Mavzu: yoshlarda yuksak manaviy fazilatlarni shakillantirishda badiy adabiyotning tutgan o`rni kirish


Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə3/7
tarix17.01.2022
ölçüsü68,63 Kb.
#51336
1   2   3   4   5   6   7
YOSHLARDA YUKSAK MANAVIY FAZILATLARNI SHAKILLANTIRISHDA BADIY ADABIYOTNING TUTGAN O`RNI

1.2. Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda Navoiy merosining o‘rni.
Badiiy adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida uning nihoyatda qudratli kuch ekanligi ham yaxshi ma’lum. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan yaratadigan bo`ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umumehtirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega boddik».

Ma’naviy barkamollik insonning ruhiy poklanishi, axloqiy ong va hissiyotlarga ega bo`lishi, halol va pok yashashni, mustahkam e’tiqodga ega bo`lishni oliy maqsad deb bilishidir. Aytish joizki, xalqimiz qadim-qadimdanoq ma’naviyat, axloq masalalariga alohida e’tibor qaratib kelgan.

Ajdodlarimiz ilm-fanning qaysi sohasi bilan shug`ullanmasinlar, inson ma’naviyatini shakllantirishga, ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berganlar. Jumladan, ma’naviy - axloqiy tarbiya masalalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Sahdiyning «Guliston», Alisher Navoiyning barcha asarlarida keng yoritilgan.

Ta’lim-tarbiya masalalari insoniyat ma’rifatga intilgan paytdan boshlab qanchalar muhim omil bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda ham o`ta jiddiy, muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi. Chunki fan-texnika taraqqiyoti, zamonaviy kashfiyotlar insoniyatning qudratini oshiradi va yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bunday holat insondan yanada yuksak ma’naviyat darajasiga ko‘tarilishni talab etadi. O`z navbatida, yosh avlodning ma’naviy yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi.

Bugun - XXI asrning birinchi choragida turib barcha muammolar qatoriga texnikaning, kompg’yuterlashtirishning oqibatlaridan biri sifatida badiiy asarni o`qishga bo`lgan intilish va rag‘batlaming pasayib borayotganligi ham mutaxassislar tomonidan ko`p marotaba tilga olinmoqda. Endilikda adabiyot o`qitish, badiiy asarni o`qishga o`rgatishning eng ommaviy, eng zamonaviy, eng ta’sirchan shakl va usullarini izlab topish zarurati har qachongidan ham dolzarbroq bo`lib turibdi. Shunday ekan, adabiyotshunoslik fanlarini, badiiy adabiyotni o`rgatishni ko`zda tutadigan fan jamiyat ahzolariga, birinchi navbatda, o`quvchi-yoshlarga, talabalarga, qolaversa, shu sohaning bo`lajak mutaxassislariga qaysi usullardan foydalanish afzalliklarini ko`rsatib berishi, ularning oldida so`z san’atini o`rganish bilan bevosita aloqador bo`ladigan turli muammolarning hal qilinishiga yordam berishi lozim.

Adabiyotshunoslik yo`nalishidagi fanlarni o`qitishning nazariy muammolari ham oz emas. Birgina quyidagi savollar ustida o`ylab ko’raylik?

Badiiy asarni o`qitish va o`rgatishning asosiy maqsadlari sifatida nimalar belgilanishi lozim? Bolalarning qaysi yoshida badiiy adabiyotning qanday asarlarini o`qitish lozim? Har qanday badiiy asarni o`quvchilarga tavsiya etish mumkinmi va ular yoshlar axloqiy tarbiyasiga xizmat qila oladimi? Yoshlarni badiiy asarlarni tushunishdagi qanday ehtiyojlar birinchi navbatda e’tiborda turishi kerak? Umuman, badiiy asar qanday tahlil qilinishi kerak? Bunda o‘quvchilarning shaxsiy - individual xususiyatlarini e’tiborga olish qanday natijaga olib keladi?

Ko`rinib turibdiki, bu savollarga yengilgina javob berish mumkin emas. U ko`plab nazariy - amaliy masala va o`rganishni hamda hal qilishni taqazo etadi. Albatta, bu masalalarni hal qilish bir yoki ikki kishining qo`lidan kelmaydi. Buning uchun yirik adabiyotshunos va metodist olimlarning kuch va g‘ayratlari safarbar qilinishi lozim. Shunga erishish kerakki, o`quvchi ta’lim jarayoni uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olsin, uning kuch - g‘ayrati badiiy asarni o`rganish uchun bevosita badiiy asarni o`qib o‘zlashtirishga yo`naltirilsin. Toki u badiiy asardagi asosiy va ikkinchi darajali voqea-hodisalarni ongli ravishda farqlay olish, ajrata bilish malakalarini egallasin.

Agar bo`lajak mutaxassis erkin, mustaqil, ijodiy fikr sohibi bo`lib yetishmas ekan, o`qituvchining har qanday mahorati, har qanday zamonaviy shakl va usullar, har qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalar samarasizligicha qolaveradi.

Endigina shakllanib kelayotgan o‘quvchining shaxsiga adabiyotning ko`rsatadigan axloqiy-ma’naviy, ma’rifiy, estetik hamda emotsional ta’sirining kuchayishi adabiyot o`qitish ishidagi eng muhim nuqtalardan birini tashkil etadi. Bu adabiy ta’limning barcha bosqichlarida uzluksiz tarzda takomillashib borishi shart bo`lgan jarayondir.

Boshqa bir misolni esga olaylik. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobida to‘g‘ri ta’kidlanganidek, «Inson qalbining quvonchu qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega boriamiz».

Buyuk o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ming yildan ziyod tarixga ega bo`lgan adabiyotimizdagi zullisonaynlik an’anasining zabardast vakili ham hisoblanadi. Zeroki, shoir yoshligidan tortib umrining oxirigacha o`zbek tilida shoh asarlar yaratish bilan birga, forsiy til va undagi adabiyotga mehr qo`ydi, “Mantiq ut-tayr”dek shoh asarni yodlab, keyinchalik o`zi ham bu tilda betakror g`azallar, qasida-yu ruboiy, qithalar ijod qildi; muxtarah, lug`azlar, juda ko`p muammolar bitdi. Benazir san’atkor o‘zining ijtimoiy-falsafiy, islomiy-ma’rifiy, ilohiy, tarixiy ruhdagi turkum qasidalari “Arbahin”, “Sittai zaruriya”larni aynan forsiy tilda yozdi va bu bilan o`zining fors-tojik adabiyotidagi daho qasidanavislardan kam emasligini tasdiqlab qo`ydi.

Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti shu yurtda yashovchi har bir shaxsning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy kamolotiga ko’p jihatdan bog’liqdir. CHunki, ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi. Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri ham boy va sermazmun ma’naviyatga ega bo’lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg’or bo’lish jamiyat norasoligining xolis ko’rsatkichidir. Shu bois, Prezident Islom Karimov tomonidan istiqlolning dastlabki yillaridanoq «Ma’naviy boylik - moddiy boylikdan ming bor ustun» degan purma’no g’oya ilgari surilib, xalqimizning, ayniqsa, farzandlarimizning ma’naviy darajasini yanada yuksaltirish kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishdagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligiga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda. Ayni zamonda, davlatimiz rahbari o’zining ko’plab nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga azmu qaror qilgan xalqimizning boy merosi, bebaho qadriyatlari, ezgu niyat, orzu- umidlariga, shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga asoslangan milliy mafkurani shakllantirish, ommalashtirish, kishilar ongiga chuqur singdirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi masalasiga alohida bir bo’lim sifatida to’xtalishi bu masalaning bugungi kun uchun ham hayot-mamot darajasida o’ta muhimligidan dalolat beradi. Prezidentimiz bu borada quyidagi fikrlarni bildirishgan: «Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritganda, bu borada asrlar davomida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’lib kelayotgan bir masalaga alohida to’xtalib o’tish lozim, deb o’ylayman. Ya’ni, odamning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir- biriga nisbatan qanday o’rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, ba’zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar mavjud bo’lganini va bunday tortishuvlar hozirgacha davom etayotganini kuzatish qiyin emas» .

E’tibor bering: inson dunyoga kelgan ondanoq o’zining jismonan va aqlan kamol topishi uchun zarur bo’lgan ona sutiga va ona allasiga ehtiyoj sezadi. Biri ikkinchisisiz murg’ak go’dakning komillik darajasiga yetishishida muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi hammamizga yaxshi ayon. Demak, inson farzandi dunyo yuzini ko’rgan dastlabki ondan e’tiboran moddiy va ma’naviy olamga zarurat sezadi. Murg’ak qalbning ilk kunidanoq ham jismonan, ham aqlan kamol topishiga e’tibor qaratish kelajakka bee’tibor bo’lmaslik, unga o’ta mas’uliyat bilan qarash, demakdir. SHu bois ham bu ikki olam bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslanadi. «Qachonki ana shu ikki muhim omil o’zaro uyg’unlashsa, tom ma’nodagi qo’sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o’sish- o’zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo’ladi».

Inson vujudi, amaliy faoliyatida ruhiy, ma’naviy tomonlar keyinga surib tashlanib, bema’ni hislar va nafsga berilish g’oliblik qilsa, unday inson nafs tuzog’iga ilinadi. Ma’naviy fazilatlardan biri — halol, pokiza yashash, birovlarning haqiga zarracha bo’lsada xiyonat qilmaslikdir. Xoja Ahmad Yassaviy ta’biricha. «nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, to’zib, gumroh bo’lur, yotsa, tursa shayton bilan hamroh bo’lur...».

Ushbu mavzu yuzasidan quyidagi xulosaga kelish mumkin.Avvalombor, olimlarimiz zimmasida mana shu ulkan meros va nodir xazina boyliklarni yosh avlodning ongu shuuriga yetkazishning zamonaviy shakl va usullarini izlab topish, ularni boqiy ma’naviy - axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va amaliyotga tatbiq etish vazifasi turibdi. Ikkkinchidan, Navoiy tanlagan mavzularda, uning qahramonlarining faoliyatlarida milliy g’oyamizning asosiy tushunchalari to’la o’z aksini topgan. SHunday ekan milliy g’oyamizning asosiy tushunchalarini yoshlar ongiga singdirishda Navoiy qahramonlariga, uning asarlaridagi g’oyalarga takror-takror murojat eti shga to’g’ri keladi.


Yüklə 68,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin