4. Yoruglikning yutilishi. Elektromagnit tolqin moddadan otgan tolqin energiyasining bir qismi elektronlar tebranishini uygotishga sarf boladi. bu energiya qisman elektronlar uygotgan ikkilamchi tolqin tarzida nurlanishga qaytadi: qisman esa boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Yoruglik moddadan otganda uning intensivligi kamayadi yoruglik moddada yutiladi.
Elektronlarning majburiy tebranishi va yoruglikning yutilishi rezonans chastotada ayniqsa intensiv boladi. yoruglik intensivligining dl masofada ozgarishi shu masofada va shu intensivlik kattaligiga proporsional:
dJ = - xJdl
bunda x - yutuvchi modda xususiyatiga bogliq bolib, utilish koeffisenti deb ataluvchi ozgarmas kattalik. Minus ishora dJ va dl lar turli ishorali bolganlari uchun qoyilgan. Yoruglikning yutuvchi qatlamaga kirish paytida intensivligi J0 ga teng bolsin. Moddaning 1 qalinlikdagi qatlamidan otgan yoruglikning J intensivligini topaylik. Buning uchun (16) ifodani o’zgaruvchilarga ajratib, so’ng integrallaymiz
Natijada: ℓnJ=ℓnJ0=xℓ hosil bo’ladi, bundan
J = J0 e –ex munosabat Buger qonuni deb ataladi. Bu qonunga asosan yorug’lik intensivligi yutuvchi moddada eksponensial kamayadi. L=1/x bolganda J intensivlik J0 ga nisbatan e marta kam boladi. shunday qilib, yutilish koeffisenti otayotgan yoruglik intensivligining e marta kamaytiradigan qatlam qalinligiga teskari bolgan kattalikdir.
Yutilish koeffisenti λ to’lqin uzunligiga bog’liq. Atom yoki molekulalari deyarli o’zaro ta’sirlashmaydigan holatdagi moddalarga yutilish koeffisenti ko’pchilik to’lqin uzunliklari uchun nolga yaqin va faqat juda qisqa spektral sohalarda keskin bo’gan maksimumlarga ega. Bu maksimumlar atom ichidagi elektronlar tebranishlarining rezonans chastotalariga mos keladi. Atom massasi elektron massasidan bir necha on ming marta katta bolgani sababli molekulyar chastotalar atom chastotalaridan ancha kichik boladi.
Ular spektrning infraqizil sohasiga togri keladi. Qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlar yuqori bosimda anch ayutilishi polosasiga ega boladi. gazlarning bosimi orta borgan sari yutilish maksimumlari avval juda ingichka bolib, song kengayib boradi. Metallar yorug’lik uchun shaffof emas ( shisha uchun x ≈ 10 -2 sm-1). Bu holni metallardagi erkin elektronlarning mavjudligi yuzaga keltirgan.Yorug’lik to’lqinining elektr maydoni ta’sirida erkin elektronlar harakatga keladi - metallarda Joul-Lens issiqligini vujudga keltiruvchi tez ozgaruvchan toklar hosil boladi. natijada, yoruglik tolqinlarining energiyasi tez kamayib, metallarning ichki energiyasiga aylanadi.