Mavzu: Zamonaviy tarbiyada media. Mediasavodxonlik va mediatarbiya. Reja



Yüklə 67,97 Kb.
səhifə2/4
tarix06.06.2023
ölçüsü67,97 Kb.
#125622
1   2   3   4
4-dars

TEST TOPSHIRIQLARI.
1. “Bolalarni ularning sog‘lg‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan?
A. 2017 yil 8-sentabrda
B. 2008 yil 7-yanvarda
S. 1992 yil 20-noyabrda
D. 2019 yil 9-yanvarda
2. “Media” so‘zining ma’nosi bu-…?
A. ingl. vositachi
B. lot. xavfsizlik
S. yunon. madaniyat
D. ingl. axborot
3. Qaysi davlatda 2002-yili pedagogika oliy ta’lim yurtlari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi?
A. Rossiyada S. Finlandiyada
B. AQSHda D. Belgiyada
4. Kimning fikriga ko‘ra “mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat”?

  1. Fayrstounning S. R. Kibeyning

  2. M.Guetterzning D. S. Xantingtonning

5. Qachon YUNESKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi?
A. 2005-yili B. 2010 yil S. 2020 yil D. 2016 yil


NAZORAT SAVOLLARI
1. Media tarbiya nima?
2. Mediamadaniyat tushunchasi qanday ma’noni bildiradi?
3. Mediaxavfsizlik nima uchun kerak?
4. Mediasavodxonlik haqida kimlarning fikrini bilasiz?
5. Kibermakonda axborot isteʼmoli madaniyati deganda nimani tushunasiz?

Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi o‘rni
Reja:
1. Internet va ijtimoiy tarmoqlar tarixi. O‘zbekistonda mavjud ijtimoiy tarmoqlar.
2. Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari.


Tayanch so‘zlar: internet, ijtimoiy tarmoqlar, kompyu’ter, kompyu`ter texnologiyalari, butunjahon oʻrgimchak toʻri, katta (global) va kichik (lokal) kompyu’ter tarmoqlari, kommunikatsion tarmoq.


1. Internet va ijtimoiy tarmoqlar tarixi. O‘zbekistonda mavjud ijtimoiy tarmoqlar.
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyu’ter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir9. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyu’ter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyu’ter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyu’ter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
1950-yillar davomida barcha kompyu’terlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQSHda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
Internetdan foydalanuvchilar soni, masalan, AQSHda 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, Rossiya Federatsiyasi millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra
“Telegramm”da 18 million,

  • “Odnoklassniki”da 16,7 million,

  • “Facebook”da 4,7 million,

  • “Instagramm”da 3,7 million,

  • “V kontakte”da 2,6 million,

  • “Linkedln”da 288 ming,

  • “Twitter”da 51,6 ming nafar

o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qiladi10.
2021-yilning dekabr holatiga ko‘ra, milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.
Internet bu kompyu’ter tarmoqlari majmui bo`lib, uning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
•Axborotni o`qish va tarqatish.
• Ma`lumotni nomiga qarab tezda topish.
• Ma`lumot nusxasini ko`chirib olish.
• Xat almashish.
• Telekonferensiyalarda ishtirok etish.
• Muzokaralar olib borish.
• Muloqot qilish11.
Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo‘lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog‘liq.
Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo‘lishda esa internet tizimi, mobil` telefonlar va kompyu`ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari o‘zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.
Bularning bari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun o‘z fikrlari, qarashlari va tuyg‘ularini bayon qilishda tengsiz imkoniyat ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o‘ziga «maftun» qilib turadi.
Aksariyat yoshlar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo‘yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo‘lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan kimsalar ham to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini o‘ylab o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati yetadimi, yo‘qmi, bundan qat'i nazar, o‘z fikrini bildirishadi. Yoki o‘zlarining yozgan “asarlari” yo “maqola”, “xabar”, “she'r”larini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bir-birlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtashadi.
Qizig‘i shundaki, ba'zi odamlar aslida shu ishni qilish kerakmi, yo‘qmi, degan o‘yga ham bormaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma'lumotlarni «bezab turgan» g‘aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o‘sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba'zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma'lumotlarning sanab adog‘iga ham yetib bo‘lmaydi.
Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo‘lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko‘kka ko‘tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda. Ba’zida internet ular uchun g‘iybat maydoni yoki makoniga aylanganday go‘yo. Ayrim kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o‘zlariga yoqmagan odamlarning obro‘sini to‘kish, yerga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo‘qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o‘ylashadi. Erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo‘llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanligini katta auditoriyaga shunday yo‘llar bilan oshkor qilishadi. Shu sabab ko‘pchilik bu tarmoqlarni yoqtirishmaydi. Lekin shunga qaramay, statistik ma'lumotlarga nazar solsak, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro muloqotga kirishishmoqda.
Axborotlashuv etnomilliy omillarning siqib chiqarilishi bilan bog‘liq xavfni vujudga keltiradi. Yoshlarda o‘z turmush madaniyatini o‘rganishga ishtiyoqning susaytirilishi, ommaviy madaniyat ta’sirida ma’naviy-mafkuraviy qashshoqlashishga imkoniyat yaratadi12.
Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida yetakchi o‘rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o‘rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda.

Yüklə 67,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin