tajribaviy tasdig’ini oldi, suvda yorug’likning tarqalish tezligini o’lchab ekanligini
isbotladi.
1865 yilda Maksvell yorug’likning elektromagnit nazariyasini yaratdi: unda
yorug’lik har xil muhitlarda tezlik bilan tarqaluvchi , juda qisqa elektromagnit
to’lqinlardan iborat hisobladi, yorug’likning vakuumdagi tarqalish tezligiga
tengligi isbotladi.Maksvell nazariyasi yorug’likning nurlanish va yutilish
jarajonini, fotoelektrik effektni va Kompton sochilishini tushuntira olmadi. Lorens
nazariyasi ham, yorug’likning moddalar bilan o’zaro ta’sirini, xususan, qora
jismning issiqlik nurlanishidagi to’lqin uzunligiga bo’g’liq energiya taqsimotini
tushuntira olmadi.
M.Plank tomonidan taklif etilgan gipotezaga asosan, yorug’likning nurlanishi va
yutilishi uzluksiz bo’lmqay, diskret xususiyatga egadir, ya’ni aniq porsiyadan (
kvantlar) iboratdir. Bu kvant energiyasi quyidagicha ifodalanadi:
(17)
bu yerda h-Plank doimiysi. Plank gipotezasi qora jismning issiqlik nurlanishini
ham oson tushuntira oldi.
1905 yilda A.Enshteyn yorug’likning kvant nazariyasini kashf etdi. Bu nazariyaga
asosan, yorug’lik nurlanishi va tarqalishi fotonlar- yorug’lik kvantlari oqimi
ko’rinishida sodir bo’lib, ularning energiyasi quyidagi nisbat bilan aniqlanadi:
(18)
yorug’likning tarqalish qonunlari, yorug’likning moddalar bilan o’zaro ta’siri
to’g’risidagi nazariyalar yorug’lik murakkab xususiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Demak, yorug’lik tabiati korpuskulyar-to’lqin dualizmi tasavvuridan iborat.
Yorug'lik yo'lqin tabiatini tasdiqlovchi tajribalardan biri yorug'lik
interferentsiyasidir.Yorug'lik interferentsiyasini tushuntirish uchun kogerent
yorug'lik manbalari tushunchasini kiritish lozim. Kogerent yorug'lik manbalari deb
bir xil chastotali va fazalar farqi o'zgarmas bo'lgan tebranishlarni yuzaga
keltiruvchi to'lqin manbaiga aytiladi. Odatda, bitta yorug'lik manbaidan
chiqayotgan to'lqinni biror usul bilan ikki kogerent to'lqinga ajratiladi.
Yorug'lik interferentsiyasini kuzatish uchun kogerent manbalardan foydalanish
lozim. Odatda, kogerent manbalar. Frenel biprizmasi, Yung usuli, yupqa
plastinkada, ponada, Nyuton halqalarida, va boshqa ko'pgina usullar yordamida
hosil qilinadi. Yorug'lik interferentsiyasini kuzatishning ikkinchi asosiy sharti–
kogerent to'lqinlar qo’shilishidan oldin yo'llar farqini hosil qilishi kerak, ya'ni ikki
kogerent to'lqin bosadigan optik yo'llar farqi butun yoki yarim to'lqin uzunligiga
teng bo'lishi kerak. Yuqorida qayd qilingan ikki shart bajarilganda yorug'lik
interferentsiyasi kuzatiladi. Yoruglik interferentsiyasi deb, ikki kogerent to'lqinning
fazoda qo'shilib ular energiyasi (intivsivligi)ning qayta taqsimlanishiga, ya'ni
o'zaro kuchayishiga yoki susayishiga aytiladi.
M1 va M2 manbalardan chiqayotgon kogerent to'lqinlar A nuqtada
uchrashayotgan bo'lsin. M1 manbadan chiqayotgan to'lqin A nuqtaga yetguncha
L1 yo'lni, M2 manbadan chiqayotgan to'lqin A nuqtaga yetguncha L2
yo'lni bosib o'tadi.
Bunda yo'llar farqi ΔL= L2 –L1 ga teng bo'ladi.
Agar optik yo'llar farqi yorug'lik to'lqinining yarim uzunligiga juft karrali bo'lgan
Dostları ilə paylaş: |