Avesto
zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi.
U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham
ishlatib
kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha
davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti,
diniy qarashlari, olam to’g’risidagi
tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va
yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil
davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib
kelingan.
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Тuron
va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning
Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar
turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular
Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» –
«O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu
Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan:
podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat
etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda
Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi».
Тalabalarni Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini
boshlagan yurt haqida ma’lumotlarbilan tanishtirishimiz maqsadga muvoffiq bo’ladi.
Avestoda Axura Mazda yaratgan 16 ta shaharning nomi berilgan bo’lib, ulardan
to’qqiztasi Markaziy Osiyoda joylashgan viloyat va shaharlarning nomlariga juda
o’xshash.
Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli
lashkarlarini botir
sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal,
chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli
va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv),
Хarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), Хvarazm (Хorazm) mamlakatlari
tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib,
Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo
qirg’oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va
Avestoning kelib chiqish joyi deb – Хorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Хorazm-
Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir.
U – murakkab to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta
kitobidan birinchisining nomi
Dostları ilə paylaş: