1.rasm yalpiz
O‘simliklar sistematikasidagi asosiy taksonomik birlik—tur hisoblanib, u
tabiatning real hodisasidir. Masalak, na‘matak, olma, do‘lana bular o‘simliklarning
real turlardir. O‘xshash turlar - turkumga, o‘xshash turkumlar oilaga oilalar esa
sinfga sinflar esa eng katta taksonomik birlik bo‘limga birlashadi.
Yer yuzasidagi barcha o‘simliklar shartli ikki guruhga bo‘linadi:
Tuban o‘simliklar (Thallobinta) va
Yuksak o‘simliklar (Kormobionta).
Tuban o‘simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo‘lib, tanasi tallom,
deb atalib
, bir
hujayrali, koloniya yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi
qismlarga ega emas. Shuningdek, ma‘lum vazifani bajarishga moslashgan
to‘qimalarga ham ega emas. Ba‘zibir tuban o‘simliklar mikroskospik bo‘lsa,
ba‘zilarning tallomi esa 40m. gacha katgalikda bo‘lishi mumkin.
Tuban o‘simliklar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
1. Bakteriyalar (Vasteriophyta)
2. Ko‘k - yashil suvo‘tlar (Suanophua)
3. Yashil suvo‘tlar (Shlorophyta)
4. Sariq - yashil suvo‘tlar (Хanthophyta)
5. Хara suvo‘tlar (Sharophyta)
6. Parrofat suvo‘tlar (Rurrophyta)
7. Tillarang suvo‘tlar (Shrysopphyta)
8. Diatom suvo‘tlar (Vasillariophyta) (Diatomophyta)
9. Qo‘ngir suvo‘tlar (Rhaeophyta)
10. Qizil suvo‘tlar (Khodophyta)
11.Miksomitsetlar yoki shilimshiqlar (Myxophyta)
12.Zamburug`lar (Musorhyta, Funge, Muosota)
13.Lisheyniklar (Lchtnes)
2-rasm gulli o‘zimlik
Yuksak o‘simliklar barg, poyali o‘simliklar yoki kormofitlar deb ataladi. Yuksak
o‘simliklar maxsus, ma‘lum vazifalarni ba-jarishga moslashgan turlb to‘qimalarga
(o‘tkazuvchi, mexanik, hosil qiluvchi va boshqalar) va haqiqiy ildiz, poyalarga
ega.
Yuksak o‘simliklar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi.
1.Moxlar bo‘limi (Vryephyta}
2. Rinofitlar (psilofitlar) bo‘limi (Rhyniorhyta)
3.Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta)
4.Qirqbo‘g`imlilar bo‘limi (Yeuisetophyta)
5. Poporotniklar yoki qirqquloqlar bo‘limi (Rteriophyta)
6.Ochiq
urug`lilar
yoki
qarag`aylar
bo‘limi
(Sumnospermfs,
Rinophyta)
7.Gulli o‘simliklar yoki magnoliofitlar bo‘limi (Anthophyta yoki Magnoliophyta).
Tuban o‘simliklarning birinchi olti bo‘lim vakillarida xlo-rofil bo‘lib, shunga ko‘ra
ular yorug`likda {SO
2
} karbonat angidrid-ni o‘zlashtirib mustaqil ravishda
oziqlanadi va shu belgilariga asosan ular ko‘pincha "suv o‘tlari" degan umumiy
nom bilan ham ay-tiladi. Bu esa ularning yashash joylari yoki yashash sharoita suv
ekinligidan dalolat beradi. Suvo‘tlari jumlasiga kiradigan 6 bo‘lim o‘z filogeneziga
ko‘ra mustaqil bo‘lishlaridir.
Tuban o‘simliklarning oxirgi 3 bo‘limida - bakteriyalar, miksomitsetlar va
zambrug`larda xlorofil bo‘lmaydi, ular foto-sintez qilish xususiyatiga ega emas,
ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga yashaydi.
Filogenetik sistematikada "bo‘lim" deyilganda ayrim evol-gatsiya shoxlari bilan
ularning hamma tarmoqlari yoki o‘sha shox-larning uzoq tarixiy taraqqiyot
bosqichlariga
mos keladigan va yangi
, o‘ziga hos yashash sharoitlarida hayot
kechirishga moslanish mu-nosabati bilan tuzilishning tubdan o‘zgarishi jihatidan
avvalgi va kelgusi bosqichlardan ajralib turadigan qismlar tushuniladi.
Yuksak o‘simliklarning guli o‘simliklar bo‘limidan boshqa hamma bo‘limlari,
avvallari "arxegoniyli o‘simliklar" - deb, ham nomlangan. Chunki, ular urg`ochi
jinsiy organlari ko‘p hujayrali bo‘lib "arxegoniy" - deb nomlangan.
