Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)



Yüklə 252,28 Kb.
səhifə2/5
tarix17.07.2023
ölçüsü252,28 Kb.
#136731
1   2   3   4   5
15-mavzu REFERAT G\'ulomova Nigora

Abu Rayhon Beruniyning bolaligi

  • Abu Rayhon Beruniyning ilmga qiziqishi

  • Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi




    1. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.

    O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, mineralogiya, geologiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq ko‘lida ta’lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yaxudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi.
    U 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. So‘ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda o‘zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta’lim oldi. Beruniy “Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. “Osor al-boqiya” Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko‘rsatdi
    Uning muhim astronomik-geografik asari “Tahdid nihoyot al-amoniya li tasxidi masofat al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” – “Geodeziya”) 1025 yilda yozib tugatilgan.
    Beruniy shogirdi Abu-l Fadl as-Seraxsiy ma’lumoti bo‘yicha 11 dekabr 1048 yilda vafot etgan.
    Beruniy so‘nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o‘z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma’lum. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug’ullanib she’rlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko‘paytirish asoslari”, Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi, “Foydali savollar va to‘g’ri javoblar”, “Farg’oniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “ Oq kiyimlilar” haqida ma’lumotlar”, “She’rlar to‘plami”, “Al-Muqanna haqidagi ma’lumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir.

    1. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.

    arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yaxudiy tillarini
    “Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya
    “Tahdid nihoyot al-amoniya li tasxidi masofat al-masokin
    Mineralogiya”
    “Dorivor o‘simliklar haqida kitob
    “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko‘paytirish asoslari”, Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi, “Foydali savollar va to‘g’ri javoblar”, “Farg’oniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “ Oq kiyimlilar” haqida ma’lumotlar”, “She’rlar to‘plami”, “Al-Muqanna haqidagi ma’lumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar



    1. Olim fanning qaysi sohalariga oid asarlar yaratganligini yozib bering.

    Astronomiya, geologiya, geografiya, matematika, tarjimashunoslik



    Yüklə 252,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin