Mavzu: Zamonaviy o’quv – texnik vositalar
Reja:
1.
Multimedia vositalari va ulardan foydalanish.
2.
Vidiokanferensiali aloqa. Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari.
3.
Interaktiv doska. Multimediani ta'limda qo‘llashning samaradorligi.
4.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bosqichlari.
5.
O‘quv qo‘llanmalari yaratishda multimediani qo‘llash.
Multimediya vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun
tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib,
kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar
majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.
Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va
boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya
axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-
tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron
musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi.
Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy
protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati,
operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira),
hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki
baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim,
ishlash
yoki
dam
olish
sharoitlarini
yaxshilashga
imkon
beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta
tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol
tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning
fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida
audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari
asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan
xoldagi ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi
yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz
xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi
oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh
dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimedia
vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida
keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining
nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia '
vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish
mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash
mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar
o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni
xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv
materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa,
materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari
asosida chet tillarini o’rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda
qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta
Fondi, Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta
tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va
konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
taxsinga sazovordir. O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida
ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun
kerak bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma
qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter
dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari)
qo’llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt disklarni
respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi
mablag’ni
oldindan
jalb
etishni
talab
qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga ta'lim
berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori
malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib
borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir masofada
joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining ma'lum bir
masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi,
kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni
o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy
o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes bilan
shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish
jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o’qitish, jugrofiy jihatdan o’zoqda joylashgan
maktablar va akademik ta'lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar
va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini
o’zoq masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Natijada distant uslubi
asosida o’qitish, tez vaqt ichida ko’pgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab
chiqarish korxonalarida keng qo’llanila boshladi va o’qitishda yangi uslublarni
qo’llashga yana bir turtki bo’ldi. Distant uslubi asosida o’qitishning Xalqaro
kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda 10 milliondan
ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSH da shu uslub asosida
o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy
kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam
qo’yishmoqda.
Distant uslubining qo’yidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muxiti. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi ilm tolibini
o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan distant
metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan
kerak bo’lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar
bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan
yaxshi muloqotda bo’lishini ta'minlaydi va o’z o’rnida bunday mexnat ta'lim olishni
rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim berish -
boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z
ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars
jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan
muloqotda bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi millionlab
insonlarga, hammadan xam ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar uchun
qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda
judayam katta ro’l o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining
ishlab
turgan
o’rnida
ilm
opishi
mumkindir.
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni
ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda
o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta'lim olish universitet
tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta'lim
olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi,
sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta'minlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish
uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan xoli
bo’lishi kerakdir. Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak,
soliq, inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, ta'lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham
o’zgarishi shartdir.
Xozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri INTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant uslubi
asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari va
ma'lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning
rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o’z ichida INTERNET tarmog’iga
kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining
interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast
texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining
mavjudligi INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga qo’yishga
imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning
distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga
qaramasdan
keng
sharoit
yaratib
beradi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga
aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo
bo’lishi, shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko’rsatadi.
Multimedik tizimlarni ko’rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash
kuvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun kushimcha apparatli qo’llab-
kuvvatlash analogli audio va videosignallarni rakamli ekvivalentga kushish va uning
teskarisi uchun zarur bo’lgan analogli-rakamli (ARU) va rakamli-analogli
o’zgartirgich (RAU) videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va
boshqalar ham zarur.
Odatda, yuqorida kursatilgan kushimcha apparatli vositalar kompyugerlarning video
va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko’rinishida shakllanadi:
Ko’chmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TARGA platasi;
- xarakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, Video
Spigot, Intel Smart, Video Recorder platalar ;
- Microsoft firmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows
audioplatalari;
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma'lumotlarning katta hajmi
va ularni o’zatishning yuqori tezligi bilan bog’lik, ko’plab muammolarni yuzaga
keltirdi. Bu, audio-video axborotning sungi texnologiyalarini rivojlantirish va katta
sig’imdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi bo’ladi.
Masalan, 650 Mb sig’imli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi SD-ROM optik kompakt
diski shu jumladandir.
