Mavzu: yuridik shahslar tolov topshiriqnomalarini yuborish elektron davlat xizmati


To‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 68,56 Kb.
səhifə3/3
tarix15.06.2023
ölçüsü68,56 Kb.
#130880
1   2   3
Mavzu

To‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

  • To‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning va to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
  • to‘lov xizmatlari tizimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;
  • naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.

To‘lovlarni yakunlash va qaytarish

  • Agar to‘lov naqd pul mablag‘laridan foydalangan holda amalga oshirilsa, to‘lovni yakunlash benefitsiar yoki benefitsiar vakolatli etib belgilagan shaxs tomonidan pul mablag‘lari olingan paytda yuz beradi.
  • Agar to‘lov to‘lov hujjati asosida amalga oshirilsa, to‘lovni yakunlash benefitsiarning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushgan paytda yuz beradi.
  • Agar to‘lov pul mablag‘larini o‘tkazish orqali amalga oshirilsa, to‘lovni yakunlash pul mablag‘larini quyidagi yo‘llar bilan o‘tkazish yakunlangan paytda yuz beradi:
  • pul mablag‘lari kelib tushganda benefitsiarning bank hisobvarag‘i bo‘yicha buxgalteriya yozuvini kiritishni amalga oshirish;
  • pulni o‘tkazish benefitsiar hisobvarag‘i ochilmasdan amalga oshirilganda benefitsiarning banki tomonidan benefitsiarga naqd pul mablag‘larini haqiqatda berish;
  • boshqa hisobvaraq bo‘yicha benefitsiar foydasiga pul mablag‘larini qabul qilishni aks ettiradigan buxgalteriya yozuvini kiritishni amalga oshirish.

Ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan to‘lovlar

  • Agar to‘lov ushbu to‘lovni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa, ruxsat etilgan to‘lov bo‘ladi. To‘lov pul o‘tkazish orqali amalga oshirilgan taqdirda, basharti farmoyish to‘lovchining banki tomonidan ruxsat etilmagan to‘lovlardan himoya qilish harakatlarining belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qabul qilingan bo‘lsa ham to‘lov ruxsat etilgan deb hisoblanadi.
  • (51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
  • Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda amalga oshirilgan to‘lov ruxsat etilmagan to‘lov hisoblanadi. Qalbaki to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan to‘lov ham ruxsat etilmagan to‘lov hisoblanadi.
  • Bank va to‘lovchi elektron to‘lov vositalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirish chog‘ida ruxsat etilmagan to‘lovlardan xavfsizlikni ta’minlash tartib-taomillarining bajarilishini ta’minlaydi.
  • Ruxsat etilmagan to‘lovlardan xavfsizlikni ta’minlash tartib-taomillari to‘lovlar ishtirokchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va (yoki) elektron to‘lov hujjatlarini o‘tkazish amalga oshiriladigan to‘lov tizimining ishlash qoidalari bilan belgilanadi.

Etiboringiz uchun Raxmat!

Etiboringiz uchun Raxmat!


Yüklə 68,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin