida ko’p xollarda Frenel linzalari qo’llaniladi.
Yoritish uskunasi lampa, parabolik nur qaytaruvchi (otrajatel), fokus mexanizmlariga ega. Lampaning optik o’qdan siljishi yorug’lik nurining kengligiga ta’sir qiladi va aynan shu yo’naltirilgan yoritish uskunalarining asosiy muhim jixati hisoblanadi.
Bu yoritish uskunalarida manba sifatida 500Vt dan 5000Vt gacha bo’lgan galogen lampalar qo’llaniladi.
Profil va kuzatib boruvchi (yorug’lik pushkalari) yoritish uskunalari ham projektorlar turiga mansub hisoblanadi.
Spotlight kompaniyasining “Combi” yo’naltirilgan yoritish uskunasi