Multimedia uchun zamonaviy SD-ROM texnologiyalar tak-dimnomasi ilk marta
1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft SD - ROM Sopfegense) bo’lib
o’tdi va bu sana video va audioaxborotli to’laqonli multimedianing paydo bo’lishi
boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi
(Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) bo’ladi, ular kompyuter
yordamida lazerli video-murvatni boshqarish yo’li bilan kompakt diskdan axborotni
ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electrnics
firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IVM va Microware firmalari tomonidan qo’llab-
quvvatlanadi. IVM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia
tizimlari ko’rilishi uchun foydalaniladigan DVI texnologiyasi to’rt bazaviy unsurdan
tashkil topgan:
- videotizimning asosi bo’lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan,
tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV piksel
protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining
TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel
firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan
ham
zamonaviylari
bozorda
taklif
qilinmoqda;
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda SD - ROM Driver
) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va videoeffektlar
ma'lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-Video Support
System); RTX (Real Time Executive) STD (Standart) multivazifadorligini ta'minlash,
xotirani,
kirish-chiqishni
boshqarish
va
boshqalar;
- galma-gal paydo bo’luvchi audio va video axborot saqlovchi, ma'lumotlarni SD -
ROM jamg’aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta'minlovchi maxsus
shaklli fayllar;
- sub'yektiv qabul qilishga yo’naltirilgan va ba'zi yo’qotish yoki bo’zib ko’rsatishlarga
yo’l qo’yuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani
qo’llashning eng oddiy misoli bo’lib, siyraklash algoritmi, ya'ni tasvirning diskretligini
kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group)
statik tasvirlarni siqishning eng ko’p tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida
ko’chmas tasvirlarning vizual zararsiz 20, ..., 50 martagacha siqilishga olib borish
mumkin.
Xarakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive
Coding) algoritmlaridan foydalaniladi.
Bu gurux algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups )
algoritmlarini ajratib ko’rsatish mumkin, ular 25...50 marta siqish koeffitsentini
ta'minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 o’lchamli
siqilmagan rakamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma'lumotlarni o’zatish tezligi talab
etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan o’zatish tezligini 550 kb/s. gacha
kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5 ...10 marta bo’lgan
audioaxborot
kompressiyasi
uchun
ham
qo’llaniladi.
DVI texnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga bo’lish
mumkin:
- JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni
amalga oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter (Real
Time Video) vinchesteriga ma'lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda SD - ROM ni
tayyorlashga zaruriyat qolmaydi;
- MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-KRM (Production
Level Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yo’sinda yaratishda foydalaniladi
va multimedianing tizimida videoni fakat aks ettirishni ta'minlaydi. Bunda videoni
siqish darajasi 100...160 martaga yetadi, videomagni-tafon yozuviga yaqin sifat
saqlanadi.
25:1 siqish koeffitsenti displeyning chorak ekranida yaxshi sifatli videotasvirni olish
uchun kifoya. 10:1 nisbatda siqilganda DVI texnologiyasi bo’lgan (Real Time Video)
videotasvirli
darcha
to’liq
ekranning
1/5
qismini
egallaydi.
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo’lgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu xol
tinglash a'zolarining bo’zib kursatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib DVI texnologiyalari video va audioni aks ettirish uchun zarur bo’lgan
axborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu xol ma'lumotlar umumiy
hajmini kamayishiga va multimedianing fan, ta'lim, biznes va aloqa sohalariga keng
kirib borishiga olib keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar
tayyorlovchilari xizmatiga murojaat etmay, o’z amaliy multimedianing tizimlarini
yaratish, axborotning barcha turlarini saqlash uchun oddiy vinchesterdan foydalanish
imkoniyati beriladi. Bundan tashqari,hozirdayoq, multimedia ovoz berilgan, tasvirli
hujjatlarni Ethernet tarmoqli platasi orqali kompyuter tarmog’iga jo’natish mumkin.
Biroq, videotasvirli, to’liq tarmoqli multimedianing tizimlar uchun taxminan 200:1
siqish koeffitsenti zarur. Bunday ko’rsatkichga hozirdayoq erishish mumkin va bu
boradagi
ishlar
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilmoqda.
3. Ishlanma vositalar: xolati va istiqbollari. Multimedia asr oxirigacha kompyuter
texnikasini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishi
kutilmoqda. Hozirgi paytda kompyuter texnikasi va dasturiy ta'minotni ishlab
chiqaruvchi ko’pgina yetakchi firmalar bu axborot texnologiyasini xayotga quyidagi
uch yo’nalish bo’yicha tadbiq, qilmoqdalar:
- AT 80x86 shaxsiy kompyuterlarida DOS, Windows muhitida multimediani
professional va tijoriy maqsadlarda qo’llash;
- Macintosh SHK lari uchun unimli va ta'lim beruvchi ilova-lar yaratish;
- ishchi bekatlardagi UNIX muxitida professional va tijoriy ishlanmalarni tayyorlash.
Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assotsiativ aloqalarning umumiy
ob'yektli yo’naltirilgan uslubiyatni o’z ichiga olgan "gipermatn" (Nurertex)
konsepsiyasi yotadi. Rasman gipermatn deganda foydalanuvchiga boshqa mavzuga
o’tishga imkon beruvchi ichki o’zaro murojaat qiluvchi matnli, tuzilmaviy axborot
tushuniladi. Gipermatn avval materialga kiritilgan assotsiatsiyalar bo’yicha interaktiv
rejimdagi so’zlar, fayllar va paragraflarni jadal birlashtirish uchun foydalanilgan.
Gipermatn vositalari foydalanuvchi istalgan tartibda varaqlab ko’rishi mumkin bo’lgan
multimedianing
hujjatlarni
yaratishga
imkon
bergan.
Foydalanilayotgan
kompyuterlarning hisoblash qobiliyati oshib borgan sari bu assotsiativ aloqalarning
ishlashi mualliflik tizimlarining yangi avlodlarida kengayib bordi. Bunda mualliflik
tizimi deganda ishlab chiquvchilarga dasturlarni ko’p mexnatli jarayonsiz yaratishga
imkon beruvchi ta'minot tushuniladi. Bugungi kunda raqamlashgan statik tasvir, audio
va video ma'lumotlarga muallifning istagi bo’yicha tanlangan ob'yektlar sifatida
qaralishi mumkin. Quyidagi kompyuterli platformalar: Macintosh, DOS, Windows,
UNIX, Phlips firmasining SD-I va IVM firmasini Multimedia kompyuterlariga
qo’llaniladigan multimedia ishlanmalari holatini ko’rib chiqamiz.
Masalan. Ko’p yillar mobaynida Arrle Somruter Ins multimedia ishlanmalari sohasida
yetakchi o’rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o’z ichiga olgan multimedia
maxsulotlarini ko’rish uchun gipermatn - Nuregsagd - firma dasturi im-koniyatlarini
kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan bog’liq edi. So’ngra multimedia
tizimiga fotoga yaqin bo’lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni kiritish va aks ettirish
imkoniyati ko’shildi. Natijada Macintosh kompyuterlari platformasi multimedianing
aniq
bir
ilovalarida
yetakchi
o’rinni
egalladi.
Biroq, videoni qo’llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0
imkoniyatlarini kengaytiruvchi Quicktime tizimining kiritilishi bilan ta'minlandi.
Xozirda - Nuregsagd dasturi va yuqorida ko’rsatilgan kengaytirishlarni birlashtiruvchi
multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib borilmoqda. Bu tizimning asosiy
komponentlari dasturiy ta'minoti, fayllar shakllari, kompressorlar va foydalanuvchi
interfeyslaridir. Tizimning eng muxim unsuri - Movie Toolbox - tasvirlarni siqishni
boshqaruvchi va animatsiyalar, statik tasvirlar xamda video algoritmlarini amalga
oshiruvchi dasturlardir.
Foydalanish jihatidan oddiy bo’lgan Media Text mualliflik tizimi yaqinda
Michigan Universitetida (Ann Arbor) Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqildi.
Foydalanuvchi o’z dasturiy maxsulotini audio, grafika va animatsiyaga kiritishi hamda
ularni xar bir bosqichda sichqonning ikki chikillashidan oshirmagan holda bajara borib
boshqa
fragmentlar
bilan
birlashtirishi
mumkin.
4. IVM Vetimedia /OS-2. IVM Sogr firmasi multimedia ishlanmalari sohasida ancha
faol ish olib boradi. Firma Windows interfeysidan grafik foydalanishni qo’llab-
quvvatlashdan tashkari o’zining OS/2 operatsion tizimini multimediyaning ko’pgina
imkoniyatlari bilan jixozlagan. Ular orasida, eng avvalo, MM RM/2 nomini olgan
Rgesentation Manageg (prezentasiya menejeri) dasturini ajratib ko’rsatish mumkin. U
audio-platalar, SD-ROM rusumidaga ommaviy xotira va video proigrovatelni qo’llab-
quvvatlaydi, shuningdek, Audio Visual Connection adapterining IVM uchun
drayverini
o’zida
saqlaydi.
