Mavzu: Zarari odatlar va ularni oldini olish


Spirtli ichimliklar tasirida quyidagilar yuz beradi



Yüklə 12,64 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü12,64 Kb.
#186064
1   2   3   4   5
httpsR

Spirtli ichimliklar tasirida quyidagilar yuz beradi: —transport va mexanizmlarni boshqarishda hatoga yo’l qo’yish yoki shunchaki yurib borayotib, bir erdan tushayotib, chiqayotib, yiqilib tushish kabilardan jiddiy jaroxatlar olish, ba’zan esa shu talafotlar tufayli hayotdan ko’z yumish; —o’y-fikrlarda qatiyatlik va ishonch bo’lmasligidan yoki g’araz niyatli fikrlarning ustun kelishidan noqonuniy ishlarga qo’l urish, o’g’irlik, jinoyatchilik kabilarga qo’shilib ketish, terroristik hamda yovuz niyatli oqimlar ta’siriga tushib qolish; —xotiraning susayishi, kishining aqliy qobiliyatining so’nib borishi natijasida kasbdan, xunardan, iqtidor bilan bog’liq barcha sifatlardan ajrab qolish, esi pastlik kabi noxush oqibatlarga duchor bo’lish;

spirtli ichimliklarning qon orqali butun organizmga tarqalishi va barcha a’zolar, tizimlar va xatto, hujayralarning zaharlanishidan ularning faoliyatlari bo’zilishi bilan bog’liq kasalliklarning yuzaga kelishi. Ya’ni asablar tizimining zaharlanishi oqibatidagi nevroz holatlari; oshqozon va ichaklar tizimining zaharlanishidan avvaliga oshqozonning yallig’lanishi - gastrit; o’t pufagining yallig’lanishi - xoletsistit; jigarning yallig’lanishi - gepatit; yo’g’on ichakning yallig’lanishi — qabziyat; to’g’ri ichakda - bavosil; keyinchalik jigarning bujmayishi - tsirroz hamda ovqat hazm qilish tizimining turli qism va a’zolarida o’smalar paydo bo’lishi; —ichkilikbozlik ta’siridagi ovqatxo’rlikdan modda almashinishining bo’zilishi bilan borliq kasalliklar, tomirlarda aterosklerozlar va qon bosimining ko’tarilishi; bo’g’imlarda artrit va poliartritlar, yurakda steno­kardiya va infarkt holatlari, qandli diabet, semizlik kabi kasalliklar;

3. Giyohvandlik va salomatlik Giyohvand moddalar tarkibidagi kuchli faol birikmalar - alkaloidlar hisobiga u kishi organizmiga tushgandanoq tez qonga so’rilib, barcha a’zo va to’qimalarga, jumladan, miya hujayralarigacha etib boradi. Miya markazlaridagi axborotlarni qabul qilish va nazorat-mushohada qobiliyatlarini susaytiradi. Buning hisobiga kishi bu­tun badanida soxta osoyishtalik sezadi. Aslida, bu ichki a’zolar va to’qimalar bilan bosh miya markazlari o’rtasidagi aloqalarning susayishidir. Bu hol go’yo uning kayfiyatini yaxshilab, xuzur-halovat baxsh etadi. Lekin, bu xuzur-halovat havfli oqibatlarga olib keladi.


Yüklə 12,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin