a) Doiraviy teshikdan hosil boladigan difraksiya . Nuqtaviy monoxromatik yoruglik manbai (M)dan tarqalayotgan yoruglik nurlariningyoliga doira shaklidagi teshigi bolgan shaffof T tosiq joylashtiraylik. (4-a rsam) E ekranni tosiqqa parallel qilib joylashtirsak, M manbadan va doiraviy teshikning markazidan otuvchi togri chiziq ekranni A nuqtasida kesadi. A ni kuzatish nuqtasi sifatida tanlab, tosiqqa etib keladigan tolqin frontidan Frenel zonalarini ajrataylik. T tosiqdagi teshik zonalardan K tasini ochiq qoldiradi. Bu zonalardan A nuqtaga etib kelayotgan yoruglik tolqinlar amplitudalarning yigindisi shu nuqtadagi natijaviy tebranish amplitudasini ifodalaydi, yani:
Em = E1m E2m + E3m E4m + ...+ Ekm
7-rasm.
Bu ifodadagi oxirgi hadning musbat ishorasini A toq bolgan hol uchun, manfiy ishorasini esa A juft bolgan hol uchun orinlidir. Tosiqdagi doiraviy teshik toq sonli Frenel zonalarini ochiq qoldirgan hol uchun (7) ifodani quyidagi korinishda yozish mumkin:
Em = E1m/2 + (E1m/2 - E2m + E3m/2) + (E3m/2 - E4m + E5m/2) + ....
+ ( E(k-2)m/2 E(k-1)m + Ekm/2) + Ekm/2 = E1m/2+ Ekm/2.
Aksincha tosiqdagi teshik juft sonli Frenel zonalarini ochiq qoldirgan hol uchun ifodani quyidagi korinishga keladi:
Em = E1m/2 + (E1m/2 - E2m + E3m/2) + (E3m/2 - E4m + E5m/2) + ....
+ ( E(k-3)m/2 E(k-2)m + E(k-1)m/2) + E(k-1)m/2 - Ekm = E1m/2+ E(k-1)m/2 - Ekm.
Lekin ikki qoshni zonalar tufayli A nuqtada uygotiladigan tebranish amplitu-dalari E (k-1)m va Ekm bir-biridan kam farq qilganligi uchun E(k-1) m/2 - Ekm ≈ Ekm/2 deb olish mumkin. Natijada k juft bo’lgan hol uchun k ning kichik qiymatlaridan Ekm va E1m lar bir-biriga yaqin sonlar bo’ladi. Shuning uchun k toq bo’lganda A nuqtada yorug’lik intensivligining maksimumi, juft bolganda esa minimumi kuzatiladi. Tosiqdagi tirqish ochiq qoldirgan Frenel zonalarining soni katta bolganda, Ekm << E1m boladi. shuning uchun A nuqtadagi yoruglik tolqinining natijaviy amplitudasi k toq bolganda
Em = E1m/2 + Ekm/2 ≈ E1m/2
k juft bo’lganda Em = E1m/2 - Ekm/2 ≈ E1m/2 bo’ladi.
Boshqacha aytganda, bu holda yorug’lik xuddi shaffofmas to’siq bo’lmagan holdagidek tarqaladi.
Difraksion panjara. Difraksion panjarani ajrata olish qobiliyati.
Bir-biridan bir xil masofada joylashgan juda kop sonli bir xil tirqishlar toplami difraksion panjara deb ataladi (6-rasm). Qoshni tirqishlarning ortalari orasidagi d masofa panjara doimiysi yoki davri deyiladi. Panjaraga parallel qilib yiguvchi linzani qoyamiz. Panjaraga yassi yoruglik tolqini tushayotganda ekranda qanday difraksion manzara hosil bolishini aniqlaymiz. Ekranda xar bir tirqishdan grafik bilan tasvirlangan manzara hosil boladi. hamma tirqishdan hosil boladigan manzaralar ekranning bitta joyiga tushadi. ( tirqishning qayerdaligidan qati nazar, markaziy maksimum linza markazining togrisida yotadi). Tolqin sirtining tirqishlar ochiq qoldirgan qismini tirqishga parallel bolgan juda tor zonalarga ajratamiz. Ekranning R nuqtasida i zona qilayotgan tebranish amplitudasining vektorini ∆Ai orqali belgilaymiz. U holda natijaviy tebranish amplitudasining vektorini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:
A=∑∆Ai=∑∆Ai+∑∆Ai+....+∑∆Ai=A1+A2+...AN 1-tirqish 2-tirqish N-tirqish Bu erda Ai- ekranning R nuqtasida hosil qilayotgan tebranish amplitudasining vektori. Bu vektorlarning modullari bir xil va φ burchakga bog’liq.