Mavzu: Zamonaviy tarbiyachi imidji


Pedagogik nazokat. Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko‘rinishning roli



Yüklə 159,69 Kb.
səhifə2/2
tarix27.04.2023
ölçüsü159,69 Kb.
#103182
1   2
pedagog-odobi-umuminsoniy-va-milliy-axloqning-qonuniyatlari-vazifalari-tamoyllar

Pedagogik nazokat. Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko‘rinishning roli.
Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’lim oluvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o‘rgatish, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu jihatdan o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan munosabatida “Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi. Tarbiyachilar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiѐfasiga ham e’tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoѐn qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jaraѐnini samaradorligini oshiradi. Lug‘aviy jihatdan “imidj” (ing. ―imeje”) tushunchasi - siymo, - timsol, - qiyofa va - obraz ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida - joziba, - maftunkorlik ma’nolarini ifodalaydi.
Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati. 1. Gavdani tutish - to‘g‘ri tutish (yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning rahbar va xodimi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi. 2. Kiyim - ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi. 3. Pardozning me’yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi. 4. Soch turmagi (sochning ma’lum bir tartibliligi). 5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, tarbiyachining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo‘ladi va ular tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, bolalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayѐrlab beradi. 6. Mimika - his-hayajonning ifoda etishi, yuz mushaklarining, ma’noli harakatlarning so‘zlayotgan nuqtaga gapga mosligi. Mimika - bu o‘z fikrlarini, kayfiyati, holati, hissiyotini tinglovchi bajarayotgan ishdan roziligi yoki norizoligini bildirish maqsadida uchun yuz, qosh, ko‘z muskullarini harakatga keltira olish san’atidir.
7. Pantomimika - qo‘l,oѐq, gavda harakatlari: yurish, qadam tashlasherkin harakat qilish, jestlar va boshqalar. Pantomimika – bu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. Tarbiyachi mashg‘ulotda o‘quv ma’lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati orqali ma’lumotlarning obrazini chizadi, bolalar bundan zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, ularning tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun borliq ma’lumotlar mazmunini o‘zlashtirishga qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarga keltirish tarbiyachining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini anglatadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, tarbiyachi bolalar oldida o‘zini tuta bilsa, harakatlarini tartibga keltira olsa, o‘quv-tarbiya jarayoni samarali bo‘ladi. mashg‘ulotlar jarayonida oѐqlar 12-15 sm. oraliqda bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish bu tarbiyachining o‘z fanini mukammal bilishi, uni tushuntira olishiga ishoradir.
8.O‘z hissiyotini boshqara olish malakasi. Tarbiyachi pedagogik texnikasi tizimida o‘z hatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi ta’sir ko‘rsatish vaqtida ( mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashqari paytlarda, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiѐtini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatda bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir.
Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, U o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin». Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘z xatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog, avvalo, o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim - hayrixohlik va optimizm ruhida bo‘lish;
- o‘z hulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakatini, nutq tempini, nafas olishini tartibga solish); - faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik, jismoniy daqiqalarni yaratish; - o‘z - o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va h. k.
Shunday qilib, tarbiyachi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Ta’kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar tarbiyachining ijtimoiy - gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarini boyitadi. Pedagogik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, o‘z kasbiga qiziqish va burch hamda mas’uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o‘ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi. Pedagogning ijobiy qiѐfasi va jozibasi, o‘quvchilarga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazadi hamda ta’lim samaradorligini oshiradi.
XULOSA
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

Скачано с www.znanio.ru


Yüklə 159,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin