Mavzu: zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar



Yüklə 293,74 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.06.2020
ölçüsü293,74 Kb.
#31954
zamonaviy oqituvchiga qoyilgan talablar


 

MAVZU: ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILGAN TALABLAR 

 

 



                      SHimoliy-G‘arbiy Okrug  Serjantlar Tayyorlash maktabi   

                            “Qo‘shinlarning kundalik faoliyatini boshqarish” sikli  

                                             o‘qituvchisi mayor  F.Sulaymonov 

 

Ta’limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa,  ta’limdan  ajratibbo‘lmaydi  –  bu  sharqona 



qarash,  hayot  falsafasi.  Ana  shu  oddiy  talabdan  kelib  chiqqan  holda,  farzandlarimizni 

mustaqil  va  keng  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan,  ongli  yashaydigan  komil  insonlar 

etib  voyaga  etkazish  –  ta’lim-tarbiya  sohasining  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo‘lishi 

lozim. 


Islom Karimov 

Mamlakatimiz  ijtimoiy  hayotining  barcha  sohalarida  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning  maqsadi  inson  va  uning  manfaatlari,  uning  xavfsizligi  va  farovonligini 

ta’minlash  hamda  barkamol  avlodni  voyaga  etkazishga  qaratilgandir.  mustaqillikni 

qo‘lga  kiritgandan  keyingi  qisqa  vaqt  ichida  bosib  o‘tgan  taraqqiyot  yo‘li  asrlarga 

arzigulik mazmun va mohiyat kasb etmoqda. 

Ma’lumki,  taraqqiyotni  harakatga  keltirishda  va  turmushda  ro‘y  berayotgan 

jarayonlarga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazishda  jamiyat  ijtimoiy-siyosiyo,  iqtisodiy,  madaniy-

ma’naviy  yangilanishining  muhim  sub’ekti  bo‘lgan  yoshlarni  barkamol  shaxs  qilib 

tarbiyalash muhim masalasi axamiyatiga ega. 

Har  bir  jamiyatning  kelajagi  uning  ajralmas  qismi  va  hayotiy  zarurati  bo‘lgan 

ta’lim  tizimining  qay  darajada  rivojlanganligi  bilan  belgilanadi.  Bugungi  kunda 

mustaqil  taraqqiyot  yo‘lidan  borayotgan  mamlakatimizning  uzluksiz  ta’lim  tizimini 

isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedogogik 

va  axborot  texnologiyalarni  joriy  qilish  hamda  ta’lim  samaradorligini  oshirish  davlat 

siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 

va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning  qabul  qilinishi  bilan  uzluksiz  ta’lim  orqali 

zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. 

Innovatsion  pedagogik  texnologiyalarning  rivojlanishi  va  ularning  o‘quv-tarbiya 

jarayoniga  kirib  kelishi,  shuningdek,  axborot  texnologiyalarining  tez  almashinuvi  va 

takomillashuvi  jarayonida  har  bir  pedagog-o‘qituvchi  o‘z  kasbiy  tayyorgarligini, 

pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. 

Mamlakatimiz  rivojlanishining  muhim  sharti  zamonaviy  iqtisodiyot,  fan, 

madaniyat,  texnika,  texnologiya  rivoji  asosida  kadrlar  tayyorlashning  takomillashgan 

tizimining amal qilishiga erishishidir. 

Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish 

sharoitlarini  yaratadi.  O‘qituvchilarning  bilimga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  shakllantirish 

hamda  rivojlantirishning  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  o‘qituvchi  ma’suliyatini  yanada 

oshiradi. 

Ta’lim  samaradorligini  oshirish,  shaxsning  ta’lim  markazida  bo‘lishini  va 

yoshlarning  mustaqil  bilim  olishlarini  ta’minlash  uchun  ta’lim  muassasalariga  yaxshi 


tayyorgarlik  ko‘rgan  va  o‘z  soxasidagi  bilimlarni  mustahkam  egallashdan  tashqari 

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o‘quv 

va  tarbiyaviy  mashg‘ulotlarni  tashkil  etishda  foydalanish  qoidalarini  biladigan 

o‘qituvchilar  kerak.  Buning  uchun  barcha  fan  o‘qituvchilarini  pedagogik  va  axborot 

texnologiyalar,  interfaol  uslublar  bilan  qurollantirish  hamda  olgan  bilimlarini  o‘quv-

tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim. 

Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta’lim-

tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini ochish 

hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining 

malakasi maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo‘lishi lozim 

va u doimo  “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish kerak?” degan savollarga 

javob topishi zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga 

mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim xususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga 

asoslangan bo‘lishi lozim. Pedagogikaning muhim  muammolaridan biri o‘qituvchining 

mutahassisligi  va  faoliyatining  asosini  tashkil  etish  shart  bo‘lgan  pedagogik  jarayon 

nazariyasini ishlab chiqishdir. 

Pedagoglar  mutaxasislik  bo‘yicha  mavjud  bilimlaridan  tashqari  o‘quv  jarayoniga 

qadam  qo‘yar  ekanlar,  pedagogik  va  psixologik  bilimlar,  texnologiya  va  o‘qitish 

metodikalariga  doir  zarur  bilimlarni  egallagan  bo‘lishi  kerak.  SHuning  uchun  ham, 

pedagoglarning malakasini oshirishda:  

- o‘qitish  jarayoninig  samaradorligini  ta’minlovchi  pedagogik  malakalarni 

shakllantirish; 

- ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  gumanitar  bilimlarni  anglashga  yo‘naltirilgan  yangi 

kasbiy tafakkurni shakllantirish; 

- o‘qituvchi  faoliyatining  metodologik  asosi  sifatida  pedagogik  bilimlar  tizimini 

egallash; 

- o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi 

o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi. 



Asosiy maqsad. Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 

pedagog  kadrlarga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  o‘rgatish,  pedagogika  va 

psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‘quv-

tarbiyaviy  jarayoniga  qo‘llay  olishga  o‘rgatish,shuningdek,  ularga  pedagogik  mahorat 

sirlarini ochib berishdan iborat. 

Zamonaviy  o‘qituvchilarning  bilim  va  ko‘nikmalariga  qo‘yiladigan  talablar. 

O‘qituvchilar    o‘zlari  o‘qitayotgan  o‘quvchilarining  ruxiyatlariga  mos  ravishda 

muloqotda  bo‘la  olish,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  egallash  va  o‘quv-

tarbiyaviy  jarayonda  qo‘llay  olishi  kerak.  bugungi  kunda  an’anaviy  ta’limni 

zamonaviylashtirish  yo‘lida  birgina  texnologiyaga  asoslangan  o‘qitish  uchramaydi. 

odatda,  o‘qitishda  bir  necha  texnologiyalarning  elementlari  birdaniga  qo‘llaniladi, 

chunki  pedagogik  texnologiya  –  bu  o‘quv  jarayonini  to‘liqligicha  egallovchi  loyiha, 

yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan 

holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir. 

O‘qituvchi  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  o‘quv-tarbiya  jarayonidagi 

o‘rni,  ulardan  foydalanish,  shuningdek,  usul,  metod  va  texnologiya  tushunchalarining 

farqlay  olishlari,  “Aqliy  hujum”,  “Tarmoqlar”(Klaster)  “Assesment”  metodlari, 

“Bumerang”,  “Skarabey”,  “Charxpalak”,  “Rezyume”  “Keys-stadi”  va  shu  kabi 


texnologiyalar  haqidagi  bilimlarga  ega  bo‘lishlari  va  ulardan  o‘quv-tarbiya  jarayonida 

foydalana olishlari lozim. 

Hozirgi  davrda  sodir  bo‘layotgan  innovatsion  jarayonlarda  ta’lim  tizimi  oldidagi 

muammolarni  hal  etish  uchun  yangi  axbortni  o‘zlashtiradigan  va  o‘zlashtirgan 

bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, 

mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. 

SHuning  uchun  ham  ta’lim  muassasalarining  o‘quv-tarbiyaviy  jarayonida 

zamonaviy  o‘qitish  uslublari,  ya’ni  interfaol  uslublar,  innovatsion  texnologiyalarning 

o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga 

oid  bilimlar,  tajriba  o‘quvchilarni  bilimli  va  etuk  malakaga  ega  bo‘lishlarini 

ta’minlaydi. 

Har  bir  darsni  yaxlit  holatda  ko‘ra  bilish  va  uni  tasavvur  etish  uchun  o‘qituvchi 

bo‘lajak  dars  jarayonini  loyihalashtirib  olishi  kerak.  Buning  uchun  u  darsning 

texnologik  xaritasi  har  bir  mavzu,  har  bir  dars  uchun  o‘qitilayotgan  predmet,  fanning 

xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. 

Hozirgi  zamon  ta’lim  tizimidagi  amaliy  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki  oldindan  puxta 

loyihalashtirilgan  dars,  albatta,  o‘qituvchi  va  o‘quvchiga  darsni  qiziqarli  bo‘lishi, 

shuningdek  ijobiy  natijaga  erishishlariga  imkoniyat  yaratadi  hamda  darsning 

samaradorligini oshiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


                                                                       ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МУДОФАА ВАЗИРЛИГИ  

ҚУРОЛЛИ КУЧЛАР ҚУРИЛИШ ВА РИВОЖЛАНТИРИШИНИ 

                                                                      СТРАТЕГИК РЕЖАЛАШТИРИШ БОШҚАРМАСИГА 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

           Сизнинг  манзилингизга  Шимолий-Ғарбий  ҳарбий  округ  сержантлар 

тайёрлаш  мактабида  2015  –  йилнинг  І  –  чоракларида  чоп  этиладиган  даврий 

нашрлар, Ҳарбий–илмий ахборотнома журналига материалларини чоп этилган ва 

электрон кўринишда юборилмоқда. 

           Илова:1.  Кимёвий  махсус  воситалар  ва  улардан  фойдаланиш  тўғрисида 

мақола, 3та варақда, номахфий, кўрсатилган манзилга.   

           2.  481-рақамли  USB  ахборот  ташувчи  воситаси,  номахфий  кўрсатилган 

манзилга.   

           3. Опись-файли 1та варақда, номахфий, кўрсатилган манзилга. 

           

 

          481-рақамли USB ахборот ташувчи воситасини фойдаланиб бўлгач, бизнинг 



манзилимизга жўнатишингизни сўрайман.  

 

 



                  

 

ШИМОЛИЙ – ҒАРБИЙ ҲАРБИЙ ОКРУГИ 



СЕРЖАНТЛАР ТАЙЁРЛАШ МАКТАБИ БОШЛИҒИ  

                           полковник                                          

Ш.ИЛЬБАЕВ 

 

19.03.2015 йил. 



 

 

Yüklə 293,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin