Kompyuter apparat ta’minoti: Ona plata (Материнская плата)
Kompyuter tizim blokining barcha tarkibiy qismlari ona plata orqali bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’ladi.
Chipset - bu markaziy protsessorning kompyuterning qolgan elektron komponentlari bilan o’zaro aloqasi uchun mikroprotsessor to’plami. Ona plataning barcha imkoniyatlari va undan keyingi ishlashi chipsetga bog’liq.
BIOS (Basic Input Output System) ona plataning eng muhim mikrosxemalaridan biri hisoblanadi, chunki u kompyuterning dastlabki ishga tushirilishi uchun zarur bo’lgan, to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqaruvchi tomonidan o’rnatilgan muhim dasturlarni o’z ichiga oladi.
Kompyuter apparat ta’minoti: Shina
kiritish
chiqarish
Kiritish va chiqarish qurilmasi
Xotira Protsessor
adres shinasi (ASh)
Ma’lumotlar shinasi (MSh)
Boshqaruv shinasi (BSh)
Shina tizimi
Kompyuter dasturiy ta’minoti
Tizim dasturlari - bu kompyuterning texnik vositalari va amaliy dasturlarini boshqarish uchun mo'ljallangan kompyuter dasturlarining bir turi (MacOS, Android, Microsoft Windows va b.).
Amaliy dasturlar - bu oxirgi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan dastur yoki dasturlar guruhi (word, excel, chrome, skype va b.).
Yordamchi (utilitalar) dasturlar - bu kompyuterni tahlil qilish, sozlash, optimallashtirish yoki texnik xizmat ko’rsatishda yordam beradigan dastur (diskni birlashtirish, antivirus dasturlari, disklarni tozalash vositalari, fayl menejeri, fayllarni siqish va b.).
Kompyuter xavfsizligi – qo’shimcha kirish, yangi parollar, antivirus dasturlari, shifrlash, xavfsizlik devorlari, internetga kirishni nazorat qilish dasturlari.