Mavzu: E. Grig ijodi kirish. I. Bob. Edvard grig hayoti va ijodi


I.BOB. EDVARD GRIG HAYOTI VA IJODI



Yüklə 481,06 Kb.
səhifə2/10
tarix13.04.2023
ölçüsü481,06 Kb.
#97101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E.Grig ijodi

3


I.BOB. EDVARD GRIG HAYOTI VA IJODI.
1.1.Buyuk norveg kompozitori Edvard Grig

Edvard Grig — buyuk norveg kompozitori, pianinochisi, dirijor, musiqa namoyandasi bo'lib, 1843-yil Bergen shahrida tug'ilgan. Uning ajdodlari — shotlandlar bo'lishgan. Grig familiyasi esa Norvegiyada qaror topgan. Kompozitoming otasi Bergen shahrida Britaniya konsuli lavozimida ishlagan. Onasi — norveg millatiga mansub bo‘Iib. yaxshi pianinochi bo'lgan hamda bolaJarga musiqadan dars bergan. Motsart ijodiga bo'lgan muhabbat unga onasidan o‘tgan. Grig uchun Motsart ijodi hamma vaqt shodlik manbayi bo'lgan edi.


Grig Leypsig konservatoriyasida (1858—1862) I. Moshelesning sinfida fortepianodan, K. Reynekening sinfida kompozitsiyadan o'qiydi 1863-yildan u Kopengagenda mashhur N. Gade bilan kompozitsiya bo‘yicha shug'ullangan. Shu yerda u kompozitor R. Nurdrok bilan tanishadi, u Giigning ijodiy shakllanishiga katta ta’sir ko'rsatadi. U Nurdrok, E. Xomeraan va boshqalar bilan birgalikda Skandinaviya mamlakatlariaro “Yevterpa” musiqa jamiyatini tashkil etishda qatnashadi. Bu jamiyatning vazifasi ommani Skandinaviya kompozitorlari asarlari bilan tanishtirishdan iborat edi.
Grig Kopengagenda yashagan davrida (1863—1866) “Poetik rasmlar”, “Yumoreskalar”, fortepiano uchun sonata birinchi skripka uchun sonatasi va qo‘shiqlar yaratadi. Lirik “Poetik rasmlar’da (1863) norveg xalq musiqasi qirralari namoyon bo'lgan. “Yumoreskalar” singari janriy ishlanmalarda ham (1865) xalq raqslarining o‘ynoqi ritmi jaranglaydi, norveg musiqasiga xos bo'lgan lidiy lad ohanglarining rang-barangligi uchraydi. Ularda Grig nihoyatda yaxshi ko'rgan kompozitor Shopenning ta’siri sezilib, fortepiano sonatasida R. Shumanning ta’siri ko‘rinib turadi.
1866-yildan Grig Norvegiya poytaxti Kristiani (Oslo)da yashay boshlaydi. Bu yerda u 70-yillardagi peshqadam norveg4ziyolilari bilan tanishadi. Grig uchun shoir va dramaturg B. Byoms bilan do'stlik katta ahamiyat kasb etdi. Uning asarlari asosida Grig bir qator sahnaviy- musiqiy asarlami (tugallanmagan "Ulaf Tryugvason” operasi

(1873), “Sigurd Yursalfar” pyesasi uchun musiqa “Amlyut Gelline” operasi uchun eskizlar, “Bergliot” dramatik monologi uchun musiqa, ko'plab romans va qo shiqlar) ijod qildi. 1871-yilda Grig Musiqa konsert jamiyatiga asos soladi (hozirgi Filarmoniya jamiyati), uning asosiy maqsadi shahaming konsert hayotini faollashtirishdan iborat edi. 1868-yilda Grig XIX asming ikkinchi yarmidagi Yevropa mu- siqasining mazkur janrdagi eng maslihur asari — fortepiano konsertini yaratadi. Konsertning lirik talqini bu asami SKopen va Shumanning fortepiano konserdariga yaqinlashtirgan edi.
Shuman konsertlariga yaqinlik asaming erkin shakli. lirik-psixologik xarakterida namoyon bo‘ladi. Konsertning yorqin o'ziga xosligini kompozitor uslubiga xos bo'lgan norveg milliy koloriti hamda asaming obrazlar tizimi ta’minlab beradi. Konsertning uch qismi turkumning an’anaviy dramaturgiyasiga muvofiq keladi: dramaturgik bog'lanma birinchi qismdan boshlanadi, u sonata shaklidadir. Ikkinchi qism lirik urg'uni tashkil etadi. Bu qism uch qismli shaklda yozilgan. Uchinchi qism xalq janrlari manzarasini beradi. u rondo — sonata shaklida yozilgan.
1869-yilda Grig taniqli kompozitor va folklorshunos L. Lin- demanning norveg musiqiy folklori to‘plami bilan tanishadi. Buning natijasida Grig “Fortepiano uchun norveg xalq qo'shiqlari va raqs!ari”ni (op. 17) yozadi. Ularda turli-tuman xalq raqslari — xalling, springdans, hazil, lirik, mehnat va dehqon qo'shiqlari jamlangan edi. Bu turkumlar musiqa ixlosmandlarining keng doirasi uchun qulay. murakkab bo'lmagan fortepiano pyesalaridan tuzilishi rejalashtirilgan edi.
Ikkinchi fortepiano sonatasi (op. 13, G-dur) Grigning yetuk, o‘ziga xos hamda milliy jihatdan juda yorqin asaridir. Ushbu sonata, xuddi fortepiano konsertiga o'xshash bo'lib. Grig asarlarining dastlablci targ‘ibotchilaridan biri List tomonidan yuqori baholangan edi.

5
Kompozitor o'zining ijodga bo'lgan munosabatini, musiqa san'atiga bo'lgan qarashlarini ham shunday qat'iylik bilan himoya qilardi. Saroy a'yonlari xorij musiqasiga mukkasidan ketgan bir vaqtda Bax alohida muhabbat bilan nemis xalq qo'shiq va kuylarini o'rganib, ulardan o'z asarlarida foydalanar edi. Boshqa mamlakatlar kompozitorlari musiqasini to'la egallagan Grig ularga ko'r-ko'rona taqlid qilmadi.

Egallagan keng va chuqur bilim uining kompozitorlik mahoratini takomillashtirish va sayqallashtirishga yordam berdi.
Kompozitor pedagogik adabiyot yaratishga ko'p vaqt va e'tibor ajratgan. Boshlovchilar uchun prelyudiyalar, invensiyalar va boshqa ko'plab asarlarning pay do bo'lishi Baxning pedagogik faoliyati bilan bogiiqdir. Boshlovchilar uchun kichik prelyudiyalar, ikki va uch ovozli invensiyalardan tortib to "Yaxshi temperatsiyalangan klavir" prelyudialari va fugalarigacha bo'lgan to'plamlar - bu murakkablikning barcha bosqichlarini qamrab olgan klavirda ijro etish darsiigidir.
"Syuita" so'zi fransuzchadan tarjima qilinganda qator, izchillik ma'no-sini anglatadi. Bax zamoniarida syuita o'z ichida qator mustaqil raqslar - alleman-da, sarabanda, kuranta va jigani mujassamlashtirgan. Sarabanda va jiga o'rtasiga qo'shimcha raqs pyesalari: menuet, gavot, burre va boshqalar kiritilgan. Har bir qismning mustaqilligiga qaramay, syuita yagona musiqa asari sifatida qabul qilinadi, uning barcha pyesalari bir tonallik bilan birlashtirilgan. Raqslarning joylashish tartibi qiziqarli: Osoyishta va og'ir sur'atdagi raqslar tez ijro etila-diganlari bilan almashinib turadi.
Fransuzcha syuitalar fakturaning oddiyligi va kamtarona klavir uslubi bilan ajralib turadi. Oitita fransuz syuitalarining hammasi o'rnatilgan tartib bo'yicha oldinma-ketin keladi: allemanda, kuranta, sarabanda, jiga. Odatdagi ari'anaviy chizmani inkor etmasdan, Bax o'z pyesalarini polifoniya bilan to'Idira*di, musiqa xarakteri va bayoni bo'yicha allemendani prelyudiyaga, jigani fugaga yaqinlash-tiradi. Sarabanda lirik kechinmalarning mujassamligiga aylanadi. Hissiyot tuyg'lari tizimi bo'yicha o'zidan oldingi pyesalarga, ayniqsa sarabandaga nisbatan qarama-qarshi bo'lgan intermetsoning kiritiiishi - eng og'ir qismdan eng jadal qismga o'tishni ta'minlaydi.

