Kimyoviy tarkibi. O’simlikning yer ustki qismida erizimin, erizimozid va boshqa yurak glikozidlari
ajratib olingan.
Еrizimin
Ishlatilishi. Erizimum preparatlari strofantin glikozidi o’rnida ishlatilishga tavsiya etilgan bo’lib, u
yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarida (qon aylanishining 2 va 3 darajali og’ir formadagi buzilish-
ida) qo’llaniladi.
Dorivor preparatlari. Erizimin – Erysiminum, korezid – Coresidum, erizimozid – Erysimosidum.
Yangi yig’ilgan mahsulotdan siqib olingah va spirt bilan koncervaciya qilingan shira kardio-
valen – Cardiovalenum preparati tarkibiga kiradi.
STROFANT URUG'I - SEMINA STROPHANTHI
O'simlikning nomi. Kombe strofanti — Strophanthus kombe Oliv.; kendirdoshlar — Apocynaceae
oilasiga kiradi.
Ko'p yillik liana o'simligi bo'lib, bargi tuxumsimon, sertuk, o'tkir uchli, poyada bandi bilan
qarama-qarshi o'rnashgan. Gullari yarim soyabonga to'plangan. Gulkosachasi chuqur 5ga qirqilgan,
tojbargi 5ta bo'lib, ustki tomoni oq, ichi esa sariq. Наг qaysi tojbargning uchki qismida osilgan, uz-
un, buralgan ipchalari bo'ladi. Otaligi 5ta, onalik tuguni yarim pastga joylashgan. Mevasi — ikki
bo'lakli, to'q qo'ng'ir rangli, bir xonali, ko'p urug'li, 1 m uzunlik- dagi, pishganda ochiladigan
bargcha.
|