Spirtli ichimliklar tasirida quyidagilar yuz beradi: —transport va mexanizmlarni boshqarishda hatoga yo’l qo’yish yoki shunchaki yurib borayotib, bir erdan tushayotib, chiqayotib, yiqilib tushish kabilardan jiddiy jaroxatlar olish, ba’zan esa shu talafotlar tufayli hayotdan ko’z yumish; —o’y-fikrlarda qatiyatlik va ishonch bo’lmasligidan yoki g’araz niyatli fikrlarning ustun kelishidan noqonuniy ishlarga qo’l urish, o’g’irlik, jinoyatchilik kabilarga qo’shilib ketish, terroristik hamda yovuz niyatli oqimlar ta’siriga tushib qolish; —xotiraning susayishi, kishining aqliy qobiliyatining so’nib borishi natijasida kasbdan, xunardan, iqtidor bilan bog’liq barcha sifatlardan ajrab qolish, esi pastlik kabi noxush oqibatlarga duchor bo’lish;
spirtli ichimliklarning qon orqali butun organizmga tarqalishi va barcha a’zolar, tizimlar va xatto, hujayralarning zaharlanishidan ularning faoliyatlari bo’zilishi bilan bog’liq kasalliklarning yuzaga kelishi. Ya’ni asablar tizimining zaharlanishi oqibatidagi nevroz holatlari; oshqozon va ichaklar tizimining zaharlanishidan avvaliga oshqozonning yallig’lanishi - gastrit; o’t pufagining yallig’lanishi - xoletsistit; jigarning yallig’lanishi - gepatit; yo’g’on ichakning yallig’lanishi — qabziyat; to’g’ri ichakda - bavosil; keyinchalik jigarning bujmayishi - tsirroz hamda ovqat hazm qilish tizimining turli qism va a’zolarida o’smalar paydo bo’lishi; —ichkilikbozlik ta’siridagi ovqatxo’rlikdan modda almashinishining bo’zilishi bilan borliq kasalliklar, tomirlarda aterosklerozlar va qon bosimining ko’tarilishi; bo’g’imlarda artrit va poliartritlar, yurakda stenokardiya va infarkt holatlari, qandli diabet, semizlik kabi kasalliklar;
3. Giyohvandlik va salomatlikGiyohvand moddalar tarkibidagi kuchli faol birikmalar - alkaloidlar hisobiga u kishi organizmiga tushgandanoq tez qonga so’rilib, barcha a’zo va to’qimalarga, jumladan, miya hujayralarigacha etib boradi. Miya markazlaridagi axborotlarni qabul qilish va nazorat-mushohada qobiliyatlarini susaytiradi. Buning hisobiga kishi butun badanida soxta osoyishtalik sezadi. Aslida, bu ichki a’zolar va to’qimalar bilan bosh miya markazlari o’rtasidagi aloqalarning susayishidir. Bu hol go’yo uning kayfiyatini yaxshilab, xuzur-halovat baxsh etadi. Lekin, bu xuzur-halovat havfli oqibatlarga olib keladi.