IVM firmasi RS/2 turkumidan keyingi o’z kompyuterlari uchun Ultimedia sifatida
mashhur multimedia vositalari paketini ishlab chiqqan. Bu vositalar quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
- kompakt-diskda yetkazib beriladigan va operatsion tizim turlarini tanlash hamda
multimedia dasturlarini namoyish etishga imkon beruvchi M57 va M77 qurilma
modullari;
- amaliy dasturli multimedia kioski (o’yinli, ta'lim beruvchi, xizmat ko’rsatuvchi va
hokazolar);
- Storyboard Livel, Linkway Livel va Audio Visual Connestion singari multimedia
ishlab chiqishning foydalanuvchi vositalari turkumi;
- konferensiya ishtirokchilariga umumiy axborotlarni ekranda taqsimlashga imkon
beruvchi kompyuterli videokonferen-siyalarni qo’llab-quvvatlash uchun R2R moduli
(IVM Regson to Regson);
- turli manbalardagi audio va video axborotlar yuqori sifatini kafolatlagan holda
videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta'minlovchi IVM
RS/2 Astion Media II Display Adapters moduli. UNIX. Ishchi stansiyalar uchun ham
multimedianing maxsu-lotlarini yaratish tizimlari ishlab chiqilmoqda, lekin
firmalarning harakatlari shaxsiy kompyuterlar uchun tizimlarni ishlab chiqish kabi
birlashmagan. Mavjud tizimlar ishchi stansiyalarning aniq bir rusumlarida
foydalaniladi,
masalan,
Mpower
tizimi
Hewlett-Packard
Corp
firmasi
kompyuterlarida, DECspin tizimi - (Digital Equipment Corp firmasi EXM larida
qo’llanmoqda. Biroq, umumiy foydalaniluvchi ishlanmalar ham mavjud. Jumladan.
Gain Technology Ins (A+Sh) kompaniyasi Gain Momentum tizimini taklif etdi, u
UNIX OT muhitida X Window, OSF/Motif va OpenLook grafik interfeysi bilan
ishlashda multimedia imkoniyatini ta'minlaydi. Bunga qo’shimcha ravishda
Massachusets texnologiya instituti X Window Assotsiatsiyasi X Window muhitida
ishlovchi standart dastur uchun VEX videokengaytirishni ishlab chiqdi va
foydalanishga taqdim etdi. Gain Momentum tizimi asosan MBBT, ob'yektlar
birlashishi (aloqasi) tili va kutubxonalar turkumidan iborat. MBBT moduli matnli
fayllar, fayl turkumlari, rakamlashgan tovush va tasvirlar o’rtasidagi aloqani o’rnatadi.
Ob'yektlarni
birlashti-ruvchi
Arrle
firmasining
Nurermedia
Yengine
tili
foydalanuvchiga multimedia ma'lumotlari bazasida yo’nalish topishga yordam
beruvchi 30 modulli kutubxonalar turkumini o’zida namoyon etadi. Tizim kompyuterli
ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning portativ
interfeysini (ARI - Arrlication Rgogram Interface) ham o’z ichiga oladi.
1993 yilda chiqarilgan multimedianing MRoveg tizimi foydalanuvchining
videomuxitini (Visual User Environment) aks ettiradi. Video Live, Multimedia Mailer,
Shared-X va SharedWhite Board modullari tizimining bazaviy komponentlaridir.
Video Live moduli qo’shimcha plata yordamida videokadrlarni qo’yishni va ularni
ishchi stansiya ekrani darchasida aks etishini qo’llab-quvvatlovchi utilitani namoyon
etadi. Multimedia Mailer moduli, nomidan ham ko’rinib turganidek, UNIX
operatsion tizim taklif etadigan ma'lumotni elektron pochta xabarlaridagi audio,
ko’chmas tasvir va videokadrlarga standart imkoniyatlarini kengaytiradi. Shared-X
moduli foydalanuvchiga X Window stansiya ekranida boshqa istalgan hisoblash
tarmog’i foydalanuvchisi bilan birgalikda qo’llash imkonini beradi. SharedWhite
Board
moduli
konferenszaldagi
taxtadagiga
o’xshash tasvirdan birgalikda
foydalanishni
ta'minlaydi.
DECspin multimedia tizimi qo’shimcha audio va videoplatalar bilan Decstation 5000
kompyuterlarida Xmedia Tools muhitida ishlaydi. Yaqinda Digital firmasi uni
o’zining boshqa ishchi stansiyalariga tarqatdi. Tizim axborotning barcha turlarini
qo’llab-quvvatlaydi, videokadrlarni taxrir qilish va videokonferensiyalar rejimida
ishlashga imkon beradi. Aftidan, ishchi stansiyalari uchun eng oddiy mualliflik tizimi
Standford universitetida yaratilgan va elektron pochta bo’ylab bepul tarqatiladigan
MAYEstro tizimidir. Xozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini
tasdiqlovchi - 1987 yilda Vashingtonda AKSH kongressi kutubxonasida Interaktiv
axborot texnologiyalari milliy namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia -
ilovalar va dasturlarning doimiy ko’rgazmasi ochilganligi dikkatga sazovordir.
Multimedia va distant uslublari asosida ta'lim berish yildan-yilga ortib, takomillashib
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |