O‘zbek she’riyati jahondagi eng boy va yuksak milliy madaniyat turlaridan biri sifatida rivojlanib kelgan. U o‘zining klassik davri, Navoiy va Boburlari bilangina emas, balki G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon singari sovet davrida tug‘ilgan cho‘qqilari bilan ham mashhur. Bugun ana shu cho‘qqilar bag‘rida yangi qoyalar qad ko‘tarmoqda. Shu qoyalardan biri — Erkin Vohidov. Uning maydonga kelishi qanday kechgan?
— O‘zing to‘g‘ringda gapirishdek qiyin narsa dunyoda yo‘q. O‘z yelkangni qashlashdan ham mushkul. Yaxshisi, men o‘zim tengi avlod to‘g‘risida gapiray.
Elliginchi yillarning oxiri, oltmishinchi yillarning boshida bir avlod yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar. Ular urush yillari maktab yoshida bo‘lgan, u yillarning qiyinchiliklarini ko‘rgan, qahatchilik, ocharchilikni boshidan kechirgan so‘nggi avlod edi, — ruscha aytsa, day bog, o‘zbekcha aytsa, inshoolloh, urush nimaligini bilgan oxirgi avlod bo‘lib qolgay.
— Oltmishinchi yillar boshida adabiyotga ana shunday avlod kirib keldi. Sizning o‘zingiz ham, Naim aka, shu avlod vakilisiz. Siz bilan bizning «ijtimoiy kelib chiqishimiz» bitta, bir buloqdan suv ichganmiz. Shuning uchun bizning avlod manbai, ijodiy qismati o‘zingizga ayon. Men faqat bir savolga, holi qudrat, javob berishga harakat qilaman: oltmishinchi yillarning yosh avlodi adabiyotga nima olib kirdi?

1945 yil mayi — dunyoni larzaga solgan Buyuk G‘alaba, Reyxstag ustida yangragan «ura» sadosining to‘lqini elliginchi yillar so‘ngigacha mamlakatimiz ustida taralib turdi. Adabiyot va san’at asarlarining ruhida ana shu tantana nashidasi hokim bo‘ldi, Bu, qonuniy ruh edi. Axir o‘sha G‘alabaning olamshumul ahamiyatini to bukungacha dunyo unutmagay va boqiy unutmaydi. Biz bugungi kun nazari bilan elliginchi yillar adabiyotiga «soxta ko‘tarinkilik», «tantanavorlik» adabiyoti, deb qaramasligimiz_kerak. O‘sha adabiyot ham millionlarning qalb ehtiyoji tufayli yaratilgan, Tvardovskiy, Samad Vurg‘un, G‘afur G‘ulom, Mirzo Tursunzoda kabi gigantlarni bergan adabiyot.
Elliginchi yillar o‘rtasidan jamiyatda yangi ruh, lenincha qarashlar boshlandi. Adabiyot va san’atda ham yangilanish belgilari paydo bo‘ldi, ijod zaminiy hislarga, haqiqatga, inson qalbining murakkabliklariga yaqinlasha boshladi. Bu to‘lqinda R. Hamzatov, Ye. Yevtushenko, R. Rojdestvenskiy, A. Voznesenskiy, B. Axmadulinalar she’riyati, Ch. Aytmatov, Yu. Bondarev, V. Rasputinlar prozasi yuzaga chiqdi va «xayollarning hokimi» bo‘ldi.
— Har bir shoir — muayyan insonning she’riyat olamidagi davomi. U dastavval sheriyatda o‘zining insoniy sifatlarini ifodalaydi, hayotga shu sifatlari osha qaraydi, baho beradi. Shu ma’noda siz bolalik, o‘smirlik va yoshlik chog‘laringizda qanday hayotiy hodisalar va qaysi kishilar ta’sirida shakllandingiz? Sizning ijodingizdagi nafis, muloyim, dilbar ohanglarning manbai qaerda?

— Men ota-onadan to‘qqiz yoshimda yetim qolib, tog‘a qo‘lida tarbiyalanganman. Tog‘am adliya xodimi bo‘lsa ham adabiyotga qiziqqan, klassik she’riyatni biladigan odam edi. Men tarbiya topgan xonadonga o‘sha davrning fozil kishilari — shoirlar, xonandalar yig‘ilib turishar edi. Ularning o‘tirishi ichkiliksiz, faqat she’r bahsi, askiyalar bilan muzayyan bo‘lardi. Navoiy, Bedil, Fuzuliy g‘azallarini o‘qib, tahlil qilib o‘tirishardi. Suhbatlarning birida mening o‘sha vaqtda gazetada bosilgan bir she’rim ustida gap ketdi. Yoshi ulug‘ bir mulla odam bu she’rga butunlay boshqacha, men sira xayol qilmagan diniy ma’no berib, sharh qila boshladi. Men e’tiroz bildirmoqchi bo‘lib gap boshlaganimda, tog‘am meni tergab: «Sen bola narsa nimani bilar eding, kattalar gapirganda, xo‘p, deb jim o‘tir», degan edi. Yillar o‘tib, hozir ham ba’zi munaqqidlar mening yozganlarimga o‘zlaricha talqin bersalar, o‘sha voqea esimga tushadi.