6
Inglizcha syuitalar va partitalarda syuita kompozitsiya g'oyasining bundan keyingi kengayish va chuqurlashuv jarayoni sodir bo'ladi. Bayon etishning usulu, uslublari, yo'llari yanada mohirona konsert ko'rinishiga ega bo'lib boradi.
Istalgan inglizcha syuita va partitalarning boshlanishida raqsona bo'lmagan muqaddima pyesasi: Inglizcha syuitalarda prelyudiya, uvertyura, fantaziya, tok-kata; partitalarda esa simfoniyalar mavjud. Mustaqil qism sifatida alohida ajratilgan

prelyudiya konsert xususiyatiga ega bo'ladi, syuita kompozitsiyasida eng muhim bo'limlardan biriga aylanadi.
Inglizcha syuitalarda sarabanda "link markaz" vazifasini o'tay boshlaydi. Jigaga butun turkumni yakunlovchi pyesa vazifasi yo’qlanadi. Inglizcha syuita va partitalar bilan Bax syuitalarining rivojlanish yo'li tugaydi. "Nosyuita", dramatik qarama-qarshilik tamoyillari kelajak turkum kompozitsiyalaming asosi bo'lib qoladi.
Kamer yo'nalishda yaratilgan xoral prelyudiyalar o'zining lirik timsollari bilan diqqatni jalb etadi. Ularning hammasi nafis rang-baranglik, kuyning go'zalligi, ifodali qarama-qarshiliklar bilan zo'r taassurot qoldiradi. Ushbu miniatyuralarning barisining asosida xalq qo'shiq ijodiyoti bilan bog'liq bo'lgan protestant xorallariga asoslaniladi.
Messaning asosiy dramaturgiya tamoyili doimo chuqurlashib boruvchi obrazlar qarama-qarshiligiga qurilgan. Messaning nafaqat "Kyrie eleison", "Gloria", "Gredo", "Sanctus" kabi katta qismlari bir-biriga qarshi qo'yilgan,rbaiki qtsmlar ichida ham va hatto alohida nomerlar ("Gloria") da ham ziddiyatni kuzatish mumkin.
Messada inson intilishi va kechinmalarini ifodalovchi turli-tuman obrazlar ko'rsatilgan. "Kyrie eleison"ning birinchi va ikkinchi xorlari uchun fojiaviy ta'sir-chanlik va qayg'uli o'ychanlik xosdir, "Agnus Dei" ariyasida yorqin g'amginlik eshitiladi, "Gloria" va "Sanctus" tantanali xorlarida quvonch va hayotga intilish hukm suradi.
"Crucifixus"da o'ziga xos kucrj bilan ko'rsatilgan musiqiy obrazlarning bar-cha harakati fojiaviy unsurlarning o'sishiga olib keladi. Bu o'Hm va insonning dahshatli musibati javhasidir. "Et ressurexit" tinglovchida ulkan dramatik taassu-rot qoldiradi, u qo'qqisdan kelgan quvonch va hayajonli "portlashni ifodalaydi.


Yüklə 481,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin