Mavzu: yosh psixologiyasining tadqiqot metodlar


Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#174685
1   2   3   4
Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari

Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va konkret bo‘lishi lozim.

2. Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.

3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi lozim.

Anketa metodining ijobiy tomoni:

1) ommaviy o‘rganish imkoniyati;

2) informatsiya to‘plash tezligi;

3) ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imkoniyati;

4) og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imkoni;

5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;

6) natijalarni qayd etishning qulay usuli

Suhbat metodi. Suhbat — bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.

Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin.

Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.

1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.

2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.

3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.

4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin