Andijon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 207- guruh talabasi Qobuljonova Nilufarning Yosh fizologiyasi va gigenasidan tayyorlangan Mustaqil ishi
Mavzu: Zarari odatlar va ularni oldini olish.
1. Tamaki mahsulotlari va ularning zarari 2. Spirtli ichimliklar va ularning zarari. 3. Giyohvandlik va salomatlik. 4. Giyohvandning belgilari. 5. Zararli odatlarning tarqalganlik darajasi va ularga qarshi kurash usullari. 6. Zararli odatlardan halos bo’lish.
Reja:
Zararli odatlar haqida tushuncha Insoniyat o’zining ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida sog’ligiga, turmushiga, hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan ishlari va kashfiyotlari bilan bir qatorda, o’zining sog’ligiga, turmushiga, ijtimoiy hayotiga ziyon qiladigan ishlar hamda kashfiyotlarni ham yaratgan va o’zlashtirib olgan. Bo’lar hozirgi kunda zararli odatlar, deb qabul qilingan. Ishlab chiqarish va qo’llanish uslubiga ko’ra, ularni 3 guruhga bo’lish mumkin. 1. Tamaki mahsulotlari. 2. Spirtli ichimliklar. 3. Giyohvand moddalar. Ularning kishi organizmiga ta’sirida umumiylik bilan bir qatorda, har bir turining o’ziga xosliklari ham bor. Shuning uchun, ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Tamaki mahsulotlari va ularning zarari Jahon Sog’likni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda kashandalik er yuzida ommaviy tarqalib, uni 15 yoshdan yuqori aholining uchdan bir qismi, ya’ni 1,1 milliard kishi chekadi. O’zbekistonda ham ahvol bundan yaxshi emas. Hisob-kitoblarga qaraganda, bizda 3,7 million chekuvchi bor. Agap har bir kashanda kuniga bir quti, ya’ni 20 dona sigaret cheksa, bir kunda 74 million dona sigareta cheqiladi. Bu juda katta raqam. Agarda kishi sekundiga bir donadan sigareta sanasa va kuniga 7 soat shu ish bilan shug’ullanganda, buncha sigaretani sanash uchun unga 12 yil vaqt kerak bo’ladi. Kashandalar esa 15 yoshdan yuqori bo’lgan aholining 25-30 foizini tashkil qiladi. Demak, umumiy aholining 20-40 yosh orasidagi yosh ijodkor va faol qatlamidan 3 millionga yaqinini yurak, o’pka, qon-tomirlari, oshqozon va ichaklar, asablar kabi hayotiy muhim a’zolarning nihoyatda qiyin davolanadigan, oqibati o’limga olib boruvchi kasalliklarga tomon borayotganligi shundoq ko’rinib turibdi.