Protsessor – bu hisoblash tizimi ichidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan blok.
Protsessor quyidagilarni bajaradi:
arifmetik funksiyalar (qo’shish, ko’paytirish va boshqalar),
mantiqiy funksiyalar (almashtirish, taqqoslash, kodlarni niqoblash va boshqalar),
kodlarni vaqtincha saqlash (ichki registrlarda),
mikroprotsessor tizimining tugunlari orasida kodlarni yuborish va boshqa ko’plab vazifalar.
Kompyuter apparat ta’minoti: Xotira
Kompyuter xotirasi (axborotni saqlash qurilmasi, xotira qurilmasi) - bu ma’lum bir vaqt davomida hisob-kitoblarda ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash uchun kompyuterning bir qismi, fizik qurilma yoki vosita.