Gulli yoki yopiq urug`li o‘simliklar esa urug`chi — deb ataluvchi jinsiy organga
ega bo‘lib, u birikib o‘sgan bir nechta meva bargdan iborat va urug`chi ichida
urug`kurtaklar joylashgan bo‘lib, urug`lanishdan keyin urug` hosil bo‘ladi Shuning
uchun ham bu bo‘limdagi o‘simliklar yopiq urug`li o‘simliklar, deb ham
nomlanadi. Bu bo‘limning asosiy xususiyatlari - ularda jinsiy yo‘l bi lan ko‘payish
organ - haqiqiy gul bo‘lishidir (gulli o‘simliklar bo‘limi).
Ochiq (Qarag`aytoifa) va yopiq urug`li (Magnoliyatoifa)lar bo`limi.
Yer yuzida ochiq urug`li o`simliklarning 660 ga yaqin turi borligi aniqlangan.
Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi O`zbekiston hududida uchraydi..
Ochiq urug`li o`simliklar bo`limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular
urug`lardan ko`payadi.
Ochiq urug`li o`simliklarning urug`lari gulli o`simliklarnikiga o`xshash meva
ichida yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda oshiq holda yetishadi. Shuning
uchun ham ular ochiq urug`li o`simliklar deyiladi.
Ochiq urug`li o`simliklarga misol qilib archa, saur, qarag`ay va qorqa qarag`ay
kabi o`simliklarni keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o`simliklarning asosiy qismini yopiq urug`li
o`simliklar tashkil qiladi.
Yopiq urug`lilar o`simliklar olamining boshqa guruhlariga qaraganda har
taraflama, ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o`simliklardir.
Bu bo‘limning ba‘zi bir vakillari juda katta gigant daraxtlar bo‘lib, bo‘yi 100
metrdan ham baland bo‘ladi (gigant evkalipt). Shu bilan birga ba‘zi vakillar juda
ham mayda-kichkina, kattaligi 1 mm gacha bo‘lishi mumkin.(suvda suzuvchi-
ryaska o‘simligi).
Gulli o‘simliklar bo‘limi daraxt, buta, chalabuta ko‘p yillik va bir yillik o‘t
o‘simliklari bo‘lishi bilan birga, tropik o‘rmonlarda chirmashib o‘suvchi
vakillariga, shuningdek epifit o‘simliklariga ega. Umuman olganda, bu bo‘lim
vakillari 100 mli. yildan ortiq yil moboynida quruqlikda ustunlik, xukumronlik
qilib kelmoqda.
Bu bo‘lim oz bo‘lsada saprofit va parazit holda
yashovchi va-killarga ham ega
,
yopiq urug`li o‘simliklar urug`i meva ichida bo‘lishi, changi va urug`chiga ega
bo‘lgan gulning bo‘lishi, ularning xilma-xil yo‘llar bilan changlanishi, ko‘sh
urug`lanishning kuza-talishi va shuningdek urug` kurtakning urug`ga,
tugunchaning esa mevaga aylanishi kabi o‘ziga hos belgilariga egadirlar.
Zamonaviy botaniklarning ko‘pchiligi gulli o‘simliklar mo-nofiletik yo‘l bilai kelib
chiqqan deb xisoblaydilar.
Gul yoki yopiq urug`li o‘simliklarning kelib chiqish haqida ikki nazariya mavjud.
Bular ichida eng qadimiysi, XX asrda Avstraliyalik botanik Rixard Vetteshteyn
toyonidan taqdim etilgan psevdang-soxta gul nazariyasidir. Bu nazariyaga asosan-
gul efedranomalar, gayetnamolar qabilasiga mansub bo‘lgan erkak va urg`ochi
gullalardan (to‘pgulidan) vujudga kelgan (mayda ko‘rimsiz gullar).
Ikkinchi nazariya esa-evant (haqiqiy gul) nazariyasi, bo‘lib bunga asosan gul,
bennetshtsimonlarning shakli o‘zgargan strobilidan iborat bo‘lib, o‘qning uchki
qismining shakli, vazifasi o‘zgarib gul kosagacha aylangan (gullar yirik, gul
kosachalarga ega).
Haqiqiy gul yopiq urug`lilardan boshqa o`simlik guruhlarining hech birida
bo`lmaydi. Haqiqiy gul gulqo`rg`on, changchi va urug`chidan tashkil topgan.
Yopiq urug`li o`simliklarda urug`kurtak ochiq urug`lilardagiga o`xshash qubba
tangachalari
ustida ochiq holda emas
, balki urug`chining tugunchasi ichida,
tuguncha devoir bilan uralgan holda yetishadi.
Changlanish va urug`lanishdan so`ng urugkurtakdan urug, tugunchadan esa meva
hosil bo`ladi. Demak, yopiq uruglilarning urug`I meva ichida yetishadi. Shuning
uchun ham bu o`simliklar yopiq urug`lilar deb ataladi. Tugunchalar ichida
yetiladigan urug`kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug`lar muhitning
noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, qurg`oqchilik va ortiqcha
namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan myaxshiroq himoyalangan bo`ladi.
Bu bo`limga xos eng muhim belgilardan biri qo`sh urug`lanishdir.
Yopiq urug`li o`simliklar urug`ining yaxshi, sog`lom rivojlanish, tez va oson
tarqalishi va o`sish xususiyatini tez yo`qotmasligi tufayli o`simliklar olamida asta-
sekin hukumronlik qila boshlagan.
Yopiq urug`li o`simliklarning ichki tuzilishi ham ancha murakkab. Masalan,
ularning idiz, poya va barglaridagi o`tkazuvchi to`qimalari uzun, yog`ochlashgan
o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iborat.
Yopiq urg`li o`simliklarning hayotiy shakllari har xil.
Ular ichida bir yillik
, ikki
yillik, ko`p yillik, chlabutalar, buta va daraxtlar mavjud.
Hozirgi vaqtda fanga yo`piq urug`li o`simliklarning 250.000 dan ortiq turi ma`lum.
Bu boshqa barcha o`simlik guruhlari turlarining umumiy soniga teng demakdir.
Odamlar qadim zamonlardan beri o`simliklardan yem-xashak, oziq-ovqat sifatida,
bo`yoqbor, dorivor va ziravor o`simlik sifatida foydalanib keiganlar. O`rta Osiyo
olimlari Ibn Sino va Al Beruniy bundan deyarli ming yil ilgari o`zlarining
tibbiyotga doir mashhur sarlarida yopiq urug`lilarga oid juda ko`p dorivor
o`simliklar haqida ma`lumot keltirganlar.
O‘zbekiston hududida 4500 ga yaqin yopiq urug‘li o‘simliklar o‘sadi. Shulardan
3700 ga yaqini ikki urug‘pallalilar sinfiga kiradi.
Shunday qilib
, yopiq urug‘li o‘simliklarga gul, meva va urug‘ga ega bo‘lgan o‘t,
yarimbuta, buta va daraxtlar kiradi.
Madaniy o‘simliklarning ko‘pchiligi yopiq urug‘li o‘simliklarga kiradi.
Yopiq
urug‘li
o‘simliklar
katta
ikki
sinfga
bo‘linadi.
1.Ikki pallalilar yoki magnoliyasimonlar (Magnolipipsida).
2.Bir pallalilar yoki lolasimonlar (Monocotyledonese, Liliopcida).
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga 340 ta oilaga mansub 175 000 dan ortiqroq
o‘simlik turlari kiradi. O‘zbekistonda bu sinfga 138 oilaga kiruvchi 37000 ga yaqin
tur uchraydi. Ikki urug‘pallali o‘simliklarga:
1. Ra`nodoshlar oilasi
2. Karamdoshlar oilasi
3. Sho‘radoshlar oilasi
4.
Gulxayridoshlar oilasi
5. Burchoqdoshlar oilasi
6. Ituzumdoshlar oilasi
7. Tokdoshlar oilasi
8. Qovoqdoshlar oilasi
9. Ziradoshlar oilasi
10.Qoqio‘tdoshlar oilalari kiradi.
Bu sinflar o‘rtasidagi farq asosan quyidagi belgilar bilan aniqlanadi:
Ikki urug‘pallali o‘simliklarning asosiy farqlari.
Ikki urug‘palli o‘simliklar sinfi (magnoliyasimonlar).
1.Murtagi ikki urug‘pallali. Unayotgan o‘simlik tuproqdan ikkita urug‘pallabarg
bilan chiqadi.
2. Murtak ildizchasidan hosil bo‘lgan asosiy ildiz uzoq muddat yoki o‘simlik
hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
3. Barg yaprog‘i tomirlangan (patsimon yoki panjasimon).
4. Poyasi kambiyli, yo‘onlasha oladi.
5. Ko‘pincha gulqo‘rg‘oni murakkab gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 4 -5
tadan o‘rnashgan.
Bir urug‘pallali o‘simliklarga:
1.
Loladoshlar oilasi
2.
Piyozdoshlar oilasi
3.
Bug`doydoshlar (boshoqdoshlar) oilalari kiradi.
Bir
urug‘pallali
o‘simliklarning
asosiy
farqlari.
1.
Murtagi faqat bitta urug‘pallali. Unayotgan o‘simlikda bitta urug‘pallabarg
bo‘lib, u yer ostida qoladi.
2.
Murtak ildizchasidan hosil bo‘lgan asosiy ildiz tezda nobud bo‘ladi, uning
o‘rnini esa murtak poyasidan o‘sib chiqqan bir to‘p qo‘shimcha ildizlar
egallaydi.
3.
Barg yaprog‘i yoysimon yoki parallel tomirlangan.
4.
Poyasi kambiysiz, yo‘g‘onlasha olmaydi.
5.
Gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojbarglar halqada 3 tadan o‘rnashgan.
Dostları ilə paylaş: |