texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim
etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya,
videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik –
axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va
yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi
dasturlar, kompyuter taqdimotlari va
boshqalar. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
Ma'ro’za, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi
sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda
diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish
etuvchi slaydlardan
foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi
nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy
jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida
tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Taqdimot nima uchun samarali.
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi.
Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining
aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin.
Faoliyatning eng tez
o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu
holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish,
qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali
tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning
ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu
avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi).
Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga
yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli
tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan
kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim
etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda
multimediali texnologiyalar
axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali
taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi
taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan
foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.
Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot
bir necha o‘n
minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga
cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z
ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining
kamligini va saqlash
muddatining o’zoqligini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: