Ma`lum bir vazifani bajarish uchun berilgan buyruqlar ketma-ketligi dastur deb ataladi.
Kompyuterning har bir elektron sxemasi cheklangan sondagi sodda buyruqlarni qabul qiladi va bajaradi.
Barcha dasturlar bajarilishidan oldin qiyin bo`lmagan buyruqlar ketma-ketligiga o`giriladi.
Bunday buyruqlar ketma-ketligi to`plami inson va mashina o`rtasida muloqotni ta`minlay oladigan dasturlarni hosil qiladi.
Buyruqlar ketma-ketligi asosiga qurilgan bunday til – mashina tili deb ataladi.
Ishlab chiqaruvchi yangi kompyuterni yaratayotganda kompyuterni qo`llash sohasi va maqsadiga qarab ushbu kompyuterning mashina tiliga qaysi buyruqlarni bajarilish kerakligini kiritadi.
Kompyuterlarning dasturiy modellari
Odatda kompyuterlarda ma`lum turdagi buyruqlarni xotiradan chaqirib, ularni tipini aniqlab va ularni bajarish uchun maxsus dastur mavjud bo`ladi. Bu dastur interpretator deb ataladi.
Kompyuter ishlab chiqaruvchilar mashina tilini tanlab olganidan so`ng quyidagi masalaga oydinlik kiritishi kerak bo`ladi:
Mashina tilida dasturlarni protsessor yaratish kerakmi? Yoki
Ana shu tilda dasturlarni interpretatsiya qiluvchi yangi dasturni yozishi kerakmi?
Agar interpretator dasturni yozishni tanlasa, u holda bu interpretatorga mos apparat ta`minotini ham ishlab chiqishi kerak.