Mavzu: E.Grig ijodi KIRISH. I.BOB. EDVARD GRIG HAYOTI VA IJODI. 1.1.Buyuk norveg kompozitori Edvard Grig
1.2. Edvard Grig va Musiqa jamiyati
II.BOB.EDVARD GRIG IJODINING JAXON MUSIQA MADANIYATI TARIXIDAGI AHAMIYATI 2.1.“Per Gyunt” dramasining g’oyaviy mazmuni
2.2.Grigning turli shaxarlarda yaratgan asarlari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVA
Yoshlarning ma’naviy yetukligi, ta’lim tarbiyasi davlatning iqtisodiy, aqliy va madaniy salohiyatini belgilovchi eng muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Prezidentimizning yangi 2021 yilni “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligi” yili deb e’lon qilgani ham bejizga emas. Musiqa bu ta’lim tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi. Chunki musiqa har bir elning milliy qadriyatlarini, tarixini insonning qalbiga yetkazib beruvchi vositadir. Musiqa ta’limi va tarbiyasi o’quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan yetuk inson qilib tarbiyalashda musiqiy ta’limning ahamiyati beqiyosdir. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihatsalomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Musiqa boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni "tili" bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so'z bilan, tasviriy san'at ranglar bilan, raqs san'ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kclgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqani faqatgina tinglab idrok etib bo’lmaydi, chunki uning har bir ohangini mazmun-mohiyatini chuqur o’rganmasdan turib, ijro etib ko’rmay turib his etishning iloji yo’q. Xalqaro tajriba korsatkichlari buni isbotlab kelmoqda. Misol uchun Amerika Qo’shma Shtatlarini olsak, u yerdagi ta’lim tizimi biz o’rgangan tizimdan butkul farq qiladi. O’quv yurtlarining turli xil darajadagilari mavjud bo’lsada ularning hammasi “maktab” deb yuritiladi. Oliy o’quv yurtidagi bakalavr, magistr darajalarini beruvchi o’quv yurtlari ham oddiygina “yuqori maktab” deb ataladi. Mazkur “maktab” larning o’quv dasturlarida musiqa ta’limi uzluksiz tarzda berib boriladi. Ya’ni musiqa ta’limi bizning musiqa maktablarimizdek alohida musiqani o’rgatadigan maktablarda emas, balki umumta’lim maktabining o’quv dasturlariga kiritilgan. O’quvchi kichik sinflarda unga ajratilgan fanlar bo’yicha dars oladi, ammo o’rta sinflarga o’tganda ular o’zlari qiziqishlariga qarab fanlarning soatini belgilab tanlashadi. O’quv dasturlariga muvofiq kichik sinflardagi har bir o’quvchi musiqa yo’nalishda davom ettirmasada, bemalol qaysidir cholg’u asbobida ijro eta oladi. Masalan, kimdir truba, saksafon, fortepiano, skripka va hokazoda ijro etishni yoki xor jamoasida kuylashni o’rganadi. Musiqa ta’limini chuqur egallashni xoxlayotgan hamda shu yo’nalishni o’ziga kasb qilib tanlashni xoxlagan o’quvchi maktabning simfonik orkestrida qatnashishni boshlaydi. Mana shunday asosiy fundamental ta’limnihar bir o’quvchi olsada, hamma ham kasb sifatda bu yo’nalishni tanlamaydi. Ammo musiqaning beqiyos tilini o’rganadi, dunyoqarashini kengaytiradi. Hozirgi kunda butun dunyoda hamda mamlakatimizda Estrada san’atiga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu e’tiborning asosiy sababi, yoshlarning bu san’at turiga qiziqish bildirayotganlaridir. Faqat bu san’at turini asl durdona asarlarining targ’ibotiga e’tibor ozgina kam. Saviyasi pastroq bo’lgan musiqa asarlariga yoshlarimizning qulog’i o’rganmasligi lozim. Buning oldini olishning eng samarali yo’li yoshlarni maktab paytidan nafaqat musiqa bilan tanishtirib, yuzaki musiqa olamida sayr qildirish, balki ularni shu asarlarni o’zlari ijro eta oladigan ta’lim tizimini yo’lga qo’yish orqali erishiladi. Bu tizimni yo’lga qo’yishni aynan yoshlar qiziqayotgan yo’nalishdan boshlash kerak deb hisoblaymiz. Bunda nafaqat o’quvchilarni qiziqishlarini ahamiyatga olgan bo’lamiz balki o’qituvchiga pedagogik faoliyatida ijodiy muhitni yaratishga ko’maklashgan bo’lamiz. Albatta o’quvchi avvalambor musiqiy madaniyati milliy merosi, milliy madaniyatini yoritib beradigan asarlar bilan tanishishdan boshlash lozim. Chunki inson avvalambor o’zligini, kim ekanligini anglamog’i lozim. Shuning uchun ham hozirgi kunda milliy merosimiz bo’lgan maqom san’atining targ’ibotiga davlat darajasida katta e’tibor qaratilyapti. Maktablarda ham maqom san’atini targ’ib qiluvchi dars soatlari kiritilmoqda. Bundan tashqari o’quvchi asosiy fundamental bilimlar hisoblanmish klassik musiqa nazariyasi bilan ham yaqindan tanishib chiqishi lozim. Ammo bizning o’quvchilar dunyoqarashi keng, yetuk, zamonaviy fikrlaydigan hamda ziyoli avlod bo’lishlari lozim. Buning uchun esa ularning dunyoqarashlarini yanada boyitishimiz zarur. Dunyoning rivojlangan davlatlarining turmush tarzi ayniqsa madaniyati bilan yaqindan tanishtirishimiz zarur.